O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-bob. OLIY TA‟LIMDA INFORMATIKA FANLARIDAN



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

13-bob. OLIY TA‟LIMDA INFORMATIKA FANLARIDAN
TALABALARNING BILIMINI NAZORAT QILISH ASOSLARI 
 
13.1. O„quv jarayonida nazoratning o„rni va roli, nazorat shakllari
O‗zbekiston 
Respublikasining 
―Ta‘lim 
to‗g‗risida‖gi 
(O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va 
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‗g‗risida‖gi (O‗zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Axborotnomasi, 1997-y. 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-sonli 
―Oliy ta‘limning Davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to‗g‗risida‖ qaroriga 
(O‗zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‗plami. 2001-y. 15-16-son, 104-
modda), O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining 2009-yil 
11-iyundagi 204-son buyrug‗i bilan tasdiqlangan va O‗zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligida 2009-yil 10-iyulda 1981-son bilan davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan 
topshiriqqa muvofiq, O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim 
vazirligining 2010-yil 25-avgustdagi 333-son buyrug‗i bilan o‗zgartirish va 
qo‗shimchalar kiritilgan hamda O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010-yil 
26-avgustda 1981-1-son bilan davlat ro‗yxatidan qayta o‗tkazilgan nizomga, 2009-yil 
26-maydagi 160-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan ―O‗zbekiston Respublikasi oliy 
ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining Yakuniy davlat attestatsiyasi to‗g‗risida‖gi 
nizom, 2009-yil 14-avgustda 286-sonli buyruq bilan tasdiqlangan ―Talabalar mustaqil 
ishini tashkil etish va nazorat qilish bo‗yicha Yo‗riqnoma‖, O‗zbekiston Respublikasi 
oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirining 2013-yil 13-dekabrdagi 470-sonli ―Oliy ta‘lim 
muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi 
to‗g‗risidagi nizomga kiritilayotgan o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish haqida‖gi 
buyrug‗i
65
, TDIU Kengashining 2017-yil 31-maydagi yig‗ilishida muhokama 
qilingan va tasdiqlangan ―Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talabalar bilimini 
nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‗g‗risida‖gi nizomiga muvofiq hamda 
2017-yil avgustda tasdiqlangan fanning ishchi o‗quv dasturi asosida olib boriladi. 
O‗quvchi-talabalar bilimini, muntazam baholash ularni predmetni o‗rganishga 
undaydi. Baholashning adolatli bo‗lishi va bilimiga ko‗ra tabaqalanishi, ularni 
predmetni puxta o‗zlashtirish uchun intilishga olib keladi.
O‗quvchi-talabalar bilimini sinash va baholash orqali
66
:
1.
Baholash jarayonida talabalar fan bo‗yicha nimalarni bilishi, qanday 
savollarni chuqurroq o‗rganishi zarurligi, zaif jihatlari aniqlanadi.
2.
O‗qituvchi talabalarning bilimini baholash jarayonida qanday savol, 
masalalarni o‗zlashtirgani haqida axborotga ega bo‗ladi.
3.
Ota onalar farzandlarining muvafaqqiyatlari haqida axborot olishadi.
4.
O‗qituvchi va o‗quv yurti ma‘muriyati o‗quvchi-talabalar bilimini baholash 
orqali ularni kursdan kursga ko‗chirish haqida qaror qabul qilishadi. O‗quvchi-
talabalar bilimini sinash va baholash nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‗lib, uni 
amalga oshirishning qator tamoyillari mavjud. 
65
www.http//:Lex.uz 
66
www.http//:Lex.uz 


130 
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy tamoyillari:
1.
barcha talabalarni jalb etish;
2.
dastur materiallarini to‗la qamrab olish;
3.
talabalarga tabaqali yondashish;
4.
talabalar bilimini adolatli baholash;
5.
muntazam tarzda nazorat va baholashni amalga oshirishga rioya qilish, 
ularni o‗z ustida tinimsiz ishlash, o‗qish, o‗rganishga undaydi.
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashga zamon talabidan kelib chiqqan 
holda yondashish talab etiladi.
Hozirgi paytda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash, uning barcha 
tamoyillarini nazarda tutgan holda ta‘lim tizimidagi mamlakatimiz va chet el 
pedagoglari tajribasi asosida ishlab chiqilgan reyting ( ing. Rating–individual son, 
miqdor ko‗rsatkichi ma‘nosida ishlatiladi) tizimi qo‗llanilmoqda.
Reyting, birinchidan, talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash 
jarayonini xarakterlovchi tizim. Ikkinchidan, talabaning olgan bilimini o‗zlashtirish 
darajasi, bahosini ifodalashning usuli.
«Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini baholashning reyting tizimi 
to‗g‗risida muvaqqat Nizomi
67
» bo‗yicha reyting tizimini qo‗llash orqali talabalarni 
o‗qitilayotgan fanlarni chuqur egallash, topshiriqlarni bajarishga ijodiy yondashish, 
adabiyotlar ustida muntazam ishlash, darslarga faol qatnashishlarini ta‘minlash 
bo‗lsa, ikkinchi tomondan, professoro‗qituvchilarni ma‘ruza, amaliy mashg‗ulotlarga 
puxta tayyorgarlik ko‗rish, dars o‗tishning turli-tuman uslublarini qo‗llash, talabalar 
bilimini nazorat qilish va baholashda mas‘uliyatlarini oshirishdir. Bularning barchasi 
esa raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga erishishga qaratilgan.
Talabaning fan bo‗yicha o‗zlashtirishini baholash semestr, o‗quv yili davomida 
muntazam ravishda olib boriladi.
Talabaning har bir fan bo‗yicha o‗zlashtirishi, baholashning quyidagi turlari 
orqali amalga oshiriladi
68
:

joriy baholash ( JB )

oraliq baholash ( OB )

yakuniy baholash ( YaB )
Joriy baholashda fanning har bir mavzusi bo‗yicha talabaning o‗zlashtirishi 
aniqlab, baholab boriladi. U odatda seminar darslari, amaliy mashg‗ulotlar, 
laboratoriya ishlari jarayonida amalga oshiriladi.
Oraliq baholash semestr, o‗quv yili davomida fanning bir necha mavzusi, 
qismi, bo‗limi bo‗yicha nazariy mashg‗ulotlar o‗tib bo‗lingandan so‗ng o‗tkaziladi. 
Unda muayyan savol, muammo test, masalamashq va boshqalar yordamida 
talabaning mavzuni o‗zlashtirish darajasi, qobiliyati, mahorati aniqlanadi va 
baholanadi.
Yakuniy baholashda, fanning semestr yoki o‗quv yili davomida o‗tilgan hajmi 
doirasida talabaning fanni o‗zlashtirish darajasi baholanadi. Yakuniy baho turiga 
67
www.http//:Lex.uz 
68
http://www.tsue.uz 


131 
ajratilgan ballar miqdori, o‗quv rejasida fanga semestr yoki o‗quv yili uchun 
ajratilgan soatning 15 foizi miqdorida belgilanadi
69
.
Fan bo‗yicha JB va OB turlarida talaba to‗plashi mumkin bo‗lgan maksimal 
reyting ballning miqdori, o‗quv rejasida fanga semestr yoki o‗quv yili uchun 
ajratilgan soatning 85 foizi miqdorida belgilanadi. Talaba o‗rganayotgan fani 
bo‗yicha maksimal ballning kamida 55 foizini to‗plagan bo‗lishi kerak. Undan kam 
ball to‗plagan talabaning fanni o‗zlashtirishi qoniqarsiz deb hisoblanadi
70
.
Semestr davomida fanlar bo‗yicha to‗plangan ballar maksimal ballning:
86 – 100 foizini tashkil etsa, ―a‘lo‖;
71 – 85 foizini tashkil etsa, ―yaxshi‖;
56 – 70 foizini tashkil etsa, ―qoniqarli‖;
55 foizdan kam bo‗lsa ―qoniqarsiz‖ baholanadi. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin