O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

12.2.
 
Kurs loyihasi va kurs ishlarining takommillashtirish
yo„llari va vositalari 
Oliy o‗quv yurtlarida kurs loyihasi va ishlarining vazifasi maxsus texnika 
fanlaridan olingan nazariy bilimlarni mustaqil bilim orttirish yo‗li bilan amaliy 
mustahkamlashdan iboratdir. 
Kurs ishi yoki bitiruv ishi bajarishar ekan, u, albatta, chizish, loyihalash,
hisoblash ishlari bilan birga (bir vaqtning o‗zida) bajariladigan ishlar bo‗lib, u
konstruktorlik izlanishlar va hisoblashning ilg‗or usullari asosida mustaqil
ravishda olib boriladi.
Chizish, loyihalash ishlari loyihalashga va tuzilmaga qo‗yilgan talablar 
hamda qoidalar (andozada ko‗rsatilganidek) asosida olib boriladi va ularga doimo 
rioya etilishi lozim. 
Kurs va bitiruv loyihalarining, talabalar tomonidan mustaqil bajarilishi, 
talabalarning loyihalash ishlaridagi malakasini oshiradi va maxsus adabiyot va
bildirgichlardan qanday foydalanish kerakligini o‗rgatadi. 
Talabalarda kurs loyihasini bajarishdagi ishlarni shakllantirish, hamda
talabalarning texnik vazifani yechishdagi ijodiy izlanishlari quyidagi usullarda 
olib borilishi mumkin: 
- loyihalashni uning chizmasi va ishlash yo‗li bayon etilgan qo‗llanmasi 
asosida bajarish; 
- tuzilmani takomillashtirish maqsadida uni qaytadan chizib chiqish; 
- tuzilmani texnik topshiriqda ko‗rsatilgan texnik shartlar asosida 
loyihalash;
- tuzilmani shaxsning (konstruktor) o‗z g‗oyasi asosida chizish. 
Mazkur loyihalash usullarining dolzarbligi shundan iboratki, ularda loyihalash
ishlari, ijodiy izlanishlar, qidirilishlar asosida olib borilishida va o‗xshatib ishlash
(shablon) usulidan tomomila voz kechilishidadir. 
Fanni mustaqil o‗rganishda alohida ahamiyatga ega bo‗lgan o‗quv shakllaridan 
biri kurs ishidir.


121 
Kurs ishini yozish va himoya qilish jarayonida talabalar iqtisodiy fanlarni 
yanada chuqurroq o‗rganishadi. Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar mohiyatini 
tushunish murakkab nazariy muammolarni tahlil etish, uni amaliyotda tatbiq qilish 
haqida o‗ylashga, fikr yuritishga undaydi.
Kurs ishining fanni mustaqil o‗rganishdagi muhim ahamiyati shundaki
talabalar adabiyotlar bilan ishlashni, ma‘lumotlar to‗plash, ularni jadval, 
diagrammalarda tasvirlash, xulosa chiqarish hamda o‗tilgan masala yuzasidan o‗z 
fikrlarini bayon qilishga o‗rganishadi.
Ana shu jarayonda talabalar o‗zlari induktiv va deduktiv uslublarni qo‗llab, 
alohida hodisa va voqealar asosida umumiy xulosa chiqarishni o‗rganadilar.
Kurs ishi talaba tomonidan tanlanadi. Uning hajmi 25-30-betga (standart yozuv 
qog‗ozi bo‗yicha) va 3500 so‗zga mo‗ljallanadi. Bu mavzuni har tomonlama chuqur 
o‗rganib, o‗z qobiliyatini, fanni o‗zlashtirishdagi harakatini, intilishini ifodalash 
imkonini beradi.
Kurs ishiga kafedradan ilmiy rahbar tayinlanadi. U talabalarga kurs ishini 
tayyorlashda zarur maslahatlarni beradi:
kurs ishi mavzusi faqat darslik doirasida emas, balki qo‗shimcha adabiyotlar, 
shu mavzu bo‗yicha jurnal, gazetalardagi maqolalardan foydalanib yoziladi;
kurs ishida ilmiy izlanish elementlari, nazariy qoidalar, tajribalar bilan 
yoritiladi;
ish bo‗yicha reja tuziladi, reja tarkibi: kirish, asosiy qism (yoritish kerak 
bo‗lgan masalalar), xulosadan iborat bo‗ladi.
Kurs ishi rasmiy qabul qilingan shaklda bo‗lishi kerak, ya‘ni biron bir 
muallifning fikri keltirilsa, jumlalar o‗zgartirilmay, qanday bo‗lsa shunday 
ko‗chiriladi va qo‗shtirnoq ichiga olinadi, izoh beriladi. U sahifaning eng tagiga 
nomerlangan holda berilib, manba ko‗rsatiladi.
Unda havola qilingan muallif, asar yoki maqolaning, nashriyotning nomlari, 
nashr qilingan yili beriladi.
Matn mustaqil yoziladi. Talaba kurs ishi yozishda o‗rganayotgan 
adabiyotlardan to‗g‗ridan to‗g‗ri ko‗chirmay, avval o‗qib chiqib, tushunib, boshqalari 
bilan taqqoslab, so‗ngra o‗zining fikrini bayon qilmog‗i lozim.
Kurs ishiga qo‗yilgan bosh talab fanni chuqur o‗rganishga erishish, ilmiy 
izlanishga havas uyg‗otish.
Kurs ishida talabalarda mavzuni o‗rganishga ijodiy yondashish, dastlabki ilmiy 
izlanish kurtaklarini hosil bo‗lishida kurs ishi rahbari muhim rol o‗ynaydi. Kurs ishi 
rahbari asosiy va qo‗shimcha adabiyotlarni tanlash, ular ichidan eng muhimlarini 
ajratish, reja tuzish va tanlangan mavzuni to‗la ochib berish uchun nimalarga diqqat 
qaratish kerakligi haqida maslahat beradi.
Kurs ishining xomaki nusxasini yozayotganda talaba tushunmagan savol yoki 
maslahat uchun rahbarga murojaat qiladi. Mavzu bo‗yicha ayrim adabiyotlarni to‗liq 
o‗qib chiqish, zarur bo‗lsa, ayrimlarini mavzu bo‗yicha u yoki bu bobi yoki 
sahifalarini o‗qishga, o‗rganishga to‗g‗ri keladi.
Kurs ishida qo‗yilgan savollar o‗rganilayotgan mavzuning mazmunini ochib 
berishi zarur.


122 
Savollar ko‗p bo‗lmasligi, mavzuning mazmunini ochib berishi lozim. Rejada 
qaysi adabiyotlar bilan ishlash ko‗rsatiladi.
Ishning kirish qismida tanlangan mavzuning ahamiyati, fanni o‗rganishda 
tutgan o‗rni, ko‗rilayotgan masalaning dolzarbligi, amaliyotdagi ahamiyati 
ko‗rsatiladi.
«Kirish» qismida tanlangan mavzu bo‗yicha nima maqsad qo‗yilganini 
qisqacha bayon qilishi kerak. «Xulosa» qismida mavzu bo‗yicha chiqarilayotgan 
asosiy xulosalarni aniq ifodalash kerak. Ular qisqa, ishning mavzuidan kelib chiqishi 
lozim.
Kurs ishida ko‗tarilgan masalalar bo‗yicha, matndan kelib chiqib, bildirilgan 
asosiy xulosalar ishning qadr-qimmatini oshiradi. Talabaning mavzuni chuqur 
o‗zlashtirganidan, yaxshi bilimga ega ekanligidan dalolat beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatida kurs ishi yozishda talaba tomonidan 
o‗rganilgan barcha adabiyotlar, jurnal, gazetada berilgan maqolalar, monografiya
statistik to‗plam va boshqalar to‗la ravishda muallifning ismi, sharifi, asar yoki 
maqola va boshqalarning nomi, nashriyot nomi, nashr qilingan yili ko‗rsatilgan 
bo‗lishi kerak.
Kurs ishi yozganda Respublikamiz Oliy majlisi tomonidan qabul qilingan 
qonunlar, me‘yoriy hujjatlardan, Prezidentimiz asarlaridan foydalanishga ahamiyat 
berish kerak.
Talabadan kurs ishida fanda yangilik yoki yangi ilmiy qoida yaratish talab 
etilmaydi.
Talaba savollarni yoritish jarayonida ilmiy adabiyotlardan tushunib 
foydalanganini, to‗g‗ri umumlashtirib, xulosa chiqara bilishini, nazariy qoidalarni 
tajriba, amaliyot bilan bog‗lay olishini ko‗rsatishi kerak. 
Kurs loyiha ishlarining shu kunlardagi zamonaviy ilmiy hisoblash 
usullaridan etarli darajada, foydalanilmagani, zamon hisoblash madaniyati 
erishgan yutuqlardan kamroq foydalanilmagani: 
- tuzilmaning mustaqil, original (o‗ziga xos) yechimni izlashda va unga 
intilishda etarli darajada ilmiy va ijodiy salohiyatning yo‗qligi; 
- tuzilgan texnik topshiriqlarning bir xilligi; 
- tuzilgan texnik topshiriqlarning, ishlab chiqaruvi korxonalar tomonidan 
qo‗yilgan talablarga mos tushmasligi; 
- topshiriq tuzilgan mavzularda, tuzilishi ba holovchi reallikning yo‗qligi; 
- ishlab chiqarish va oliy o‗quv yurtlaridagi hisoblashlarning bir-biriga mos
tushmasligi – OUYuda olib boriladigan hisoblashlar sifatining pastligi. 
Kurs loyihalari va bitiruv ishlarini bajarishdagi kamchiliklarni bartaraf etish
maqsadida mazkur loyihalarning mavzulari va ularning rahbarligi quyidagicha 
tanlanadigan bo‗ldi: 
- mavzular korxona konstruktorlik sho‗‘basining mutaxassislari tomonidan
taklif etiladigan va taklif etilgan mavzular OUYu kafedrasida tahlil qilinadigan 
bo‗ldi; 
- mavzular korxonadagi konstruktorlik sho‗‘basi loyihalaydigan mashinalar 
va kafedra talablarni qondiradigan bo‗ldi; 


123 
- kurs loyihasi va ishlarining sifatini oshirish uchun quyidagi shart va talablar 
ishlab chiqildi hamda u hayotga tatbiq etildi: mavzularning realligi va ilmiyligi 
ta‘minlandi. Tanlangan mavzular nafaqat ishlab chiqarish va OUYu kafedralarida
olib boriladigan o‗quv ishlari talablarini qondirish
- ishlab, loyihalanadigan masalalarning keng-qamrovliligi va kengligi, 
ularning kurs loyiha ishlari mavzularida o‗z aksini topishi; 
- kurs loyihasi va ishi tarkibidagi grafikaga oid chizmalar, hisoblashga
oid qismlari sifatini yaxshilash. Chizmalarni bajarishda va hisob-kitob ishlarini 
olib borishda kompyuterdan to‗liq foydalanish; 
- kurs loyihasi va bitiruv ishlari grafik qismini kompyuterda ishlab chiqish yoki 
mazkur ishlarni avtomatik loyihalash tizimiga o‗tkazish. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin