O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

Ko„rgazmali vositalar tayyorlash.
Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish 
va yaxshiroq o‗zlashtirish uchun yordam beradigan ko‗rgazmali materiallar 
tayyorlash vazifasi topshiriladi. Mavzu o‗qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga 
ma‘lum ko‗rsatmalar, yo‗l-yo‗riqlar beriladi. Ko‗rgazmali vositalarning miqdori, 
shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu 
bo‗yicha bir necha talabaga yoki talabalar guruhiga topshirish ham mumkin. 
Mavzu bo„yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash.
Talabaga mustaqil ish sifatida muayyan mavzu bo‗yicha testlar, qiyinchilik 
darajasi har xil bo‗lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‗ladigan 
savollar tuzish vazifasi topshiriladi.


117 
Bunda o‗qituvchi tomonidan talabaga testga qo‗yiladigan talablar va uni tuzish 
qonun-qoidalari, qanday maqsad ko‗zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda
mavzuning munozarali jihatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish 
usullari bo‗yicha yo‗l-yo‗riq beriladi. 
Ilmiy maqola, tezislar va ma‟ruzalar tayyorlash. 
Talabaga biron-bir mavzu 
bo‗yicha (mavzuni talabaning o‗zi ham tanlashi mumkin) ilmiy maqola, tezis yoki 
ma‘ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o‗quv adabiyotlari, ilmiy-
tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot 
manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to‗playdi.
Talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalari
ham talabalar mustaqil 
ishlarining shakllaridan biridir. Kafedra professor-o‗qituvchilari talabalar ilmiy-
nazariy konferensiyasini tashkil etish orqali o‗z ishini guruhning kasbiy 
yo‗naltirilganligini, a‘zolarining yosh tarkibini, qiziqishlarini hisobga olib, 
tabaqalashgan holda tashkil qilishi kerak. Faqat shu holdagina talabalarning 
konferensiyani o‗tkazishda faol ishtiroki va manfaatdorligi ta‘minlanadi. 
Talabalarning 
ilmiy-nazariy 
konferensiyalarini 
bosqichma-bosqich 
o‗tkazish 
maqsadga muvofiqdir. Internet texnologiyalari fani bo‗yicha talabalarning ilmiy-
nazariy konferensiyalarini quyidagi bosqichlarda amalga oshirish maqsadga 
muvofiqdir: 
1-bosqich – fan o‗qitilayotgan barcha o‗quv guruhlarida konferensiyalarni 
o‗tkazish; 
2-bosqich – har bir guruhda tanlab olingan talabalarning eng yaxshi 
ma‘ruzalarini fakultet va fakultetlararo konferensiyaga taqdim etish va o‗tkazish;
3-bosqich – fakultetlararo konferensiyada tanlab olingan eng yaxshi 
ma‘ruzalarni umumuniversitet ilmiy-nazariy konferensiyasiga taqdim etish.
Butun guruhlar uchun yagona bo‗lgan konferensiya mavzusini tasdiqlab, 
talabalarning ma‘ruza va chiqishlarini guruhlarning qiziqishlariga qarab 
ixtisoslashtirish mumkin.
Talabalar mustaqil ishi bo‗yicha maslahatlar darsi auditoriyadan tashqarida 
amalga oshirishga mo‗ljallangan mustaqil ishlarni bajarish yuzasidan tegishli 
yo‗llanmalar berish va uning bajarilishini nazorat qilib borish maqsadida tashkil 
qilinadi. 
Umuman, mustaqillik shaxs xarakterining xususiyatlaridan biri bo‗lib,
insonning tafakkur tizimida, turli ko‗rinishdagi faoliyat va harakatlarida aks
etadi. Mustaqillik tushunchasi oliy o‗quv yurti (OO‗Yu) talabasiga nisbatan 
aytilganda, unda talaba o‗z oldida turgan vazifalarni, chunonchi, bo‗lajak mutaxassis 
sifatida shakllanishida egallagan barcha bilimlarni yanada mustahkamlash va unga 
intilish tushunchasini bildirishi mumkin. 
Bilimlarni mustaqil ravishda egallashga intilish talaba faoliyatining
OO‗Yudagi eng ajralib turadigan xususiyati, mustaqil o‗qib, bilim orttirish asosi 
hisoblanadi. O‗qib bilim egallash talabalarning mustaqil tayyorgarlik ko‗rishi, 
o‗qishga ijodiy tomondan yondashishi demakdir. Mustaqil o‗qish o‗quv jarayoni
bilan birga belgilangan dastur va darsliklar (bildirgichlar) bo‗yicha, ba‘zi hollarda 
mazkur dastur va darsliklardan chetga chiqqan holda olib boriladi. Mustaqil ravishda


118 
bilish doirasini kengaytirish hamda qo‗shimcha nazariy va amaliy materialni egallash 
talaba egallayotgan kasbiy malaka va ishlab chiqarishda mustaqil ishlay bilish 
ko‗nikmasini orttirish bilan chambarchas bog‗langan. Agar o‗quv jarayoni dasturlar 
va dars jadvalida ko‗rsatilgan mashg‗ulotlar bilan cheklangan, olib boriladigan
barcha mashg‗ulotlar dars xonasida tugallanadigan bo‗lsa, u holda texnika sohasida 
tayyorlanayotgan mutaxassislarning bilimi bir tomonlama bo‗lgan bo‗lar edi.
Aytish lozimki, o‗quv jarayonining xolis o‗zi mutaxassislar tayyorlash uchun 
yetarli emas. O‗qish jarayoni mustaqil bilim orttirish bilan 
uyg‗unlashtirgandagina ko‗zlangan maqsadga erishish mumkin (muqarrar). 
Oliy o‗quv yurtlarida talabalarning bilimlarini egallashdagi mustaqilligini
rivojlantirishda ma‘ruza matnlari, darsliklar, o‗quv qo‗llanmalar, ilmiy nashrlar,
texnikaga oid jurnallar, hamdo‗stlik mamlakatlari va chet ellarda chop etilgan
adabiyotlar, turli xil bildirgichlarning vositasi kattadir. Ma‘ruza matnlari va
darsliklar bo‗yicha talaba dars jarayonida o‗qituvchi tomonidan berilgan o‗quv 
materialini takrorlaydi va mustahkamlaydi. Bunda talabalar darsliklardan o‗qituvchi
topshirig‗i bo‗yicha o‗quv materialining ma‘lum qismini mustaqil o‗rganadilar.
Biroq mutaxassislikni egallayotgan talabalar uchun faqat darsliklar, ma‘ruza matnlari
bilan cheklanib qolish yetarli emas. Turli xil texnikani ishlab chiqaruvchi va 
ulardan foydalanuvchi korxonalarda mashinalarni loyihalashda, ishlatishda 
foydalanilayotgan yo‗riqnomalardan va texnika sohasiga xos ilmiy-texnik 
adabiyotlaridan keng foydalanishni yo‗lga qo‗yish talabalar bilimini to‗ldirishga va 
kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, korxonalarda yaratilgan ilg‗or 
tajribalar bilan talabalarni mustaqil tanishtirib borish mutaxassislar tayyorlashdagi 
sifatni oshirish vositasi ekanligini o‗qituvchilarimiz yodda tutishlari kerak. 
Darsliklar va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan mustaqil ishlay bilishdek ishlarni 
unumli yoki foydali tashkil etish misollari umumpedagogik muammolarning bir
qismidir. Bilimlarni bevosita kitoblardan o‗zlashtirish, ya‘ni talabalarni musta qil
ishlashi vaqtda OO‗Yularida bilvosita dars jarayonlarida, darsdan tashqari uy 
vazifalarini bajarishda amalga oshiriladi. Mazkur o‗rganish, kitoblar bilan ishlash 
ko‗nikmalarini hosil qilish kerak. 
Oliy o‗quv yurtlari (OO‗Yu)da talabalarning mustaqil ishlashini birinchi 
kursdan boshlab, to o‗qishning oxirigacha amalga oshirish zarur. Shuning bilan 
birgalikda talabalarga mustaqil o‗rganib, bilim orttirish... beshikdan to qabrgacha... 
kerakligini tushuntirib borish ayni muddaodir. 
Ma‘lumki, o‗qituvchilar talabalarni shug‗ullantirish uchun ular adabiyotlarni 
sinov va imtihonlarga tayyorgarlik ko‗rish vaqtida ma‘lum qiladilar. Natijada 
talabalar o‗quv va yordamchi adabiyotlar bilan kechroq tanishadilar. Mustaqil
o‗qishni ushbu usulda tashkil etish unchalik samara bermasligi mumkin.
Mustaqil o‗qishni talabaning OO‗Yuda o‗qishining birinchi kunlardanoq
boshlab tashkil etish yaxshi samara berishi mumkin. Shuning uchun o‗qituvchilar 
talabalar tomonidan mustaqil o‗rganiladigan materialni nisbatan soddaroq va
o‗qituvchi maslahatiga talab tug‗ulmaydigan darajada tanlanishi, keyinchalik esa
talabalarda mustaqil o‗rganish tajribasi yig‗ilib borishi bilan tanlanadigan
materialning murakkablik darajasi asta-sekin oshirilishi maqsadga muvofiqdir.


119 
Adabiyotlar bilan mustaqil ishlashi, uni o‗qib chiqib tushunish, eslab qolish nuqtayi 
nazardan emas, balki ma‘lum bir o‗quv masalalarni (masalan, masala yechishni,
kurs loyihasi va bitiruv ishi loyihalarini) hal etish uchun zarur bo‗lgan
materiallarni topish nuqtayi nazardan qarash kerak. Mazkur holda talabalar
adabiyot va boshqa manbalar bilan ishlashning mohiyatini ko‗radilar. Ushbu
holat talabaning ishlab chiqarishda tezroq yondashib ketishiga tegishli shart-
sharoitlar yaratadi. Mustaqil bilim egallash o‗quv xonasida va uy sharoitda amalga 
oshiriladi.
Mustaqil o‗qitishni o‗quv xonasida tashkil etish. O‗qituvchining talabalarga
tanlagan o‗quv materiali o‗quv xonasida o‗tkazilsa, u holda bu mashg‗ulot
o‗qituvchilarning maslahati bilan o‗tkaziladi. O‗qituvchi mazkur mustaqil 
o‗qishga quyidagicha yondashishi maqsadga muvofiqdir: 
- talaba o‗qib chiqilgan material ma‘nosini tushunishi va undagi asosiy
maqsadni ajrata bilishi. Bunda talabalarning adabiyotlar bilan mustaqil ishlashi 
bo‗yicha ta‘limning boshlang‗ich paytlarida o‗qituvchningi talabalarga oldindan
o‗ylangan bir nechta savollarni tuzishi va ularni talabalarga berishi lozim.
Talabalar mazkur savollarga belgilangan adabiyotlardan javob topishga
intiladilar. Vaqt o‗tishi bilan o‗qib chiqilgan materialdagi asosiy maqsadni, ya‘ni
savolga javobni talabalar mustaqil aniqlab oladilar; 
- o‗qituvchi talabalarning matnni to‗g‗ri o‗qishga o‗rgatish zarurligi bunda
o‗qituvchining mazkur material ustida xotirjam mulohaza yuritishi, matnni 
tavsiflovchi chizmalar, rasmlar, grafiklar, sxemalar tahlil qilishi nazarda tutilgan); 
- adabiyotlardagi murakkab tushunarsiz joylarni ish daftariga belgilashi va 
ularni tushuntirishga harakat qilishi; 
- talabalar qo‗lda qalam bilan adabiyotlar o‗qishiga, undagi asosiy 
qoidalarni ajratib olishga va ularni daftarga ko‗chirib yozishga o‗rgatishi; 
- talabalarni bildirgichlar, kataloglar, andoza (GOST) va h.k.lardan 
mustaqil foydalanishga o‗rgatish kabilar. 
Mustaqil o‗qishni uyda tashkil etish. Mazkur metodik usul talabaning 
bilimi, malakasi va mahoratini chuqurlashtirishga, talabaning uydagi xatti-
harakatlaridir. Bunga talabaning mustaqil ravishda o‗quv materialini o‗zgalarning
yordamisiz o‗rganishi, uning mohiyatini anglashi; masalalarni, kurs loyihasini,
bitiruv ishlarini ijodiy yo‗l bilan bajarishi kiradi. 
Texnikani yaratishda (loyihalashda) olib boriladigan mustaqil mashg‗ulotlar
asosiga texnikani yaratishga ijodiy yondashish yoki texnikani takomillashtirishga 
qaratilgan texnik fikr qo‗yilishi mumkin. 
Ma‘lumki texnikaning turli qismlarini takomillashtirish jarayoni texnik 
vazifalarning oqilona yechimini tarkiban izlashga qaratilgan bo‗lib, uning asosida
evristik usul (savol-javob metodi) yotadi. Texnika qismlarini yaratishda evristik
usul shaxsning izlanishiga bo‗lgan intilishini rag‗batlantirishi mumkin. Shuning 
uchun aytadilar, izlanganga tole yor. 
Yakka, xususiy, mustaqil mashg‗ulotlarning asosiy maqsadi kompyuter 
qismlarini loyihalashda, talabani ijodiy mehnat faoliyatiga tayyorlashdan iboratdir.
Texnika sohasi bo‗yicha tayyorlanayotgan bakalavrni etishtirish bosqichida 


120 
o‗qitish va ijodiy fikrlash psixologiyasini nazarda tutib konstruktorlikka oid ishlarni
bajarishdagi ijodiy izlanish qidiruvlar yo‗lini bila turib konstruktorlikka oid 
ishlarni bajarishga o‗rgatish, hozirgi zamon mutaxassislarni tayyorlashdagi o‗ziga
xos muammolaridan biri hisoblanadi. Konstruktorlikka oid ishlarni bajarishda
ko‗chirmakashlikka barham berish va loyihalash ishlarini olib borishda jamiyat va 
tabiat qonunlariga tayanish oliy texnika o‗quv yurtlari oldida turgan vazifalardan
biridir. Loyihalashda ijodiy prinsipiga o‗tish uchun, mazkur ma‘ruzaning muallifi, 
mashina qismlarini loyihalashda ikkita metodikani qo‗lladi.
Birinchi metodikada talabalarga kompyuter qismlarining mikrosxemasi beriladi 
va uning asosida berilgan qismning tuzilmasini chizish talab etiladi.
Ikkinchi usulda talabalarga kompyuter tuzilmasining biron-bir qism 
tuzilmasi beriladi va uning sxemasini chizish talab etiladi. O‗z-o‗zidan ma‘lumki,
mazkur ishni talaba tayyorlanmasdan bajarishi amri mahol. Shuning uchun talaba 
o‗z ustida mustaqil ravishda ishlay boshlaydi. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin