O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

Mavzuni mustaqil o„zlashtirish. 
Fanning xususiyati, talabalarning bilim 
darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‗quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular 
talabalarga mustaqil ravishda o‗zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning 


116 
asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, 
mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e‘tibor qaratish, asosiy 
adabiyotlar va axborot manbalarini ko‗rsatish lozim. 
Topshiriqni 
bajarish 
jarayonida 
talabalar 
mustaqil 
ravishda 
o‗quv 
adabiyotlaridan 
foydalanib, 
ushbu 
mavzuni 
konspektlashtiradilar, 
tayanch 
iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob 
tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‗zlashtirish qiyin bo‗lsa, savollar paydo bo‗lsa, 
adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) o‗qituvchidan 
maslahatlar oladilar. Mustaqil o‗zlashtirilgan mavzu bo‗yicha tayyorlangan matn 
o‗qituvchiga himoya qilish orqali topshiriladi. 
O‗quv jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo‗lgan iqtisodiyot nazariyasi fani 
bo‗yicha mustaqil ishlar ko‗proq referatlar ko‗rinishida bo‗lib kelmoqda. Referat 
talabalar ilmiy ishlarining birinchi shaklidir. Talabalar ilmiy ijodi o‗quv 
jarayonlaridan biri sifatida o‗qitish, bilim berish va tarbiyalash vazifalarini bajarishda 
o‗z xususiyatlariga ega. Talaba tadqiqot faoliyatiga jalb qilinib, ilmiy adabiyotlar 
bilan ishlash, statistik va boshqa materiallarni yig‗ish, qayta ishlash va tahlil qilish 
ko‗nikmalariga ega bo‗ladi, o‗rganilayotgan hodisani tanqidiy baholashga o‗rganadi, 
nazariyani amaliyot bilan bog‗laydi va h.k.
Agar referat tayyorlashning darslik bo‗yicha tayyorlangan seminar 
mashg‗ulotidagi chiqishga qaraganda mazmun va sifat jihatdan yuqoriligi hisobga 
olinsa, referat shubhasiz katta foyda keltiradi. Talaba auditoriya oldida referatda 
bayon qilingan qoidalarni himoya qilishga, yoqlashga tayyorlanishi kerak, iqtisodiyot 
nazariyasini o‗rganishda bu muhim ahamiyatga ega.
Referat
talabalar mustaqil ishlarining samarali shakllaridan biridir. Mazkur 
shakl talaba tomonidan referat mavzusini tanlash, unda yoritiladigan masalalar 
mazmunini oldindan rejalashtirish, referatni tayyorlash va muhokama qilishning 
barcha bosqichlarida kafedra professor-o‗qituvchilarining tashkiliy-uslubiy yordami 
va maslahati asosidagina samarali amalga oshishi mumkin. Bu yerda o‗qituvchi 
tomonidan talabalarning referat ishlariga rahbarlik qilish qanchalik batafsil va 
malakali amalga oshirilganligi va referatlarga talablar mezoni qanchalik to‗g‗ri 
qo‗yilganligi albatta, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Topshiriq talabalarning referat 
yozish ko‗nikmalarini, ilmiy qiziqishlari va bilim darajasini hisobga olgan holda 
berilishi juda muhim.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin