O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Oliy ta‟limda informatika fanlarini o„qitishda interfaol ta‟lim



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

 
11.2. Oliy ta‟limda informatika fanlarini o„qitishda interfaol ta‟lim 
metodlari va o„qitishda qo„llaniladigan texnologiyalari 
Hozirgi vaqtda ta‘lim jarayonida o‗qitishning zamonaviy metodlari keng 
qo‗llanilmoqda. O‗qitishning zamonaviy metodlarini qo‗llash o‗qitish jarayonida 
yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik 
vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An‘anaviy dars shaklini saqlab 
qolgan holda uni ta‘lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar 
bilan boyitish ta‘lim oluvchilarning o‗zlashtirish darajasi o‗sishiga olib keladi.
 
Interfaol ta‘lim metodlari hozirda eng ko‗p tarqalgan va barcha turdagi ta‘lim 
muassasalarida keng qo‗llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, 
interfaol ta‘lim metodlarining turlari ko‗p bo‗lib, ta‘lim-tarbiya jarayonining deyarlik 
hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta‘lim beruvchi 
tomonidan ta‘lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta‘lim jarayonida 
faolligi muttasil rag‗batlantirib turilishi, o‗quv materialini kichik-kichik bo‗laklarga 
bo‗lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-
munozara, muammoli vaziyat, yo‗naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‗yinlar kabi 
metodlarni qo‗llash va ta‘lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga 
undash talab etiladi. 


112 
Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o‗zaro muloqotda, o‗zaro bahs-
munozarada fikrlash asnosida, hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi 
shundaki, butun faoliyat o‗quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o‗rgatib, mustaqil 
hayotga tayyorlaydi. 
O‗qitishning interfaol usullarini tanlashda ta‘lim maqsadi, ta‘lim 
oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o‗quv muassasasining o‗quv-moddiy sharoiti, 
ta‘limning davomiyligi, o‗qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e‘tiborga 
olinadi. 
Interfaol metodlar deganda, ta‘lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil 
fikrlashga undovchi, ta‘lim jarayonining markazida ta‘lim oluvchi bo‗lgan metodlar 
tushuniladi. Ta‘lim oluvchi markazda bo‗lgan yondashuvning foydali jihatlari 
quyidagilarda namoyon bo‗ladi: 

ta‘lim samarasi yuqoriroqbo‗lgan o‗qish-o‗rganish; 

ta‘lim oluvchining yuqori darajada rag‗batlantirilishi; 

ilgari orttirilgan bilimlarning ham e‘tiborga olinishi; 

ta‘lim 
jarayoni 
ta‘lim 
oluvchining 
maqsad 
va 
ehtiyojlariga 
muvofiqlashtirilishi; 

ta‘lim oluvchining tashabbuskorligi va mas‘uliyatining qo‗llab-quvvatlanishi; 

amalda bajarish orqali o‗rganilishi; 

ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi. 
Shunday qilib, fanlarni o‗qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish 
o‗ziga xos xususiyatga ega. Ta‘lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol 
metodni sinchiklab o‗rganish va amalda qo‗llash o‗quvchi-talabalarning fikrlashini 
kengaytiradi hamda muammoning to‗g‗ri yechimini topishlariga ijobiy ta‘sir 
ko‗rsatadi.
Bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta‘lim 
strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin. 
Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta‟lim metodlari quyidagilar sanaladi:
 
1.
Interfaol metodlar: ―Keys-stadi‖ (yoki ―O‗quv keyslari‖), ―Blits-so‗rov‖, 
―Modellashtirish‖, ―Ijodiy ish‖, ―Muammoli ta‘lim‖ va b. 
2.
Interfaol ta‘lim strategiyalari: ―Aqliy hujum‖, ―Bumerang‖, ―Galereya‖, 
―Zig-zag‖, ―Zinama-zina‖, ―Muzyorar‖, ―Rotatsiya‖, ―Yumaloqlangan qor‖ va sh.k. 
Interfaol ta‘lim metodlari tarkibidan interfaol ta‘lim strategiyalarini ajratishda guruh 
ishini tashkil qilishga yondashuv ma‘lum ma‘noda strategik yondashuvga 
qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko‗proq jihatdan interfaol 
ta‘lim metodlariga tegishli bo‗lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‗q. 
3.
Interfaol grafik organayzerlar
:
―Baliq skeleti‖, ―BBB‖, ―Konseptual 
jadval‖, ―Venn diagrammasi‖, ―T-jadval‖, ―Insert‖, ―Klaster‖, ―Nima uchun?‖, 
―Qanday?‖ va sh.k. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday 
mashg‗ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko‗rinishda 
ifodalanishiga asoslaniladi. Shu munosabat bilan yuqoridagi tasnif bo‗yicha hozirgi 
ayrim interfaol ta‘lim metodlarining turli shakllardagi o‗quv mashg‗ulotlari 
texnologiyalari bilan qo‗llash uchun qulayligi shartli ravishda quyidagi 6-jadvalda 
keltirildi. 


113 
6-jadval
60

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin