O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-bob. OLIY TA‟LIMDA INFORMATIKA FANLARINING



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

11-bob. OLIY TA‟LIMDA INFORMATIKA FANLARINING
O„QITISH METODLARI
 
11.1. Oliy ta‟limda informatika fanlarini o„qitish metodlari
asosiy tushunchalari
Ta‘lim metodlari muayyan pedagogik jarayondan ko‗zda tutilgan maqsadlarga 
erishish uchun bajarish lozim bo‗lgan vazifalarii amalga oshirishda qo‗llaniladigan 
turli-tuman ish usullari va shakllarini o‗z ichiga oladi. 
Bu ishlarni amalga oshirishning shakllangan va amaliyotda qo‗llanilayotgan 
har turli usullari va shakllari asosida ko‗plab ta‘lim metodlari hosil bo‗lgan va bu 
jarayon davom etmoqda. 
Muayyan ta‘lim-tarbiyaviy maqsadga qaratilgan biror harakatni amalga 
oshirish yo‗li, usuli yoki ko‗rinishidan iborat bo‗lib shakllangan faoliyat shu 
maqsadga erishishga xizmat qiluvchi o‗ziga xos ta‘lim metodini hosil qiladi. 
Bunda harakatni amalga oshirish yo‗li deb bajarilishi talab qilinayotgan 
faoliyat uchun qo‗llash mumkin bo‗lgan bir nechta yo‗llardan oldindan ko‗zda 
tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo‗lni aytiladi. Masalan, savod 
o‗rgatish yo‗llari: oilada o‗rgatish, maktabda o‗rgatish, maktabgacha ta‘lim 
muassasasida o‗rgatish, o‗qituvchi yordamida o‗rgatish, kitoblar, kompyuter
ko‗rgazma qurollar va boshqalar vositasida o‗rgatish. Shunga o‗xshash sanoqni, 
arifmetik amallarni o‗rgatishda ham yuqoridagiga o‗xshash yo‗llardan foydalanish 
mumkin. Shu yo‗llardan foydalanish harakatini amalga oshirishda turli metodlar 
qo‗llaniladi. 
Masalan, savod o‗rgatish maqsadida yuqorida aytilgan yo‗llardan istalgani 
tanlangandan keyin, shu har bir yo‗l uchun maqsadga muvofiq deb hisoblangan 
metodlarni qo‗llaniladi. Bular, oilada, maktabgacha ta‘lim muassasasida, maktabda 
savod o‗rgatishni amalga oshirishda o‗qituvchining, tarbiyachining qo‗llaydigan ish 
usullarini; kompyuter, kitob va boshqa ta‘lim-tarbiya vositalarini belgilangan 
maqsadga muvofiq qo‗llash metodlarini o‗z ichiga oladi. Shunga o‗xshash sanoqni, 
arifmetik amallarni o‗rgatish yuzasidan ham tanlangan har bir yo‗l o‗ziga xos 
metodlarni qo‗llashni nazarda tutadi. Demak har bir harakat ma‘lum yo‗lda va shunga 
muvofiq metodda amalga oshiriladi. 
Biror metodni qo‗llashdagi harakatni amalga oshirish ko‗rinishi deb shu 
harakatni batafsil tasvirlovchi ko‗rinishga aytiladi. Bunda harakatning kuzatiladigan 
o‗zgarishlari, vaziyatlari, tezligi va uning ortishi yoki sekinlashuvi, to‗xtashlari, bir 
nechta harakatlarning bir vaqtdaligi yoki ularning vaqt oraliqlari, harakatlar natijasi, 
amaliy ishlar bajarish mashg‗ulotlarida esa ishlov berilayotgan shakllar, fazoviy 
holatlar, ranglar, qattiq-yumshoqlik, sirtlarning tekisligi yoki g‗adir-budurligi 
o‗zgarishlari va boshqa kuzatish mumkin bo‗lgan turli harakat ko‗rinishlari nazarda 
tutiladi. 
Inson faoliyatining barcha sohalarida tegishli metodlar-dan foydalaniladi. Bu 
metodlarning eng umumiy belgisini hisobga olgan holda ularni borliqni amaliy yoki 
nazariy o‗zlashtirish operastiyalarining yoki yo‗llarining yiindisi deyish mumkin. 


104 
Shunga muvofiq ta‘lim metodlari bilan boliq eng asosiy tushunchalarning izohlarini 
ko‗rib chiqamiz. 
Metod –
(grekcha ―metodos‖ so‗zidan olingan bo‗lib, yo‗l, axloq usuli 
ma‘nolarini anglatadi) tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli. 
Faoliyat, harakatning yo‗li, usuli yoki qiyofasi, shakli, ko‗rinishi. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin