O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Qo„llaniladigan texnologiyalar va ularning mazmunlarini



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

 
10.2. Qo„llaniladigan texnologiyalar va ularning mazmunlarini,
shuningdek, informatika o„qituvchisining uzluksiz ta‟lim tizimidagi
o„rni haqida bilim, ko„nikma va malakalarini shakllantirishi 
Bo‗lajak informatika o‗qituvchisi yangi axborot texnologiyasini, zamonaviy 
pedagogik dasturiy vositalarni chuqur o‗rgangan, shuningdek, jamiyatni, ta‘limni 
axborotlashtirilayotgan sharoitda ishlash uslublarini egallagan bo‗lishi lozim.
 


101 
Zamonaviy ta‘lim jarayonini tashkil etishda milliy dasturga ko‗plab davlatlarda 
e‘tibor berilmoqda. O‗qituvchilar va maktab ta‘limida yangi ta‘lim texnologiyalari va 
konsepsiyalarni kashf etishga qaratilgan, unda kompyuter fani bilan bog‗liq 
mutaxassislar o‗rtasida kurash davom etmoqda. Milliy ta‘lim dasturida AKT 
tizimining zamonaviy kuchli uskunalar bilan to‗ldirish asosiy maqsad sifatida 
ta‘kidlanadi, biz shu g‗oya va resurslarimizni jalb etishimiz kerak, bu masalani esa 
o‗qituvchining o‗za hal qila olmaydi. Milliy va xalqaro miqyosda kompyuter fani 
o‗qituvchilari asosan kasbiy assotsiatsiyalar, ta‘lim va kompyuter olimlari, 
kompyuter sanoati hamda iqtisodiy va siyosiy doiralar tomonidan qo‗llab-
quvvatlanishi tarixning doimiy kuzatuvida bo‗ladi. Bizning talabalar va jamiyatimiz 
rivojlanishi texnologiyalar asrida asosan kompyuter o‗qituvchilariga bog‗lanadi.
Tadqiqodlar:
1. Agar 1960-yillarda informatikaga bo‗lgan e‘tibor saqlanib qolinganida 
Avstraliya sanoati va jamiyati qanday o‗zgarishi mumkin bo‗lardi.
2. O‗quv dasturlarini shakllantirish va yetkazishda sanoatning qanday ijobiy 
tomonlari va kamchiliklari bor.
3. Kompyuter fanini o‗rganish orqali qanday qilib tafakkurga bo‗lgan e‘tiborni 
o‗zgartirish mumkin (hisob-kitob tafakkuri, dizayn va kelajak tasavvuri).
4. Raqamli texnologiyalarni o‗qitishda qanday muammolar bilan duch kelish 
mumkin.
5. Kompyuter ta‘limining qanday xislatlar bilan hozirgi o‗qituvchini tavsiflash 
mumkin (raqamli texnologiyalarda Djet integratsiyasi, ta‘lim texnologiyasi, 
pedagogik islohotlar obyekti).
Shubhasiz, 
ko‗pchilik 
o‗qituvchilar o‗quv va tarbiya jarayonlarida 
texnologiyaning o‗rni to‗g‗risida noto‗g‗ri tushunchalarga va u to‗g‗risida qarama-
qarshilik tushunchalarga ega. Texnologiyalar shubhasiz keng qamrov va katta tezlik 
bilan kirib keladi. Bu esa o‗z navbatida eski texnologiyalarning (disketalar, 
videomagnitafonlar, ENT-monitorlar va hokazo) o‗z-o‗zidan yo‗qolib ketishiga olib 
keladi. Yangilarining paydo bo‗lishi va eskilarining o‗z-o‗zidan yo‗qolib ketishi 
ta‘limda tadqiqotchilar, siyosatchilar va ommaviy axborot vositalari xabarlari orqali 
keng ommaga turli yo‗llar bilan yetkaziladi. Ammo bunday tashqari texnologiya 
ta‘limni o‗zgartiruvchisi (ko‗chiruvchisi) ham bo‗lishi kerakki, u ko‗pchilik uchun 
tushunarsiz bo‗lgan va tortishuvga sabab bo‗lgan mazmunni hammaga tushunarli 
ko‗rinishga o‗girib berishi kerak
53
.
Darsga bo‗lgan o‗qituvchining puxta tayyorgarligi ta‘limning samarasini 
ta‘minlaydi, shuning uchun dasrga kirishdan oldin o‗qituvchi ham psixologik, ham 
fani bo‗yicha puxta tayyorgarlik ko‗rishi lozim.
Psixologik jihatdan tayyorgarlik deganda, quyidagilarni tushunishimiz lozim. 
Dars murakkab jarayon bo‗lib, unda turli psixik xususiyatlarga; xarakterga, irodaviy 
xislatlarga, xotiraga, diqqatga, tafakkur va temperamentga ega bo‗lgan o‗quvchilar 
ishtirok etishadi. Dars davomida yuqorida qayd etilgan xususiyatlar u yoki bu 
ko‗rinishda o‗quvchilar tomonidan namoyon etiladi. Qolaversa, darsning har bir 
53
Michael Henderson, Geoff Romeo. Teaching and Digital technologies big issues and critical questions, Cambridge 
University Press, Australia, 2015. P. 22-23. 


102 
daqiqasida hech kim, hech qaysi yo‗l bilan oldindan rejalashtira olmaydigan 
vaziyatlar yuzaga chiqadi. Ammo o‗qituvchi psixik jihatdan har qanday vaziyatda 
o‗zini yo‗qotmasdan muammoni to‗g‗ri yo‗l bilan hal etishga tayyor bo‗lishi lozim. 
Buning uchun har bir o‗qituvchi bo‗lajak darsning muhitini tasavvur etishi va unga 
o‗zini oldindan tayyorlashi lozim bo‗ladi.
Fan bo‗yicha tayyorgarlik deganda esa quyidagilar tushuniladi; darsni tashkil 
etishdan oldin o‗qituvchi belgilangan sinfda o‗z fani bo‗yicha o‗quv dasturidan qaysi 
mavzuni o‗tishi lozimligini ko‗rib oladi. So‗ng ushbu mavzu bo‗yicha Darslikda 
bayon etilgan o‗quv materiali bilan tanishib, uni bugungi kun vazifalari hamda sinf 
o‗quvchilarining bilim darajasiga moslashtirib, zarurat bo‗lsa o‗zgarishlar, tuzatishlar 
kiritadi. Dars turi hamda uning davomida qo‗llaniladigan metodlar aniq belgilab 
qo‗yiladi. Kundalik dars rejasi (konspekti) o‗qituvchi tomonidan har bir darsga 
alohida yoziladi.
Jamiyatning turli sohalar to‗xtovsiz rivojlanishda bo‗lib, o‗z ustida ishlamagan 
va soha yangiliklaridan bexabar mutaxassis esa zamondan orqada qolishi tayin. Shu 
sababli ham informatika fanlarini ham zamon bilan hamnafas yangilab borish va 
o‗zgartirishlar kiritish talab qilinadi.
Informatika o‗quv predmeti sifatida informatika fani va uning rivoji bilan uzviy 
bog‗liq. Shuning uchun «Informatika o‗qitish metodikasi» fani birinchi navbatda 
informatika fanining metodologiyasiga asoslanadi. o‗zining xulosa-larida u ta‘lim va 
tarbiyaning umumiy tamoyillariga tayanadi. Ma‘lumki, ushbu tamoyillar pedagogika 
va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari «Informatika o‗qitish 
metodikasi» fani fiziologiya va psixologiya fanlari tomonidan qabul qilingan 
qonuniyatlardan ham bevosita foydalanadi.
Ta‘lim-tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biri bo‗lgan informatikaning fan 
sifatida o‗ziga xosligi, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o‗rni va ahamiyatidan, 
hozirgi jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda «Informatika» fanini 
o‗qitishning maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:

o‗quvchilarda kompyuter savodxonligini shakllantirish;

o‗quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish 
jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o‗zlashtirib olishlarini 
ta‘minlash;

o‗quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko‗rinishini shakllantirishda 
axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida yangi axborot va 
kommunikatsion texnologiyalarning ahamiyatini ochib berish.
«Informatika» fanining pedagogik vazifalari insonning umumiy ta‘lim 
olishidagi asosiy vazifalarini hal etishda qo‗shadigan o‗ziga xos hissasi bilan 
aniqlanadi. 


103 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin