O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

O„quv rejasi
davlat hujjatidir. Unga barcha umumta‘lim maktablari so‗zsiz 
amal qiladi. Bu hujjatda sinflar bo‗yicha o‗rganilishi lozim bo‗lgan o‗quv fanlari va 
shu fanlar uchun ajratilgan o‗quv soatlari ko‗rsatiladi. Bu hujjat maktabning yagona 
o‗quv rejasi hisoblanib, u xalq ta‘limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Alohida aniq 
bir fanning o‗quv rejasi shu fanni o‗qitish uchun ajratilgan soatlar va o‗quv yilining 
tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatidir.
O„quv fan dasturi
har bir alohida fan uchun o‗quv dasturi tuziladi. Dastur 
o‗quv rejasiga asoslanadi. Fanning maqsadidan, o‗quv rejasi bo‗yicha ajratilgan soat 
va bilim hajmi uning tizimi mavjud jamiyatning g‗oyaviy-siyosiy yo‗nalishini o‗zida 
aks ettiradigan davlat hujjatidir.
O‗quv dasturida bir sinfda alohida fanlar bo‗yicha o‗quvchilarga beriladigan 
ilmiy bilim, ko‗nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda fanning 
mazmuni, mavzu ketma-ketligi ikkinchi mavzu birinchini to‗ldirishi, izchillik bilan 
yoritiladi va ma‘lum mavzular orqali ko‗rsatiladi. O‗quv dasturida shu fan bo‗yicha 
o‗quvchilarga berilishi lozim bo‗lgan bilim, ko‗nikma va malakalar kichik 
mavzularda ifodalanib, mavzu maqsadi qisqacha izohlanadi.
Fanning maqsadi va vazifasidan kelib chiqqan holda boblarga bo‗linadi. Boblar 
katta-katta mavzularga, katta mavzular esa kichik mavzularga bo‗linib, shu mavzu 
yuzasidan o‗quvchi qanaqa bilim, ko‗nikma va malakalarni o‗zlashtirishi lozim 
bo‗lsa, uning mazmuni qisqacha ifodalanib beriladi. O‗quv dasturining o‗zini amal 
qilinishi kerak bo‗lgan prinsiplari mavjud:
1. Dasturning aniq bir g‗oyaga asoslanganligi. Mustaqil jamiyatimiz 
taraqqiyotining tamoyillariga asoslangan holda isloh qilingan har bir sohadagi fan, 
texnika, ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlarda erishilgan yutuqlar darajasini ilmiy 
asosda aks ettirshi lozim.
2. Dastur ilmiylik prinsipiga asoslanadi. Har bir ta‘lim va tarbiya g‗oyalari, 
ilmiy jihatdan tekshirilgan, ishonchli dalillar, kuzatishlar, manbalar va materiallar 
asosida kiritiladi.
3. O‗quv dasturi aniq mazmun va mantiqiy g‗oyalarni o‗zida aks ettirishi 
lozim. Dasturda fanning maqsad va vazifalari undagi bilim asoslari misollar va 
masalalar orqali o‗rgatiladi. Aks holda o‗rgatilayotgan bilim asoslarini nazariy 
jihatdan tushunish qiyin bo‗ladi.


100 
4. Nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi. Talabalar olgan nazariy 
bilimlarini, amalda qo‗llay olishi ko‗nikmasini shakllantirish nazarda tutiladi.
5. O‗quv dasturini tuzishda fanning tarixiy saboqlari inobatga olinadi. Vaqt 
o‗tishi bilan fan olamida yangi-yangi kashfiyotlar, ma‘lum bir ilmiy qonun-qoidalar 
paydo bo‗lib, fan takomillashib boradi. Dastur fanning kelajakdagi itsiqbolini o‗zida 
qisqacha ifodalaydi.
6. O‗quv dasturi davlat tomonidan tasdiqlangan reja asosida bakalavr, magistr, 
litsey, gimnaziya, kollejlarga alohida-alohida tuziladi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin