O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-bob. OLIY TA‟LIMDA «INFORMATIKA FANLARINI O„QITISH



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

10-bob. OLIY TA‟LIMDA «INFORMATIKA FANLARINI O„QITISH 
METODIKASI» FANI VA INFORMATIKA O„QITUVCHISINING 
UZLUKSIZ TA‟LIM TIZIMIDAGI O„RNI 
 
10.1. Oliy ta‟limda «Informatika fanlarini o„qitish metodikasi»
fanining maqsadi 
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining to‗xtovsiz rivojlanishi va turli 
sohalarda joriy qilinishi shubhasiz jamiyat taraqqiyotiga olib keladi. Zero, 
Prezidentimiz ta‘biri bilan aytganda esa «Jahon sivilizatsiyasiga daxldor bo‗lgan 
zamonaviy bilimlarni egallamay turib mamlakat taraqqiyotini ta‘minlash qiyin».
Informatika fanlarini o‗qitish metodikasi informatikani o‗quv predmeti sifatida 
hamda turli yoshdagi o‗quvchilarga informatika fanlarini o‗rgatish jarayonining 
qonuniyatlarini o‗rganadigan fandir. Informatika o‗qitish metodikasi fan sifatida XX 
asrning ikkinchi yarmida, O‗zbekistonda esa 1985-yildan boshlab shakllandi. Bunga 
asosiy omil bo‗lib umumo‗rta maktablarga «Informatika va hisoblash texnikasi 
asoslari» fanining kiritilishi bo‗ldi.
Informatika o‗qitish metodikasi bo‗yicha birinchilar qatorida akademiklar
V. Qobulov, M. Kamilov, T. Bekmurodov, professorlar M. Ziyoxo‗jaev,
A. Abduqodirov, M. Aripov, U.Sh. Begimqulov, U. Yuldoshev, F. Zakirova,
R. Boqiyev, M. Begalov, dotsent T. Azlarov va boshqalar tomonidan ilmiy izlanishlar 
olib borildi va bu sohada muayyan yutuqlarga ham erishildi.
O‗zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimiga yangi bo‗g‗in, o‗rta-maxsus va kasb-
hunar ta‘limining kiritilishi bilan, informatika o‗qituvchilari uchun «Informatika 
o‗qitish metodikasi» fanini yaratish dolzarb muammolardan biri bo‗lib qoldi.
Informatika fan sifatida informatsion jarayon (axborotlashgan jarayon) larning 
qonuniyatlarini 
o‗rganadi. Informatsion jarayon keng tushuncha bo‗lib, 
ma‘lumotlarni jamlash, uzatish, saqlash, to‗plash, qidirish va iste‘molchiga 
berishgacha bo‗lgan jarayonlarni o‗zida aks ettiradi. 
Umumiy qilib aytganda, informatika fani axborot texnologiyalari vositalari 
yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish, uzatish 
usullarini va ularni boshqarish usullarini tizimli ravishda o‗rganuvchi fandir. 
Informatikaning asosiy vazifasi axborotni saqlash, uzatish, qayta ishlashning
yangi usullari va vositalarini hamda informatsion texnika va texnologiyalarini 
yaratish, ularni amaliyotda qo‗llash kabi muammolarni hal etishdan iboratdir. 
Ta‘lim jarayonida zamonaviy axborot va kommunikatsiya vositalardan 
foydalanish borasida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-
iyundagi ― Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to‗g‗risida‖gi 200-sonli qarori qabul 
qilingan bo‗lib, ushbu qarorlarni bajarish maqsadida respublikamizda ta‘lim 
muassalarining global tarmog‗iga ulanishi va elektron nashrlar bilan ta‘minlanishiga 
e‘tibor kuchaydi.
Ushbu fan oliy va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi o‗quv-uslubiy birlashmalar 
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashi ma‘qullagan davlat ta‘lim standarti asosida 
tuzilgan. Ushbu dastur bakalavr talabalari tomonidan zamonaviy va tobora keng 


95 
ko‗lamda qo‗llanilayotgan innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari asosida 
«Informatika» fanini o‗qitishda o‗qitish tizimini tashkillashtirishning nazariy hamda 
amaliy jihatlarini o‗rganishni ko‗zda tutadi. 
Mamlakatimizda har tomonlama munosib yoshlarni, Vatanimiz kelajagi uchun 
mas‘uliyatni o‗z zimmasiga olishga qodir bo‗lgan, jismoniy va ma‘naviy sog‗lom, 
barkamol avlodni tarbiyalash vazifalarini amalga oshirish, birinchi navbatda, har 
birimiz o‗z ishimizni qanday tashkil etishimiz, oldimizga qo‗ygan ulkan maqsadlarga 
erishish uchun kuch va imkoniyatlarimizni, bilim va tajribamizni qanchalik samarali 
safarbar eta olishimizga bog‗liq. 
Fanni o‗qitishdan maqsad o‗rta maxsus, kasb-hunar o‗quv yurtlarida 
informatika fanidan dars beradigan bo‗lg‗usi pedagoglarga ta‘lim va tarbiya 
metodikasini o‗rgatishdan va talabalarda shu sohada nazariy va amaliy professional 
bilimini shakllantirishdir.
Fanning asosiy vazifalari informatika fanini maqsad va vazifalari, mazmuni, 
metodlari, vositalari, shakllari va texnologiyalari kabi mavzularni o‗rgatish hamda 
talabalarga informatika fanini o‗qitish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot 
texnologiyalarini qo‗llash, nazariy va amaliy-laboratoriya mashg‗ulotlarini samarali 
tashkil etish, ilg‗or pedagogik texnologiyalarni qo‗llagan holda shaxsga yo‗naltirilgan 
va rivojlantiruvchi metodlardan foydalanishni o‗rgatishdan iborat.
Fan bo‗yicha talabalarning bilim, ko‗nikma va malakalariga qo‗yidagi talablar 
qo‗yiladi. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin