O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

 
 
 
46
Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‗rayev A.B. Innovatsion ta‘lim texnologiyalari. – T., 2015. 
– 208 bet. 


89 
9.4.
Ta‟limda pedagogning innovatsion faoliyati 
Zamonaviy ta‘limga xos muhim jihatlardan biri pedagog faoliyatining 
innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy 
mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish 
masalasi o‗tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o‗rganila boshlagan. Xususan,
X. Barnet, J. Basset, D. Gamilton, N. Gross, R. Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, 
D.Chen, R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I. Zagvyazinskiy, V.A. Kan-
Kalik, N.V. Kuzmina hamda V.A. Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib 
borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, 
innovatsion g‗oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tatbiq etish, xorijiy 
mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabaror 
bilish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy 
harakatlar mazmunini yoritilgan. 
V.A. Slastenin innovatsiyani yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanishga 
qaratilgan maqsadga muvofiq, yo‗naltirilgan jarayoni majmuyi deb biladi. 
Muallifning fikriga ko‗ra har qanday innovatsiya yangi vositalar yordamida ijtimoiy 
subyektlarning ehtiyojini qondirish va intilishlarini rag‗batlantirish maqsadini 
ko‗zlaydi. 
Har qanday innovatsiyada ―yangi‖, ―yangilik‖ tushunchalari muhim 
ahamiyatga ega. Turli munosabat va jarayonlarga kiritilayotgan yangilik mazmunan 
xususiy, subyektiv, mahalliy va shartli g‗oyalar tarzida namoyon bo‗ladi. 
Xususiy yangilik munosabat, obyekt yoki jarayonga tegishli elementlardan 
birini o‗zgartirish, yangilashni nazarida tutadi. 
Subyektiv yangilik ma‘lum obyektning o‗zini yangilash zaruratni ifodalaydi. 
Mahalliy yangilik alohida olingan obyekt uchun kiritilayotgan yangilikning 
amaliy ahamiyatini tavsiflash uchun xizmat qiladi. 
Shartli yangilik esa munosabat, obyekt yoki jarayonda murakkab,progressiv 
yangilanishning sodir etilishini ta‘minlovchi ma‘lum elementlarning yig‗indisini 
yoritishga xizmat qiladi. 
R.N. Yusufbekova innovatsiyalarni pedagogik nuqtayi nazardan ko‗rib 
chiqishga e‘tiborni qaratadi. Xususan, pedagogik innovatsiyalar muallif tomonidan 
ta‘lim va tarbiya jarayonida avval ma‘lum bo‗lmagan, qayd qilinmagan holat yoki 
natijaga olib boruvchi pedagogik hodisaning o‗zgarib turishi mumkin bo‗lgan 
mazmuni ekanligi ta‘kidlanadi. Rossiyalik olimlar – A.I. Prigojin, B.V. Sazonov, 
V.S. Tolstoy, N.P. Stepanov va boshqalar esa innovatsion jarayon hamda uning 
tarkibiy qismlarini o‗rganishga e‘tiborni qaratgan. Bu o‗rinda ular innovatsion 
jarayonning tashkil etilishiga nisbatan quyidagi ikki yondashuv mavjud ekanligini 
e‘tirof etadi: 
1) yangilikning individual mikro darajasi (unga ko‗ra qandayir yangi g‗oyaga 
amaliyotga joriy etiladi); 
2) alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‗zaro ta‘sirini ifodalovchi mikro 
daraja (bu o‗rinda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‗zaro ta‘sirlanishi, 
birligi, raqobati va birining o‗rnini ikkinchisi tomonidan egallanishi ahamiyatli 
sanaladi). 


90 
A.I. Prigojin, B.V. Sazonov va V.S. Tolstoylar o‗z tadqiqotlarida yangilik 
kiritishning tizimli konsepsiyani asoslashga uringan. Bu o‗rinda mualliflar 
innovatsion jarayonlarning quyidagi ikki muhim bosqichini bir-biridan ajratib 
ko‗rsatishadi: 
1. Yangilik sifatida namoyon bo‗ladigan g‗oyalarni ishlab chiqish (m: korxona, 
tashkilot tomonidan muayyan turdagi mahsulotni ishlab chiqishning rejalashtirilishi). 
2. Yangilik (muayyan mahsulot)ni keng ko‗lamda ishlab chiqish. 
V. Slasteninning fikriga ko‗ra innovatsion yondashuv quyidagilarga ega 
bo‗lishni ifodalaydi: 
- ijodiy faollik; 
- faoliyatga yangilik (o‗zgartirish) kiritishga texnologik va metodologik 
jihatdan tayyorgarlik; 
- yangicha fikrlash; 
- yuksak muomala madaniyati. 
Pedagogik innovatsiyalar tegishli sohada ijobiy o‗zgarishlarni sodir etish, sifat 
jihatdan 
yuqori 
natijalarga 
erishish 
maqsadida 
qo‗llaniladi. 
Bu 
turdagi 
innovatsiyalarni asoslash muayyan bosqichlarda kechadi. Ular (9.2-rasm): 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin