O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Pedagogik ta‟limda innovatsion ta‟lim texnologiyalari va ta‟lim



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

 
9.3. Pedagogik ta‟limda innovatsion ta‟lim texnologiyalari va ta‟lim 
innovatsiyalari tushunchalarining mazmuni
Lug‗aviy jihatdan 
“innovatsiya” 
tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda 
(―innovation‖) ―yangilik kiritish‖ degan ma‘noni anglatadi. ―Innovatsiya‖ 
tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi. 
―O‗zbekiston Milliy ensiklopediyasi‖da ko‗rsatilishicha, innovatsiya 
quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: ―Innovatsiya (ingl. ―innovationas‖ – 
kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni 
ta‘minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‗lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va 
ilg‗or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil 
etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat 
doiralarida qo‗llanishi
44
‖. 
A.I. Prigojinning fikriga ko‗ra, innovatsiya maqsadga muvofiq ravishda 
muayyan ijtimoiy birlik – tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga 
yangicha yondashish, bu munosabatni bir qadar turg‗un elementlar bilan boytib 
borish tushunilishi lozim. Bu o‗rinda anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita 
ijtimoiy munosabatlar, ularga nisbatan innovatsion yondashish mohiyatini ifodalaydi. 
Shundan kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar, xodim, 
qolaversa, turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida o‗ziga xos 
innovator faoliyatni tashkil etadi. 
Amerikalik psixolog E. Rodjers o‗z tadqiqotlarida innovatsion xarakterga ega 
ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga 
yangilik kiritish, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning toifalari, ularning 
yangilikka bo‗lgan munosabatlari, yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga 
bo‗lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar toifalari o‗rtasidagi innovatsion 
xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini o‗rgangan. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin