O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


PIning rivojlanish jarayoni bosqichlari



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

PIning rivojlanish jarayoni bosqichlari: 
- ta‘lim-tarbiyani yanada rivojlantirish va takomillashtirish zarurligini 
tushunishning paydo bo‗lishi va o‗zida paydo bo‗lgan g‗oyalar asosida ta‘lim-
tarbiyadagi muammo yechimini rivojlantirish va loyihalashtirish hamda tajriba-sinov 
ishlari (TSI) modellarini yaratishga kirishish;
- shakllana boshlagan g‗oyalar va ular asosidagi loyihalash-rivojlantirish 
ishlarini qo‗yilgan maqsadlar bo‗yicha aniq modellashtirish. Yangicha tafakkur va 
tajriba rejalari qabul qilinib, qo‗llab-quvvatlanadi. Natijada aniq yangicha g‗oya 
paydo bo‗lib, uning rivojlanishi uchun muhit va sinov-tajriba maydonchalaridagi 
ishlar natijalari bo‗yicha axborot muhiti yaratiladi va joriy etish ko‗lami aniqlanadi;
- qo‗llanishi kerak bo‗lgan PIning me‘yoriy hujjatlari tayyorlanadi va DTS, 
KTMD talablariga va mutahassilik professiogrammasiga tegishli tuzatishlar kiritiladi 
va keng joriy etishga tavsiyalar beriladi va shu kabilar. 
 
 
 


84 
9.2. Informatika va axborot texnologiyalaridagi innovatsiyalardan 
ta‟lim jarayonida foydalanish 
PI quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 
- ta‘lim-tarbiyaning yagona tizimdan iborat ekanligi, undagi uzluksiz ta‘lim 
tizimi va tarkibining yaxlitligi, birligi hamda bir-biri bilan uzviy bog‗langanligi;
- ta‘lim-tarbiya jarayonini olib borishda optimal variantlarni topishga erishishi;
- zamonaviylik: ta‘lim-tarbiya uslubiyatini zamonaviy fan-texnika yutuqlari 
bilan boyitib borish, undagi sifat o‗zgarishlarini va samaradorlikni qo‗lga kiritib 
borish borasida muntazam ravishda yangi pedagogik texnologiyalar va yangi axborot 
texnologiyalaridan foydalanishga erishish;
- ilmiylik: ta‘lim-tarbiya tizimini muntazam ravishda rivojlantirib borish 
maqsadida uzluksiz ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borish;
- «O‗qituvchi-talaba» tizimidagi faoliyatni oqilona amalga oshirish va unda 
talabalar manfaati, qiziqishi, intiluvchanligi asosiy e‘tiborda bo‗lishi;
- moddiy-texnik bazani zamon talabi asosida yaratish, pedagogik jarayonda 
axborotlashtirish muhitiga e‘tibor berish;
- axborot texnologiyalari va texnikalaridan foydalanish samaradorligini 
oshiruvchi elektron darslik va o‗quv qo‗llanmalarni ishlab chiqish, shuningdek 
masofaviy ta‘lim va «Internet»dan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
- talabalar bilimini baholashdagi xolislikni ta‘minlash va uni avtomatlashtirish 
hamda bilim monitoringini muntazam ravishda nazorat qilib borish va kerak 
bo‗lganda tuzatishlar kiritish;
- ta‘lim-tarbiyaning davlat siyosatiga, jamiyatga mosligi, barkamol avlod 
tarbiyasi asosi ekanligi va shu kabilar. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin