O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

Talaba mustaqil ishi
muayyan fandan o‗quv dasturida belgilangan bilim, 
ko‗nikma va malakaning ma‘lum bir qismini talaba tomonidan fan o‗qituvchisi 
maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida 
o‗zlashtirishiga yo‗naltirilgan tizimli faoliyatdir.
Mustaqil ishni bajarishdan 
asosiy maqsad
professor-o‗qituvchilarining 
bevosita rahbarligi va nazorati ostida talabalarni semestr davomida fanni uzluksiz 
o‗rganishini tashkil etish, olingan bilim va ko‗nikmalarni yanada mustahkamlash
kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko‗rish, aqliy mehnat madaniyatini, yangi 
bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabul qilishni shakllantirish hamda ushbu 
tariqa universitetda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga erishishdan iborat. 


115 
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik 
darajasi semestrdan semestrga ko‗nikmalar hosil bo‗lishiga muvofiq ravishda 
o‗zgarib, oshib borishi lozim. Ya‘ni talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi 
mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularning topshiriqlarni bajarishga tizimli va 
ijodiy yondashishga o‗rganib borishi kerak.
Fan bo‗yicha talabalar mustaqil ishini tashkil etishda talabaning akademik 
o‗zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda 
quyidagi shakllardan
foydalanish mumkin: 

fanning ayrim mavzularini o‗quv adabiyotlari yordamida mustaqil 
o‗zlashtirish, o‗quv manbalari bilan ishlash; 

ma‘ruza va tajriba mashg‗ulotlariga tayyorgarlik ko‗rib borish; 

belgilangan mavzular bo‗yicha referat tayyorlash; 

Prezident asarlarini mustaqil o‗rganish va konspektlashtirish;

O‗zbekiston Resublikasi qonunlari, Prezident qarorlari va farmonlari hamda 
boshqa me‘yoriy hujjatlarni konspektlashtirish; 

testlar yechish; 

amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish bo‗yicha keyslar 
yechish; 

munozarali savollar va topshiriqlarga tayyorgarlik ko‗rish;

talabalarning ilmiy jamiyatlari va to‗garaklarida ishtirok etish; 

ko‗rgazmali vositalar tayyorlash; 

ilmiy maqola, tezislar va ma‘ruza matnlarini tayyorlash; 

―talaba-o‗qituvchi-kutubxona‖ kunida fan bo‗yicha yangi o‗quv adabiyotlari 
sharhini o‗qituvchi bilan hamkorlikda tayyorlash; 

axborot resurs markazida belgilangan mavzular bo‗yicha nazariy, amaliy va 
statistik ma‘lumotlarni yig‗ish, qayta ishlash va muayyan tizimga solish; 

belgilangan mavzular bo‗yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida 
taqdimot materiallari tayyorlash; 

talabalar yotoqxonasidagi ma‘naviyat xonasi, kutubxona, zamonaviy axborot 
texnologiyalar markazi imkoniyatlaridan foydalanilgan holda mustaqil o‗qish 
jarayonlarida ishtirok etish; 

fakultativlar va maxsus tajribalar ishlarida ishtirok etish

kafedralar va fakultetlarning ilmiy hamda ilmiy-uslubiy ishlarida ishtirok 
etish va boshqalar.
Talabalarning mustaqil ishi ta‘lim va tarbiyaning shunday vazifalariga 
bo‗ysundirilganki, butun o‗quv jarayoni to‗laligicha talabalar tomonidan faol, ongli, 
puxta va tizimli ravishda fan asoslarini o‗zlashtirish va ularda iqtisodiy 
dunyoqarashni shakllantirish imkonini beradi. Bu vazifalar ta‘lim jarayoni va shaxsni 
shakllantirish qonuniyatlarini bilmasdan va foydalanmasdan turib hal qilinishi 
mumkin emas. Ularning mazmuniga qisqacha to‗xtalib o‗tamiz.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin