O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-bob. MUSTAQIL MASHG„ULOTLARNI TASHKIL ETISH



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

12-bob. MUSTAQIL MASHG„ULOTLARNI TASHKIL ETISH
VA O„TKAZISHNING O„ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
 
12.1. O„quv jarayonida talabalar mustaqil ishlarining tutgan o„rni 
Informatika va axborot texnologiyalari sohasi bo‗yicha mutaxassislar 
tayyorlovchi oliy texnika o‗quv yurtlarida o‗quv jarayoniga xos ishlarni tashkil
etish usullari va shakllari xilma-xildir. Mazkur jarayonning ajralmas qismi
talabalarning mustaqil ishlashidir. Mustaqil ishlar joriy o‗quv jarayoni bilan 
birgalikda va uzviy bog‗liqlikda olib boriladi. 
Talaba yoshlarning mustaqil mutolaa qilishlari uchun zamonaviy kutubxona, 
o‗quv zallari, kompyuter markazlari, xalqaro ilmiy axborot markazlari bo‗lishi katta 
ahamiyatga ega.
Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish, «Talaba mustaqil ishini 
tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‗grisidagi Nizom» asosida olib 
boriladi. Mazkur nizom O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 
16-avgustdagi Oliy va o‗rta ta‘lim vazirligining 2005-yil 21-fevraldagi 34-sonli 
buyrug‗i bilan tasdiqlangan «Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va 
baholash tartibi to‗g‗risidagi» nizomga asosan ishlab chiqilgan hamda kadrlar 
tayyorlash sifatini nazorat qilishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish
nazorat qilish va baholash tartibini belgilaydi.
Talabaning mustaqil ishi o‗quv rejasida muayyan fanni o‗zlashtirish uchun 
belgilangan o‗quv ishlarining tarkibiy qismi bo‗lib, u uslubiy va axborot resurslari 
jihatidan ta‘minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat 
qilinadi. 
Talabalar mustaqil ishlarining mazmuni va asosiy shakllari. Fan bo‗yicha 
talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish ularda iqtisodiy bilim, dunyoqarash, ijtimoiy 
faollik va mustaqil fikrlashni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini o‗z ichiga 
oladi. U o‗quv rejasi va fanlar dasturlarida ko‗zda tutilgan zarur bilimlar va 
ko‗nikmalarning talabalar tomonidan oqilona, kam vaqt va kuch sarflab 
o‗zlashtirilishini ta‘minlaydi. 
Iqtisodiyot nazariyasini o‗qitish jarayonini takomillashtirish, talabaning 
qiziqishlarini, anglash faolligini va mustaqil ishlarini rivojlantirish yo‗nalishida 
boradi, bunda ijodiy fikrlash, mustaqil o‗qish, ko‗nikma va layoqatlari shakllanadi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin