O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


O„quv-bilish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

O„quv-bilish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish
va o„z-o„zini nazorat qilish metodlari 
Og‗zaki nazorat qilish va o‗z-
o‗zini nazorat qilish metodlari 
Yozma nazorat qilish va o‗z-
o‗zini nazorat qilish metodlari 
O‗z-o‗zini nazorat qilishning 
laboratoriya-amaliy metodlari
Shunday qilib, kasbiy ta‘lim didaktikasi tamoyillariga muvofiq ishlab 
chiqilgan metodlar va alohida funkstional yondashuv metodlari tizimini yaratish 
uchun tegishli ta‘lim muassasasidagi pedagogik faoliyat asos bo‗lib xizmat qiladi. 
Unda qo‗llaniladigan kasbiy ta‘lim metodlari didaktik maqsadlarga erishishning 
nisbatan alohida yo‗llari va metodlari sifatida namoyon bo‗ladi. 
Oliy ta‘lim muassasalaridagi o‗qitish metodlari o‗ziga xos xususiyatga ega 
bo‗lib, nafaqat dars berish usullari va uslublarini birlashtiradi, balki ular bilimlarni 
o‗zlashtirishning o‗quv va ilmiy faoliyatga yo‗naltirilgan tizimini ham anglatadi. 
Shunday savol tug‗iladi: oliy ta‘lim muassasalaridagi o‗qitish metodlari maktab
akademik litsey va kasb-hunar kollejidagi o‗qitish metodlaridan qay jihatlari bilan 
farqlanadi? 
Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejida fan asoslari o‗rganiladi. Oliy 
ta‘lim muassasasida talaba zamonaviy fanni o‗rganadi va ixtisoslik bo‗yicha ta‘lim 
oladi. Shuning uchun ham oliy ta‘lim muassasalaridagi o‗qitish metodlari bilimlarni 
yetkazish va anglashning usullarigina emas, balki fan taraqqiyoti jarayoniga tobora 
kirib borish, uning metodologik va g‗oyaviy asosini ochish metodi hamdir. 
Oliy ta‘lim muassasalaridagi o‗qitish metodlarini asoslashda didaktika bilan 
shug‗ullanuvchi olimlar oliy ta‘lim muassasalaridagi o‗quv jarayonining o‗ziga xos 
xususiyatlari va talabalarning bilish faoliyatini qamrab oladilar hamda talabalarning 
kasbiy va shaxsiy tayyorgarligi masalalariga katta ahamiyat beradilar. Talabalarning 
faol ijodiy bilish faoliyati hamda ularning mustaqil ishlaridan iborat kasbiy ta‘lim 
jarayoni ta‘lim metodlarining o‗qitish metodlari va o‗rganish metodlaridan iborat ikki 
guruhini bir-biridan farqlashni taqozo qiladi: 
O‗qitish metodlari bilimlarni berish usullari sifatida qaraladi va talabalarning 
ilmiy bilish faoliyatiga rahbarlik qilishga qaratilgan bo‗ladi hamda o‗quv jarayonida 
pedagogning talabalarga ta‘sir ko‗rsatish usullarini shakllantiradi. 
O‗rganish metodlari bilim, malaka va ko‗nikmalarni ijodiy egallashga hamda 
metodik va g‗oyaviy-siyosiy e‘tiqodlarni ishlab chiqishga qaratilgan talabalarning 
ilmiy bilish faoliyati usuli sifatida belgilanadi. 
Oliy ta‘lim muassasalaridagi ta‘lim xususiyati o‗quv jarayonini tashkil etishda 
namoyon bo‗ladi. Bunda maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejidagi ta‘lim 
metodlarini belgilash va o‗qitish shakllarini ham tashkil qilishni tavsiya etadi. Oliy 
ta‘lim muassasalarida ushbu o‗qitish metodlari va shakllari qo‗shilib ketadi, ya‘ni 
oliy ta‘lim muassasalaridagi dars berish metodi ayni zamonda o‗qitishniig tashkiliy 
shakli ham hisoblanadi. Oliy ta‘lim muassasalaridagi o‗qitish metodlari o‗ziga 
qo‗shimcha yuklama-mashg‗ulotni tashkil etishni ham qamrab oladi. 
59
http://www.ziyonet.uz 


111 
Oliy ta‘lim muassasalaridagi O‗qitish metodlari tasnifi masalasi o‗zining 
dolzarbligini saqlab qoladi. Oliy ta‘limdagi o‗qitish metodlari tasnifiga didaktik 
yondashuvlar, umumdidaktik yondashuvlarga monelik qilmaydi, balki ularni 
rivojlantiradi. Ular oliy ta‘lim tizimidagi o‗quv jarayonining xususiyatlari, ularning 
didaktik vazifalari xarakteriga asoslanadi. 
Oliy ta‘lim muassasalarida o‗qitish va o‗rganish metodlari quyidagi keng 
tarqalgan tasniflarga borib taqaladi: 
1.
Bilimlarni berish, idrok etish va o‗zlashtirish hamda e‘tiqodni 
shakllantirishni ta‘minlovchi metodlar. Bu metodlarga ma‘ruza, talabalarning 
mustaqil ishlari, mustaqil ta‘lim olish bo‗yicha ishlari, ishlab chiqarish jarayonlarini 
kuzatish, 
maslahatlar, 
ko‗rsatma 
berish, 
ommaviy 
axborot 
vositalari, 
dasturlashtirilgan materiallarni idrok etish va boshqalar kiradi. 
2.
Bilimlarni tatbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko‗nikmalarni hosil 
qilish hamda e‘tiqodni chuqurlashtirish metodlari: Bunga seminar, amaliy va 
laboratoriya mashg‗ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, o‗quv xonalaridagi 
dasturlashtirilgan mashg‗ulotlar va ishlab chiqarish amaliyoti kiradi. 
3.
Bilimlar, e‘tiqodlarni shakllantirish va talabalarning kasbiy tayyorgarligini 
aniqlash metodlari. Bu o‗quv jarayonining reyting baholari, kollokviumlar, suhbat 
o‗tkazish, kurs va diplom ishlari loyihalari hamda davlat attestatsiyasi natijalarini 
baholash. 
Bu tasnif konkret metodlar imkoniyatlarini belgilovchi eng muhim sifatlar 
asosiga qurilgan. Bunda ushbu tasnif bo‗yicha birinchi guruhdagi shunday sifatlarga 
bilimlarni idrok qilish va o‗zlashtirish, ikkinchi guruhga – tatbiq etish va 
mustahkamlash, uchinchi guruhga esa attestatsiya va bilimlarni aniqlash taalluqlidir. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin