O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Bitiruv malakviy ishlarini tashkil qilish



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

 
12.3. Bitiruv malakviy ishlarini tashkil qilish 
Bakalavriat yo‗nalishi bo‗yicha ta‘lim olayotgan talabalarning o‗quv jarayoni 
bitiruv malakaviy ishi yozish bilan yakunlanadi.
Barcha ta‘lim yo‗nalishdagi bitiruvchi kurs talabalari yakuniy bosqich 
jarayonida bitiruv malakaviy ishi yozib, «Bitiruv malakaviy ishlari (BMI) himoyasi 
bo‗yicha Yakuniy davlat attestatsiya (Ya.D.A.) komissiyalari»da himoya qiladilar
61
.
Bitiruv malakaviy ishini bajarishda O‗zbekiston Respubikasi Oliy va O‗rta 
maxsus ta‘lim vazirligining buyrug‗i bilan tasdiqlangan «Oliy o‗quv yurtlarida 
bakalavr bitiruv malakaviy ishini bajarishga qo‗yiladigan talablar»ga rioya qilinishi 
kerak.
Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash talabalarda o‗rganayotgan muammoga 
iqtisodiy yondashish, ilmiymetodik adabiyotlarni chuqur o‗rganish, har taraflama 
tahlil qilish ko‗nikmalarini rivojlantirish o‗z fikrini aniq, asosli mantiqiy izchillikda 
bayon qilish, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalar chiqarish va amaliy 
tavsiyalar ishlab chiqishni o‗rganishga yo‗naltirilgan.
«Kasb ta‘limi» bakalavriat yo‗nalishi talabalari mutaxassislik «Maxsus 
(informatika) fanlarni o‗qitish metodikasi» fani asosida bitiruv malakaviy ishlari 
yozadilar.
Bitiruv malakaviy ish tadqiqot elementlari bilan amaliy masala muammolarni 
yechish, bilim va ko‗nikmalarini kengaytirishga hamda o‗quv yurtini bitirgach
o‗qituvchi bo‗lib ishlashga tayyorgarliklari darajasini aniqlashga yordam beradi. 
Bitiruv malakaviy ishlarda quyidagi vazifalar bajariladi:

professional faoliyatning dolzarb masalalari mustaqil tadqiq etiladi;

o‗rganilayotgan masala, hodisalardagi yangi tendensiyalar aniqlanadi;

nazariy bilimlar mustahkamlanadi va rivojlantiriladi;

murakkab masala, savollarni tadqiqot elementlarini qo‗llab, yechimini 
topishga o‗rganiladi;

iqtisodiy fanlarni o‗qitishning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda 
samarali dars o‗tish metodlari aniqlanadi;
61
Tojiboyeva D. Maxsus fanlarni o‗qitish metodikasi. – T., 2018-y. – 568 b. 


124 

o‗rganilayotgan mavzu bo‗yicha nazariy va amaliy dars o‗tish o‗quv 
jarayonini tashkil etish bo‗yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Bitiruv malakaviy ishlarga qo‗yiladigan talablar. Kasb ta‘limi yo‗nalishidagi 
talabalarga bitiruv malakaviy ishlarini bajarish anchagina murakkab, qiyin ish. 
Chunki ular o‗tiladigan fan bo‗yicha mavzuni chuqur bilishlari, har qanday savolga 
hozirjavob bo‗lishlari, fandagi yangiliklar, unga e‘tibor beriladigan va hali 
o‗rganilishi, tadqiq etilishi zarur bo‗lgan masalalardan xabardor bo‗lishlari zarur. 
Hamda ana shu bilimlarni o‗rganish, qanday yo‗l bilan, qaysi metodlar yordamida 
talabalar ongiga yetkazish, puxta o‗zlashtirishlarini ta‘minlash yo‗llarini ham 
o‗rganishlari va ularning barchasini bitiruv malakaviy ishda aks ettirishlari lozim.
Bitiruv malakaviy ishida talabaning fanni nazariy jihatdan qay darajasida 
o‗zlashtirgani, nazariy umumlashtirishi, amaliy xulosalar chiqarishi, zarur axborotni 
qidirish, tanlash, ularni qayta ishlash va ma‘lum tartibga solish, matnda ifodalashni 
uddasidan qay darajada chiqqani aks etadi.
Bitiruv malakaviy ishga qo‗yiladigan asosiy talab tadqiqot materiali 
mazmunining ilmiy jihatdan yuqori darajada asoslanganligi, ishonchliligi
obyektivliligini ta‘minlashdir.
Bitiruv malakaviy ishga tayyorgarlik tartibi.
Talabalarga kafedra tomonidan tasdiqlangan bitiruv malakaviy ishlar 
ro‗yxatida ko‗rsatilgan mavzularni erkin tanlash huquqi beriladi. Ba‘zida talaba 
o‗zining variantini ham taklif qilishi mumkin. Lekin u tasdiqlovchi materiallarga 
asoslangan va dolzarb masala bo‗lishi kerak.
Bitiruvchi talabalar ish mavzusini tanlashlarida kafedra tomonidan maslahat 
uyushtiriladi. Bitiruv malakaviy ishlarni tanlashda talabalar bajargan kurs ishlari, 
ilmiy doklad mavzulariga yaqin yoki ulardan kelib chiqqan holda yoki kelajakda 
ishlamoqchi bo‗lgan bitiruv oldi amaliyotini o‗tadigan o‗quv yurtining taklifi bilan 
mavzu tanlashlari, boshqacha aytganda, boshlagan ilmiy ishlarini davom ettirishlari 
maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Mavzular o‗quv rejasi va kelgusida olib boriladigan amaliy faoliyatning 
xususiyatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi. Bitiruv malakaviy ishni yozish 
uchun tanlangan fanning asosiy mazmunidan va uni o‗rganishdan qo‗yilgan 
maqsadga mos bo‗lishi ko‗zda tutiladi.
Tanlangan mavzuni rasmiylashtirish uchun talaba kafedra mudiri nomiga ariza 
yozishi kerak. Talabalarga rahbar va mavzularni biriktirish ΙΙΙ kursda, o‗quv yilining 
oxirida, uzog‗i bilan IV kurs yangi o‗quv yilining boshida amalga oshiriladi.
Bitiruv malakaviy ishlar mavzularini ilmiy rahbarlarga biriktirish institut 
rektorining buyrug‗i bilan rasmiylashtiriladi.
Talaba mavzuni olgach
62
:
1. Rahbar bilan muhokama qilib, uni qay darajada o‗rganilgani, qanday 
tajribalar mavjud, zarur manbalar bormi-yo‗qmi aniqlanishi, yo‗naltiruvchi 
materiallar yig‗ilishi kerak.
2. O‗rganilayotgan mavzu bo‗yicha adabiyotlar tanlash, ularni tahlil qilish, 
zarur dalillar, statistik ma‘lumotlar to‗plash ular bilan tanishish, saralash zarur.
62
Tojiboyeva D. Maxsus fanlarni o‗qitish metodikasi. – T., 2018-y. – 568 b. 


125 
3. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi, vazifalari va konsepsiyasini ishlab 
chiqib, uni rahbar bilan muhokama qilish.
4. Ishning dastlabki kengaytirilgan rejasini tuzib, uni rahbarga ko‗rsatishi zarur. 
Rahbar bilan muhokama qilib, kelishgan holda rejani kamchiliklari tuzatiladi.
5. To‗plangan materiallar umumlashtiriladi, dastlabki matn tayyorlanadi.
6. Rahbarga ishning mazmuni tanishtiriladi, so‗ngra u ko‗rsatgan kamchiliklar 
ustida ishlanadi.
7. Kamchiliklar hisobga olingan holda tayyorlangan ish qayta rahbarga 
ko‗rsatiladi va uning roziligi bilan oqqa ko‗chiriladi.
8. Bitiruv malakaviy ishining matnini qo‗yilgan talablar bo‗yicha yozib, 
himoyaga taxt qilinadi.
9. Rahbarning xulosasi va tashqi taqriz olinadi.
10. Ish kafedra tomondan tuzilgan komissiyada dastlabki himoya qilinadi.
11. BMI Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasida himoya qilinadi.
Bitiruv malakaviy ishining asosiy mazmuni tanlangan mavzuni to‗la aks 
ettirishi lozim. Bitiruv malakaviy ishining rejasi mavzuni, uning asosiy savollari 
yaxlitligini ta‘minlashi kerak. Ishning tarkibi kirish, ikki yoki uch bob, paragraflar, 
xulosa (xulosa va takliflar), foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati, ilovadan iborat bo‗lib, 
asosiy bo‗lim (bob)lar nomi mavzuning nomini takrorlamasligi kerak). 
Ish kamida 8 ta paragrafdan iborat bo‗lishi, mavzu ikki yoki uch bobni qamrab 
olishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishida iqtisodiy hisob-kitoblar, jadval, diagramma, chizma, 
grafik va boshqalar keltirilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishi hajmi turli jadval, sxema, grafik, adabiyotlar ro‗yxatini 
hisobga olgan holda qo‗lyozma matni standart formada 7000-10000 so‗z bo‗ladi.
Sarvaraqdan so‗ng mundarija keltiriladi. Mundarijada ishning tarkibi bo‗yicha 
har bir bo‗lim, paragraflar betlari bilan ko‗rsatiladi.
Asosiy bo‗limlar mazmuni:
Kirish:
Kirishda tanlangan mavzuning ahamiyati, uning dolzarbligi, qisqacha 
mazmunini o‗rganilganlik darajasi, ishning maqsadi va vazifalari, tadqiqot obyekti, 
erishilgan natijalar va uning ahamiyati ko‗rsatiladi. Mazkur mavzuning mohiyatini 
ko‗rsatish bilan o‗tkaziladigan tadqiqotga qisqacha xarakteristika beriladi.
I bob. Bu bobda mavzu nazariy jihatdan asoslanib beriladi. Mavzuni 
o‗rganishdan qo‗yiladigan maqsad, o‗quvchi-talabalar mavzuni o‗rganish natijasida 
qanday ko‗nikmalarga ega bo‗lishi kerak? Qanday masala, muammolarga diqqat 
qilish kerakligi nazariy jihatdan asoslab beriladi.
II bob. Bu qismda mavzu talabalarga qanday yetkazilishi, uning mazmunini 
anglab, puxta o‗zlashtirishlari uchun qanday metodlar tanlash lozimligi, metodlar 
dars berish shakllariga ko‗ra ma‘ruza, amaliy darsda qanday qo‗llanishi masalalari 
tadqiq etiladi. Avvalgi bobdan kelib chiqib, o‗rganilayotgan mavzuning qanday 
alohida tomonlari bor, ularni qanday metodlar, vositalar yordamida o‗rganish 
mumkinligini asoslab beriladi.


126 
III bobda dars o‗tishning samarali metodlari, vositalarini tanlash, ularni 
takomillashtirish yo‗llari yoritiladi. Bunda bitiruv oldi amaliyoti jarayonida turli 
metodlarni qo‗llab, olingan natijalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa. Bitiruv malakaviy ishning xulosa qismida olib borilgan izlanishga 
yakun yasab, ishning mazmunidan kelib chiqqan holda xulosalar chiqariladi, hamda 
fanni, mavzuni puxta o‗zlashtirishni ta‘minlash, o‗quvchi talabalarni mustaqil 
fikrlash, taqqoslash, qaror qabul qilishga o‗rgatish nuqtayi nazaridan dars berish 
metodlarini, o‗quv jarayonini tashkil etishni takomillashtirish bo‗yicha takliflar 
beriladi.
Informatika fanlarini o‗qitish metodikasi fanidan BMI yozish, boshqa 
mutaxassislik fanlaridan yozishga qaraganda ancha murakkab, sababi, birinchidan
talaba fanni, mavzuni chuqur bilishi, yangiliklardan xabardor bo‗lishi; ikkinchidan 
esa ana shu mavzu savollarini dars jarayonida talabalar ongiga qanday metodlar 
yordamida yetkazishni ham uddalashi va uni bitiruv malakaviy ishida ifodalashi 
zarur.
Foydalangan adabiyotlar ro‗yxati.
Bu ro‗yxatda malakaviy ish yozish jarayonida foydalanilgan barcha 
adabiyotlar va boshqa manbalar sanab o‗tiladi.
Adabiyotlar ro‗yxati yozganda talabalar ko‗pincha uning qanday tartibda 
joylashtirishga, uni to‗g‗ri to‗ldirishga qiynalishadi.
Foydalangan adabiyotlar ro‗yxatini tuzishda uni bir necha shartli guruhga 
bo‗lgan ma‘qul.
O‗zbekiston Respublikasining qonuniy hujjatlari va materiallari:

O‗zbekiston Respublikasining qonunlari;

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari;

O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari;

O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va rasmiy 
hujjatlari;

O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari;

O‗zbekiston Respublikasi vazirliklari me‘yoriy-huquqiy hujjatlari.
Maxsus adabiyotlar:

darsliklar;

o‗quv qo‗llanmalar;

ilmiy monografiyalar;

doktorlik, nomzodlik dissertatsiyalari;

ilmiy-amaliy anjumanlar ma‘ruzalari to‗plamlari;

gazeta va jurnal maqolalari;

statistik ma‘lumotlar:

nashr etilgan manbalar (statistik ma‘lumotlar);

nashr etilmagan manbalar.
Internet saytlari.


127 
Maxsus adabiyotlar: darsliklar, o‗quv qo‗llanmalari, olimlarning asarlari, 
monografiyalari, va boshqa manbalar, jumladan, tarjima qilingan adabiyotlar, jurnal 
va gazetalar maqolalari alfavit ketma-ketligida beriladi.
Muallif (yoki mualliflar) ismi, shariflari, kitob, maqola nomi, nashriyot nomi, 
nashr qilingan yili ko‗rsatiladi. 
Bitiruv malakaviy ishni rasmiylashtirish va uning himoyasi
63

Qabul qilingan qoidaga muvofiq BMI standart A4 formatli oq qog‗ozga
yoziladi. Matn qog‗ozning chap tomonidan 30 mm. Yuqoridan 20 mm., o‗ng dan 10 
mm., pastdan 25 mm. tashlab yoziladi. Har bir varaqda 28 satrdan kam bo‗lmasligi 
lozim.
Bob va paragraf sarlavhalari asosiy matndan yuqoridan 1 satr bo‗sh joy tashlab 
ajratib yoziladi. Agar ular matnni o‗rtasida bo‗lsa, yozilayotgan paragraf tugagach 
(yuqoridan) 2 satr bo‗sh joy tashlab matndan ajratib yoziladi.
Sahifalar, sarvaraq (titul varag‗i), mundarija (reja)dan so‗ng, kirishdan 3 betdan 
boshlab raqamlanadi (nomerlanadi).
BMIda satr boshi (abzats)ni ajratib ko‗rsatish ham muhim ahamiyatga ega.
Har bir satr boshi muallifning yangi fikr boshlaganini ko‗rsatadi. U matnda doimo bir 
xilda 3 yoki 5 harf hajm chapdan bo‗sh joy tashlab boshlanishi kerak.
BMIda muallif tomonidan o‗z fikrini, ko‗rilayotgan masalani qonunqoida va 
boshqalarni ishonchliligini tasdiqlash maqsadida iqtibos(tsitata) keltirilsa, u albatta 
olinayotgan manbadagidek bo‗lishi kerak. Odatda, matnda iqtibos qo‗shtirnoq ichiga 
olinadi. Hamma iqtiboslarning manbayi keltiriladi. Manbalar sahifaning oxirida, matn 
orasida yoki matn oxirida alohida sahifada ko‗rsatilishi mumkin. Odatda, sahifa 
oxirida yoki matn oxirida alohida sahifada ko‗rsatishdan foydalaniladi. Ko‗proq 
manba sahifa oxirida ko‗rsatiladi.
Jadvallar, chizma, grafik, rasm, hujjatlar, to‗ldirilishi lozim bo‗lgan shakl 
(forma)lar asosini matnda ham, ilovada ham arab raqamlari bilan yoziladi. Ular 
nomlanishi, manbasi ko‗rsatilishi zarur. Agarda u talaba tomonidan tayyorlangan 
bo‗lsa, manbaga muallif tomonidan bajarilgan deb yozishi zarur.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining rejasi, mazmuni, materialni bayon qilish 
uslubi, tili, iqtiboslarning manbayini ko‗rsatilishi, foydalanilgan adabiyotlar va 
ilovalarni rasmiylashtirish talabiga javob beradigan bo‗lgach, rahbar unga o‗z 
xulosasini yozib beradi. Agar talabga javob bermasa, kamchiliklarini to‗g‗rilash 
uchun qaytariladi.
Bitiruv malakaviy ishi tayyor bo‗lgach, talaba xulosa yozish uchun ilmiy 
rahbarga beradi.
Ilmiy rahbar unga xulosa (2-3 bet) yozib beradi.
Ilmiy rahbar xulosasi ishning rasmiy xarakteristikasi hisoblanadi. Xulosada 
rahbar asosiy diqqatni talabaning ishida mavzu savollarini qanchalik chuqur 
o‗rganilgani, qo‗yilgan talablarga javob bera olishi va himoyaga qo‗yilishi 
mumkinligiga qaratishi kerak.
Rahbar ishning tayyorligiga amin bo‗lgach, ish kitob tarzida tikiladi.
63
Tojiboyeva D. Maxsus fanlarni o‗qitish metodikasi. – T., 2018-y. – 568 b. 


128 
Ish tashqi taqrizga beriladi. Olingan taqriz ijobiy bo‗lsa, rahbarning yozma 
xulosasi bilan birgalikda kafedra rahbariga topshiriladi. U taqrizni ko‗rib, ishni 
himoyaga qo‗yish yoki qo‗ymaslik masalasini hal qiladi.
Bitiruv malakaviy ishini himoyaga qo‗yishqo‗ymaslik to‗g‗risidagi masala 
talaba bilan birga kafedra yig‗ilishida ko‗rib chiqiladi va kafedra yig‗ilishi 
bayonnomasida tasdiqlanadi. O‗z vaqtida bitiruv malakaviy ishini tayyorlamagan 
talabalar himoyaga qo‗yilmaydi. Dastlabki himoyani muvaffaqiyatli o‗tkazgan 
talabaning ishi Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasining yig‗ilishida umumiy 
himoya qilish uchun qo‗yiladi.
Bitiruvchi talaba himoya kuniga qadar Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi 
yig‗ilishiga nima sababdan aynan ana shu mavzuni tanlagani, uning dolzarbligi, 
ishning qisqacha mazmuni haqida 10-15 daqiqalik ma‘ruza tayyorlaydi. Bitiruv 
malakaviy ish himoyasida tayyorlangan jadvallar, chizmalar va boshqalardan keng 
foydalanish ko‗zda tutiladi.
Ma‘ruza jarayonida ishning mazmuni ochib beriladi, natijalari ko‗rsatiladi. 
Qo‗yilgan savollarga javoblar beriladi.
Talaba BMIni himoyasini multimedia asosida taqdimot tayyorlash tarzida 
o‗tkazishi ham mumkin.
Himoya davomida komissiya raisi va a‘zolari bitiruv malakaviy ish yuzasidan, 
rahbarning xulosasi va taqriziga oid savollar ham berishlari mumkin. Talaba ularga 
aniq, puxta, ishonchli javob berishga tayyor bo‗lishi lozim.
Talaba tomonidan tayyorlangan bitiruv malakaviy ishi O‗zbekiston 
Respubikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining buyrug‗i bilan tasdiqlangan 
«Oliy o‗quv yurtlarida bakalavr bitiruv malakaviy ishini bajarishga qo‗yiladigan 
talablar» asosida ishlab chiqilib, institut ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan
«Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‗g‗risidagi 
Nizom»ga ko‗ra baholanadi. 
Talaba tomonidan bajarilgan bitiruv malakaviy ishi yuqorida keltirilgan 
mezonlar asosida baholanib, quyidagicha tabaqalashtiriladi
64
:
55 ballgacha – «qoniqarsiz» baho;
56 balldan – 70 ballgacha «qoniqarli» baho;
71 balldan – 85 ballgacha «yaxshi» baho;
86 balldan – 100 ballgacha «a‘lo» baho.
Bitiruv malakaviy ish himoyasining natijasi Yakuniy davlat attestatsiya 
komissiyasi tomonidan e‘lon qilinadi.
64
Tojiboyeva D. Maxsus fanlarni o‗qitish metodikasi. – T., 2018-y. – 568 b. 


129 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin