O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

 
 
 
 
 
75
http://www.tsue.uz 


138 
13.3. O„quv jarayonini tashkil qilish, talabalar bilimini sinash
va baholashda jahon amaliyotini qo„llash 
Hozirgi taraqqiyot darajasi global miqyosda ta‘lim tizimini tubdan 
o‗zgartirishga, ta‘lim olishning uzluksizligini ta‘minlashni asosiy vazifaga 
aylanishiga olib keldi. Keyingi yillarda:
1) generatsiya tizimi va bilim berish murakkablashdi;
2) mavjud bilim va axborot tizimi bir necha barobar o‗sdi;
3) bilimda eskirish tezligi yuqori;
Shuning uchun olingan fundamental, asosiy bilim ma‘lum davrda qo‗shimcha 
ta‘lim dasturi bilan to‗ldirib turilishi va malaka oshirib turilishini talab qiladi.
Ma‘lumki, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‗zgarishlar o‗z navbatida ishchi kuchi 
malakasi, mahoratini yuqori bo‗lishini, ishchi kuchiga bo‗lgan talabning o‗zgarishiga 
moslashuvchan, o‗z malakasini oshirishga intiluvchan bo‗lishni talab etadi. Mehnat 
bozori ishchi kuchini moslashuvchanligiga alohida talablar qo‗yadi. Shuning uchun 
jahon tajribasida:

o‗qish va ish jarayonini yaqinlashtirish va moslashuvchanligini ta‘minlash, 
ularni bir-biri bilan bog‗lash;

ishchi kuchi safarbarligini orttirish;

ta‘lim berish va bandlikning moslashuvchan shakllarini qo‗llash;

ish vaqti va ta‘lim vaqtini bog‗lash, ta‘lim vaqti muddatiga va boshqalarga 
e‘tibor berilmoqda.
Talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil tanlash va 
qaror qabul qilish ko‗nikmasini hosil qilish obyektiv zaruratga aylandi.
Buning uchun talabalarni mustaqil izlanish, fikrlash, turli qarashlarni 
taqqoslash, tahlil qilish, xulosa chiqarishga o‗rgatish lozim. Shuning uchun jahon 
pedagogikasida e‘tibor talabalarda ana shu xislatlarni hosil qilish va tarbiyalashga 
qaratildi. Tajriba talabalarda aynan ana shu xislatlar, ko‗nikmalarni hosil qilishda 
dars berishning interaktiv metodlarini qo‗llash ijobiy natija berishini ko‗rsatdi. Bu 
uslublar dars o‗tishni dialog tarzida amalga oshirishga, ayniqsa, talabalarni darsga 
faol qatnashishlarini ta‘minlashga qaratilgan. Jahon tajribasida o‗qituvchi yuqori 
darajada darsni tashkil qilishi, bilimi, talabalarni o‗z faniga qiziqtira olishi, shu 
fanning tayyorlanayotgan mutaxassislik bo‗yicha naqadar zarurligi jihatidan raqobat 
qila olishiga katta e‘tibor beriladi. O‗qituvchining asosiy vazifasi:
1. Talabalarni mustaqil ishini tashkil etish, ularni semestr davomida o‗z ustida 
ishlashga o‗rgatish.
2. Turlicha dars berish metodlarini qo‗llab, talabalarni darsga faol 
qatnashishlarini ta‘minlash.
Talabalarni mustaqil ishini tashkil qilish va o‗z ustida uzluksiz ishlashi, 
izlanishini ta‘minlashda jahon tajribasida «Sillabus (Syllabus)» muhim o‗rin tutadi. 
Sillabus bu o‗qituvchi bilan talaba o‗rtasidagi shartnomadir. Sillabusda kafedra 
tomonidan: a) fan bo‗yicha albatta o‗rganilishi zarur bo‗lgan mavzular ko‗rsatilishi 
mumkin;


139 
b) o‗qituvchilar dasturda ko‗rsatishlari shart bo‗lgan komponentlarni aniqlab 
berishi mumkin. Boshqa topshiriqlarni o‗qituvchining o‗zi belgilaydi. Sillabusda 
ko‗rsatilishi shart bo‗lgan komponentlar:
1. O‗qituvchi haqida ma‘lumot (O‗qituvchining ismi, sharifi, kafedrada 
bo‗ladigan vaqtlari, muloqotda bo‗lish uchun boshqa axborotlar).
2. Fan haqida ma‘lumot: fanning va mutaxassislikning nomi, fanga ajratilgan 
soatlar, ma‘ruza, amaliy (seminar) mashg‗ulot, laborotoriya ishiga ajratilgan soatlar, 
qaysi semestrda o‗tilishi va dars o‗tiladigan auditoriya.
3. O‗rganilayotgan fanni o‗zlashtirish uchun zarur bo‗lgan bilim va 
ko‗nikmalar majmuasi.
4. Mazkur fanni o‗rganib bo‗lgach, talabaning bilim darajasi, ko‗nikma va 
xabardor sohalari doirasi.
5. O‗qitiladigan fan haqida qisqacha ma‘lumot, uning maqsadi va vazifalari.
6. Ma‘ruza, seminar (amaliy), mashg‗ulot mavzulari, ularga ajratilgan soatlar. 
Mavzular bo‗yicha mustaqil ravishda bajarilishi lozim bo‗lgan topshiriqlar.
7. Adabiyotlar ro‗yxati: asosiy adabiyotlar va qo‗shimcha adabiyotlar, 
jumladan, elektron adabiyotlar, matbuot nashrlari, internet manbalari;
8. Baholash bo‗yicha axborotlar: bilimni baholash shkalasi, mezonlari, ularni 
bajarishga bo‗lgan talablar (rubrikatsiya jadvali);
9. Baholash jarayoni va siyosati. U o‗z ichiga quyidagilarni oladi:
• barcha ishlarni baholash qoidalari (maksimal ball, rag‗batlantiruvchi va shtraf 
ballari);
• imtihon, yakuniy baholashning mezonlari;
• yakuniy baholash va uni appelyatsiya qilishning qoidalari;
• darsga kechikib kelish, auditoriyada o‗zini tutish, berilgan topshiriqni 
muddatida bajarmaslik, imtihonda qatnashmaslik oqibatlari.
Har bir talaba yil boshidan o‗z faoliyatini sillabus asosida tashkil etadi. 
Hozir O‗zbekistonda ham jahon tajribasidan kelib chiqqan holda o‗quv 
jarayoniga uning ayrim elementlarini tatbiq etishga harakat qilinayapti. USAID CAR 
dasturi bo‗yicha seminar qatnashchilari bo‗lgan o‗qituvchilar bu borada o‗z tajribalari 
bilan o‗rtoqlashmoqdalar. Albatta, talabalar faoliyatini «Sillabus o‗qituvchi bilan 
talaba o‗rtasida shartnoma» asosida tashkil etish ularni chuqur bilim olishlari, puxta 
malakaga ega bo‗lishlariga yordam beradi. Lekin uni tom ma‘noda qo‗llash 
talabalarda tanlov asosida o‗tiladigan fanlar, kurslarni, dars beradigan o‗qituvchilarni 
o‗zlari tanlash imkoniyatiga ega bo‗lishlarini taqozo qiladi. Lekin hozircha buning 
uchun imkoniyat etarli emas.
Talabalarga dars berar ekanmiz, ularning individual xislatlarini yanada boyitib, 
o‗z bilimlarini oshirish uchun o‗zlari harakat qilishlari lozimligini o‗rgatishimiz, 
to‗g‗ri yo‗lga yo‗naltirishimiz kerak. Ular o‗z oldiga o‗zi maqsad qo‗yib, unga 
erishish uchun harakat qilishi kerak. Ana shuning uchun ham o‗qituvchi bor 
mahoratini ishga solib, talabalarni individual xislatlariga maksimal darajada ta‘sir 
etib, ularni ana shu maqsadni tanlash va buning uchun o‗z kuchlarini to‗g‗ri 
yo‗naltirishlariga yordam berishi kerak.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin