Biokimyo qism



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix14.12.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#74797
  1   2   3   4   5   6   7
1 lab



 
BIOKIMYO QISM 
1 – laboratoriya mashg`uloti 
Laboratoriya mashg`ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan 
tanishtirish. 
Kafedra laboratoriyalarida ishlash xavfsizlik qoidalari 
Kafedrada olib boriladigan ishlar elektr toki, gaz, zaxarli reaktivlar, portlash 
xavfi bo`lgan uskunalar, shisha idishlar, asboblar bilan amalga oshirilganligi sababli 
maxsus qonun-qoidalarga rioya qilish talab etiladi. Ushbu qonun – qoidalarga rioya 
qilish nafaqat shaxsiy xavfsizlikni, balki atrofdagi insonlarni xavfsizligi uchun ham 
zarur. 
Qat'iy ta'qiqlanadi:
1. 
O`quv laboratoriyalarda xalatsiz ishlash. 
2. 
O`quv laboratoriyalarida chekish va ovqat iste'mol qilish. 
3. 
Stol ustiga portfel va sumkalarni qo`yish. 
Laboratoriya xonalari yoriq bo`lib, poli linolium bilan qoplangan bo`lishi 
kerak. Laboratoriya stollariga o`tkazilgan elektr ma'nbasi va gaz o`tkazgichlari 
linolium yoki plastik materiallar bilan qoplangan bo`lishi kerak.  
Kimyoviy reaktivlar bilan ishlash uchun texnika xavfsizligi yo`riqnomasi 
Xavfsiz holda ishlash va baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida quyidagi 
texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish darkor. 
1. 
Zaxarli moddalar bug`i va gaz bilan ishlash faqat mo`rili shkaflarda olib 
boriladi. 
2. 
Gaz va elektr ma'nbalarini sozligini doimiy ravishda kuzatib borish lozim. 
3. 
Yonib turgan gaz ma'nbalarini qoldirib ketish man etiladi. Faqat laboratoriya 
mashg`ulotlari vaqtidagina yoqish mumkin. 
4. 
Ish joyi toza va ozoda bo`lishi kerak. 
Zaxarli va o`yuvchi kimyoviy moddalar bilan ishlash vaqtida: 
1. 
Kislota, asoslar va formalinni quyish paytida voronkadan foydalanish, 
ko`zoynak taqish va rezina qo`lqop kiyish zarur. 
2. 
Zaxarli moddalarni shkaflarda va qutilarda saqlash mumkin emas. 
3. 
Zaxarli moddalarni butun idishlarda, ustiga nomlari yozilgan holda saqlash 
zarur. 
4. 
Zaxarli gazlarni hidlashdan ehtiyot bo`lish zarur. 
5. 
Kislotali eritma tayyorlashda kislota suvga quyilish kerak. Aksincha qilish 
man etiladi. 
6. 
Kislota, asoslar va boshqa moddalar bilan kuygan taqdirda zudlik bilan sovuq 
suvda uzoq muddat yuvib, so`ngra tibbiy bo’limga murojat qilish kerak. 
7. 
Kimyoviy kuyish vaqtida kaliy permanganatning 2% eritmasi bilan yuvib 
tashlash lozim bo`ladi. So`ngra ushbu eritmadan jaroxatlangan yuzaga marli 
yordamida kompres qilish lozim bo`ladi. 


8. 
Kislota bilan kuyish paytida natriy gidrokorbanatning 1% li eritmasi bilan
asoslar bilan kuyganda 1% li sirka kislotasi bilan yuvish kerak. Kislota yoki asos 
ko`zga tushgan taqdirda 2% li borat kislota eritmasi bilan yuvish darkor. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin