O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va matematik usullari kafedrasi elektron hukumat
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
Raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va matematik usullari kafedrasi ELEKTRON HUKUMAT
2-LABORATORIYA ISHI Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi hukumat portal. Portalning maqsad va vazifalari
SAMARQAND -2022
Toshkent davla iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali “Raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va matematik usullar” kafedrasi Fan: Elektron hukumat
“Tasdiqlayman” “Raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va matematik usullar” kafedrasi, mudiri. ______ A.Amonov
Laboratoriya mashg’ulotining PASPORTI
2-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi hukumat portal. Portalning maqsad va vazifalari Mashg’ulot rejasi: 1. Portal tushunchasi haqida ma’lumot olish
2. O‘zbekiston Respublikasi hukumat portal va uning tarkibiy qismlarini o‘rganish
I. Darsning maqsadi: www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalini va uni sahifalari vazifalarini o‘rganish va tahlil qilishdan iborat.
II. Axborot texnik va uslubiy vositalar 1. Shaxsiy kompyuterlar, internet tarmog‘i, mobil telefon, vieoproyektor.
2. Adabiyotlar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 dekabrdagi "Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 259-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 21 apreldagi "Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida"gi 116-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi "Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 378-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 15 sentyabrdagi 728-son qarori.
www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.