Portaldagi barcha rasmlar alt text deb nomlanadigan muqobil ta’rifli matn bilan ta’minlangan. Bundan tashqari barcha asosiy HTML teglar tegishli role atributi bilan ta’minlangan bo‘lib bu turli xil matn o‘quvchi brauzerlar, skrinriderlar va boshqa yordamchi texnologiyalar tomonidan tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi.
Portalda uning yuklanish vaqtini qisqartirish, xajmini kamaytirish maqsadida rasm ko‘rinishidagi fayllarni iloji boricha kam ishlatishga harakat qilingan.
Shriftlar xajmini o‘zgartirish va brauzerlar aro moslik:
Portalda brauzer orqali xajmini o‘zgartirish imkoniyati mavjud bo‘lgan shriftlar qo‘llangan. Internet Yexplorer brauzerida shrift xajmini o‘zgartirish uchun Prosmotr (Viyew) bo‘limiga kirib Razmer teksta (Text Size) bo‘limosti tanlash va eng kichik (Smallest) xajmdan to eng katta (Largest) xajimgacha istalganini tanlash mumkin. Portalda shriftlar o‘rtacha (Medium). hajmda berilgan.
Mozilla Firefox brauzerida shrift xajmini o‘zgartirish uchun Prosmotr (Viyew) > Masshtab (Zoom) bo‘limiga kirib Uvelichit (Zoom In), Umenshit (Zoom Out) yoki Uvelichit tolko tekst (Zoom Text Only) funksiyalaridan foydalanish mumkin. Matnni dastlabki xajmga qaytarish uchun Sbros (Reset) bo‘limini tanlash lozim. Ushbe portal undagi elementlar xajmini istalgan tarzda uzgartirish imkoniyatlari bilan birga yaratilgan.
Portal ushbu brauzerlarga mos kelishi bo‘yicha tekshirishlardan o‘tgan: IYe8+, Firefox 3+, Opera 9+, Safari 4+, Chrome. Shu bilan birga portalning faqat matndan tashkil topgan ko‘rinishiga ham ega bo‘lib, ushbu ko‘rinish ham zamonaviy brauzerlar hamda skrinriderlarga mos kelishi bo‘yicha tekshirishlardan o‘tgan.
Sahifalarni chop etish:
Portalning barcha sahifalarida "Chop etish" funksiyasi mavjud bo‘lib u sahifani printer orqali chop etish imkonini beradi.
Qo‘llab-quvvatlash:
Axborot hamrohi va tuzilmaviy ma’muriyatchilik - Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator – UZINFOCOMning Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan ta’minlash va rivojlantirish guruhi tomonidan amalga oshiriladi.