O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va matematik usullari kafedrasi elektron hukumat



Yüklə 7,26 Mb.
səhifə3/5
tarix27.09.2023
ölçüsü7,26 Mb.
#149892
1   2   3   4   5
2-Laboratoriya

Asosiy funksiyalari:

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot hamjihatligini ta’minlash;

  • ma’lumotlarni belgilangan formatdagi taqdimida davlat muassasalari o‘rtasida «hukumat» darajasida axborotlarni gorizontal almashinuvi;

  • ma’lumotlarning markazlashtirilgan bazasiga kirish asosida yagona axborot resurslaridan birgalikda foydalanish;

  • iqtisodiy, huquqiy, statistik, elektoral axborotlar bilan vertikal axborot almashinuvi;

  • davlat-jamiyat hamjihatligini ta’minlash;

  • davlat-fuqaro;

  • davlat-iqtisodiy munosabatlar subyektlari;

  • davlat-jamoat institutlari (siyosiy, diniy, milliy, madaniy, notijorat va hkz. tashkilotlar va birlashmalar);

  • tashqi auditoriyaga mo‘ljallangan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ko‘psonli axborot resurslariga, idoralarning «yoyilgan» serveriga kirishning yagona nuqtasini yaratish;

  • davlat institutlarining faoliyati to‘g‘risida axborotlarni taqdim etish;

  • huquqiy axborotga kirishni ta’minlash (respublika, mintaqaviy qonunchilik, vazirlik va idoralarning me’yoriy aktlari);

  • davlatda «Global axborotlashgan jamiyat»ga mos munosabatlarni bunyod etish va shakllantirishga ko‘maklashish;

  • davlat institutlarining ishlash samaradorligini oshirish;

  • idoraviy va byurokratik to‘siqlarni yengib o‘tishga ko‘maklashish;

  • davlat xizmatining obro‘si va nufuzini oshirish.

Portaldan foydalanish imkoniyatlari:

  • Ushbu portal undan foydalanish imkoniyatlarini yuqori darajada ta’minlashni hisobga olgan holda loyihalashtirilgan va ishlab chiqilgan. Bunda turli xil funksiyalar va buyruqlar, grafik belgilar va rasmlarni ishlatmagan holda, bevosita HTML/CSS texnologiyalari bilan ishlab chiqilgan.

  • Ushbu portal Butunjaxon o‘rgimchak to‘ri Konsorsiumi (W3C) tomonidan ishlab chiqilgan barcha qoidalarga to‘liq amal qilgan holda yaratilgan. Konsorsium tomonidan ishlab chiqilgan ushbu qoidalar 14 ta banddan iborat bo‘lib, ular 3 ta birlamchi guruhlarga bo‘lingan: birinchi guruh qoidalariga amal qilish majburiy, ikkinchi guruh qoidalariga amal qilish lozim, yetarli darajada standartlarga mos kelish uchun uchunchi gurux qoidalariga amal qilish tavsiya etiladi.

  • W3C qoidalariga javob berish darajasiga ko‘ra barcha saytlar toifalarga bo‘linadi. A toifasi birinchi guruh qoidalariga to‘liq javob berishni anglatadi, AA toifasi birinchi va ikkinchi guruh qoidalariga, AAA toifasi barcha guruh qoidalariga javob berishni anglatadi. Ushbu portal kamida A toifasida, va asosan AA toifasiga javob berish darajasida ishlab chiqilgan. Qo‘shimcha ma’lumotlarni "W3C foydalanish imkoniyatlari qoidalari" bo‘limida topishingiz mumkin.


Yüklə 7,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin