III. Laboratoriya ishi bajarish va topshirish tartibi: IV. Laboratoriya ishi kompyuterda bajariladi va fayl sifatida rasmiylashtirilgan mt.sbtsue.uz tizimiga tegishli havola bo‘yicha yuklanadi.
V. Laboratoriya ishi belgilangan tartibda baholanadi.
Tuzuvchi: T.I.Sultanov
2-Laboratoriya ishi Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi hukumat portal. Portalning maqsad va vazifalari
Ishdan maqsad: www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalini va uni sahifalari vazifalarini o‘rganish va tahlil qilishdan iborat. Portal bo‘limlari haqida shaxsiy fikringizni yozish(bo‘limni funksiyalarini).
Nazariy qism: Portal haqida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining Internet tarmog‘idagi rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalining tashkil etilishi va qo‘llab-quvvatlanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 iyundagi 188-son qaroriga muvofiq amalga oshirilayapti.
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali davlat organlarining, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi elektron-axborot hamkorligi infratuzilmasining tizim tashkil etuvchi elementi hisoblanadi.
Asosiy maqsadlari:
Fuqarolar va xo‘jalik subyektlariga hokimiyat va boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etiladigan axborot resurslari va xizmatlarining hajmini oshirishga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan axborot tizimini yaratish;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali maqsadli auditoriyasini zarur muassasalar bilan o‘zaro aloqa qilish jarayonlari va imkoniyatlari to‘g‘risida, fuqarolarning majburiyatlari va huquqlarining kelib chiqishi to‘g‘risida, davlat hokimiyati organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotlardan to‘liq, tezkor va foydalanishda qulayligi, davlat hokimiyati organlari va boshqaruvining rasmiy pozisiyasini aks ettiruvchi keng ko‘lamdagi axborotlar bilan ta’minlash;
Cheklangan xizmatlanishga mo‘ljallangan axborotga kiritilgan ma’lumotlardan tashqari, tegishli axborot resurslarini joylashtirish va tashkil etish yo‘li bilan fuqaro va tashkilotlarni davlat ijro hokimiyati organlarining faoliyati to‘g‘risidagi rasmiy axborotga kirishini ta’minlash;