davlat-jamoat institutlari (siyosiy, diniy, milliy, madaniy, notijorat va hkz. tashkilotlar va birlashmalar);
tashqi auditoriyaga mo‘ljallangan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ko‘psonli axborot resurslariga, idoralarning «yoyilgan» serveriga kirishning yagona nuqtasini yaratish;
davlat institutlarining faoliyati to‘g‘risida axborotlarni taqdim etish;
huquqiy axborotga kirishni ta’minlash (respublika, mintaqaviy qonunchilik, vazirlik va idoralarning me’yoriy aktlari);
davlatda «Global axborotlashgan jamiyat»ga mos munosabatlarni bunyod etish va shakllantirishga ko‘maklashish;
davlat institutlarining ishlash samaradorligini oshirish;
idoraviy va byurokratik to‘siqlarni yengib o‘tishga ko‘maklashish;
davlat xizmatining obro‘si va nufuzini oshirish.
Portaldan foydalanish imkoniyatlari:
Ushbu portal undan foydalanish imkoniyatlarini yuqori darajada ta’minlashni hisobga olgan holda loyihalashtirilgan va ishlab chiqilgan. Bunda turli xil funksiyalar va buyruqlar, grafik belgilar va rasmlarni ishlatmagan holda, bevosita HTML/CSS texnologiyalari bilan ishlab chiqilgan.
Ushbu portal Butunjaxon o‘rgimchak to‘ri Konsorsiumi (W3C) tomonidan ishlab chiqilgan barcha qoidalarga to‘liq amal qilgan holda yaratilgan. Konsorsium tomonidan ishlab chiqilgan ushbu qoidalar 14 ta banddan iborat bo‘lib, ular 3 ta birlamchi guruhlarga bo‘lingan: birinchi guruh qoidalariga amal qilish majburiy, ikkinchi guruh qoidalariga amal qilish lozim, yetarli darajada standartlarga mos kelish uchun uchunchi gurux qoidalariga amal qilish tavsiya etiladi.
W3C qoidalariga javob berish darajasiga ko‘ra barcha saytlar toifalarga bo‘linadi. A toifasi birinchi guruh qoidalariga to‘liq javob berishni anglatadi, AA toifasi birinchi va ikkinchi guruh qoidalariga, AAA toifasi barcha guruh qoidalariga javob berishni anglatadi. Ushbu portal kamida A toifasida, va asosan AA toifasiga javob berish darajasida ishlab chiqilgan. Qo‘shimcha ma’lumotlarni "W3C foydalanish imkoniyatlari qoidalari" bo‘limida topishingiz mumkin.