O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

2010-2011
2011-2012
2012-2013
2013-2014
2014-2015
2015-2016
2016-2017
davlat
odavlat
 
3.3.-rasm. Asosiy fondlarning ishga tushirilishida mulkchilik shakllarining 
taqsimlanishi 
6
 
 
Respublikada uy-joy qurilishining nodavlat sektorda, xususan yakka tartibda 
turar joy binolari qurilishining yuqori sur’atlar bilan olib borilishi natijasida 
qurilish materiallari va buyumlarini ulgurji va chakana savdo qilish bozorlarining 
yanada kengayishi va rivojlanishiga olib kelmoqda. Shuningdek, bu o’z navbatida 
aholini arzon, har tomonlama qulay va shinam uylar bilan ta’minlashda imtiyozli 
ipoteka kreditlari berilishini yanada takomillashishiga olib keladi. Agarda 
fikrimizni yanada davom ettirsak, ushbu jarayonlar uy-joy qurilishi qonunchiligi 
hamda ushbu sohadagi mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlarning yanada 
takomillashuviga olib keladi.
Oxirgi yillarda uy-joy qurilishiga kiritilgan investitsiyalar hajmi tahliliga
qaraydigan bo’lsak, uning yildan-yilga o’sayotganini ko’rish mumkin. 
Investitsiyalar hajmi 2008 yilda 880,2 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2017 
yilga kelib, ushbu ko’rsatkich 11068,8 mlrd. so’mga yetdi yoki 12,6 martaga 
6
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan. 


31 
oshgan.
7
Shu bilan birgalikda, ushbu davr oralig’ida turar joy qurilishiga kiritilgan 
investitsiyalar hajmining boshqa sohalarga nisbatan solishtirma ulushi 9,2 
-
16,2 
foiz oralig’ida bo’lib keldi.
8
Bu o’z navbatida davlatimiz tomonidan mazkur 
ijtimoiy-iqtisodiy sohaga katta e’tibor qaratilayotganidan dalolat beradi.
O’zbekistonda asosiy fondlarni ishga tushirish ko’rsatkichlari uy-joy 
qurilishi hisobiga dinamik ravishda o’sayotganini ko’rish mumkin. Agarda 2008 
yilda foydalanishga topshirilgan turar joy ob’ektlari 7290,0 ming kv.m. ni tashkil 
etgan bo’lsa, u holda 2017 yilda ushbu ko’rsatkich 11456,4 ming kv. m.
ga 
yetdi 
yoki 1,6 martaga oshdi.
9
Yuqorida 
zikr 
etilganlar 
shuni 
ta’kidlaydiki, 
hozirgi 
kunda 
mamlatkatimizning barcha hududlari, xususan viloyat, shahar va qishloqlarda
Yurtboshimiz rahnomaligida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari asosida 
yuqori sur’atlarda turar joylar, ijtimoiy va bozor infratuzilma ob’ektlari, yo’l-
transport hamda muhandislik kommunikatsiyalari barpo etilmoqda. 2018 yil 1 
yanvar holatiga respublikada uy
-
joy fondi hajmi 507,5 mln. kv.m. ga yetdi. Uning 
bir kishiga to’g’ri keladigan hajmi esa o’rtacha 15,7 kv.m. ni tashkil etadi.
10
Quyidagilar kapital qurilish tarmog’ini rivojlantirishning asosiy vazifalari va 
yo’nalishlari sifatida, xususan asosiy fondlarning ishga tushirilishi va ulardan 
samarali foydalanish, loyiha va pudrat tashkilotlari faoliyatini qo’llab-quvvatlash 
va ularning nufuzini oshirish hamda shu orqali qurilish ishlab chiqarishi 
samaradorligini ta’minlash va boshqa shu kabi o’z yechimini kutayotgan muhim 
masalalar keltirilgan:

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin