- shartnoma
kuchga
kirgandan
keyin
qurilishning
boshlanishi
buyurtmachiga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra pudratchi tomonidan bir oydan
ko’p vaqtga kechiktirilganda;
- ishlarni tugatishning shartnomada belgilangan muddati pudratchining aybi
bilan bir oydan ortiq muddatga ko’paygan holda, pudratchi tomonidan ishlarni
bajarish jadvaliga rioya etilmaganda;
- pudratchi tomonidan shartnoma shartlari qurilish me’yorlari va
qoidalarida nazarda tutilgan ishlarning sifati pasayishiga olib keladigan darajada
buzilganda.
Pudratchi quyidagi hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega:
- ishlarning bajarilishi pudratchiga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra
buyurtmachi tomonidan bir oydan ortiq muddatga to’xtatib qo’yilganda;
- buyurtmachi tomonidan moliyalashtirish shartlari bajarilmaganda.
O’zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilish, shuningdek ilgari
to’xtatib qo’yilgan ob’ektlar qurilishini davom ettirish bilan bog’liq ishlar va
xizmatlarning butun kompleksini bajarish, tovarlar xarid qilish, asbob-uskunalar
sotib olish Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi “Kapital qurilishda tanlov
savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
302-son
qaroriga
11
asosan tanlov savdolari (tenderlar) orqali amalga oshiriladi. Uni tashkil
etish va o’tkazish tartibi va shartlarini esa ushbu qaror bilan qabul qilingan
“O’zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to’g’risida
Nizom” belgilaydi.
Nizom tanlov savdolarini o’tkazishning barcha tashkiliy bosqichlarini
belgilab beradi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- umumiy qoidalar;
11
O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi “Kapital qurilishda tanlov savdolari
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi