- ob’ekt qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab bir oy
mobaynida - ishlar qiymatining kamida 45 foizi miqdorida;
- shartnomada belgilangan kafolatli muddat tamom bo’lgandan keyin -
ishlar qiymatining 5 foizigacha miqdorida, biroq moliya yili tugamasdan amalga
oshiriladi.
Pudratchi ob’ekt foydalanishga topshirilgunga qadar shartnoma bo’yicha
ob’ektga mulk huquqini o’zida saqlab qoladi. Ob’ekt buyurtmachiga
37
topshirilgunga qadar ob’ektning tasodifiy yo’q qilinishi va shikastlanishi xavfi
pudratchining zimmasida bo’ladi.
Buyurtmachi
shartnoma
bo’yicha o’z zimmasiga qabul qilgan
majburiyatlarni shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab o’ttiz kun mobaynida
bajarmagan taqdirda, pudratchi bu haqda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
buyurtmachini yozma ravishda xabardor qilgan holda, shartnomaga o’zgartirishlar
kiritish yoki shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga egadir.
Bunda buyurtmachi pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun haq to’lashdan
ozod qilinmaydi.
Buyurtmachi qurilish maydonida o’z vakilini - texnik auditorni tayinlaydi, u
buyurtmachining nomidan bajarilayotgan ishlar sifati ustidan nazoratni amalga
oshiradi, shuningdek pudratchi tomonidan foydalaniladigan materiallar va asbob-
uskunalarning shartnoma shartlariga va ish hujjatlariga muvofiqligini tekshirib
boradi.
Agar buyurtmachi ishlarning borishi va sifatidan yoki pudratchining
qaydlaridan qoniqmasa, u holda ishlarni bajarish daftarida o’z fikrini bayon qiladi.
Pudratchi daftarda buyurtmachi tomonidan asosli ravishda ko’rsatilgan
kamchiliklarni 3 kun muddatda bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rish
majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
Qurilishi tugallangan ob’ektni qabul qilib olish shartnomani imzolash
sanasida amalda bo’lgan belgilangan tartibga muvofiq mazkur shartnomada
nazarda tutilgan barcha majburiyatlar tomonlar tarafidan bajarilgandan keyin,
shuningdek qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilib olishning
belgilangan qoidalariga binoan amalga oshiriladi.
Qabul qilib olingan paytdan boshlab ob’ekt buyurtmachining mulkiga
aylanadi.
Mavjud nuqsonlar va ularni bartaraf etish muddatlari pudratchi va
buyurtmachining ikki tomonlama dalolatnomasida qayd etiladi.
Agar pudratchi bajarilgaiy investorlar sonlar va chala ishlarni, jumladan
uskunalarning kamchiliklarini dalolatnomada ko’rsatilgan muddat ichida bartaraf
38
etmasa, u holda buyurtmachi kafolat summasini pudratchidan ushlab qolish
huquqiga ega.
Buyurtmachi quyidagi hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega: