- qurilish maydoniga zarur qurilish materiallari, buyumlar, konstruktsiyalar,
asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, qurilish texnikasini yetkazib berish, ularni
qabul qilish, tushirish, omborga joylash va saqlash;
- qurilish maydoni hududida vaqtinchalik inshootlar qurish;
- buyurtmachini pudrat shartnomalari tuzilishi davomida subpudratchilar
bilan shartnomalar tuzilishi, shartnoma mavzusi, subpudratchining nomi va manzili
to’g’risida xabardor qilish;
- qurilish maydonida texnika xavfsizligi, ishlarni bajarish vaqtida atrof
muhitni, o’tqazilgan daraxtlarni va yer uchastkasini muhofaza qilish bo’yicha zarur
tadbirlar bajarilishini ta’minlash, shuningdek yoritish chiroqlari o’rnatish;
- qurilish tavakkalchiliklarini sug’urta qilish;
- mazkur shartnoma bo’yicha ob’ektni foydalanishga qabul qilib olish
to’g’risidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab bir oy muddatda qurilish
maydonini o’ziga tegishli qurilish mashinalari va asbob-uskunalari, transport
vositalari, anjomlar, priborlar, inventarlar, qurilish materiallari, buyumlar,
konstruktsiyalar hamda vaqtinchalik binolardan bo’shatish;
- qurilish maydoni qo’riqlanishini ta’minlash;
Pudratchi shartnoma bo’yicha barcha ishlarning o’z kuchlari bilan va
subpudratchilar tomonidan zarur tarzda bajarilishi hamda ob’ektning foydalanishga
tayyor holda topshirilishi uchun buyurtmachi oldida to’liq mulkiy javob beradi.
Buyurtmachining majburiyatlari asosan quyidagilardan iborat:
- shartnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda shartnomaga
muvofiq ishlarni bajarish uchun yaroqli bo’lgan qurilish maydonini ob’ekt qurilishi
va qurilish tugallangungacha bo’lgan davrda dalolatnoma bo’yicha pudratchiga
berish;