- yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondi(kapitali)da
ishtirok etish, shu jumladan mol-mulkni va aktsiyalarni sotib olish;
- O'zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli
qog'ozlar, shu jumladan qarzdorlik majburiyatlari;
- konsessiyalarni sotib olish, shu jumladan tabiiy resurslarni izlash, ishlab
chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanish bo'yicha imtiyozlar;
- mol
- mulkka bo'lgan huquqlarni, shu jumladan, savdo va xizmat ko'rsatish
ob'ektlariga mulkiy huquqlarni, turar joylar, ular joylashgan yer uchastkalari bilan
birgalikda, shuningdek yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish
huquqini (shu jumladan ijara asosida) va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish
hamda ularndan foydalanish huquqini sotib olish orqali investitsiyalarni kiritishlari
mumkin.
Qonunda investitsion faoliyatning aniq ob'ektlari sifatida moddiy va
nomoddiy boyliklar, shuningdek sub'ektlari sifatida esa investor va ishtirokchilar
belgilangan.
Investorlar buyurtmachi(omonatchi), qarz beruvchi va xaridorlarga
aylanishi, shuningdek qonunga muvofiq investitsion faoliyat ishtirokchisining
funksiyalarini bajarishi mumkin. Qonun shuningdek, investorning huquqlarini
belgilaydi: investorlar, mulk shakli va faoliyat turidan qat'iy nazar investitsion
faoliyatni amalga oshirishda teng huquqlarga egadirlar. Investor investitsion
faoliyat ishtirokchisi sifatida tanlov (tender) savdolari, yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan shartnoma asosida jalb etiladigan investitsiyalarning maqsadi,
yo'nalishi, turi va miqdorini mustaqil ravishda belgilaydi.
Qonun hujjatlariga muvofiq, investor investitsiya ob'ektlari va natijalariga
egalik qilish, foydalanish va ularni tasarruf etish, shuningdek qayta
investitsiyalashga haqli.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish: