O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 -rasm. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo'nalishlari



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

4.1. -rasm. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo'nalishlari
va vositalari 
Boshqarishning barcha darajalarida investitsion
-
qurilish loyihalarining 
iqtisodiy jihatdan asoslanganligi, shuningdek investitsion
-
qurilish jarayoni 
ishtirokchilarining faoliyati va ayni paytda mas'uliyati 
-
investitsiyalar 
samaradorligini oshirish va milliy iqtisodiyotni yuksaltirishda qurilish 
mahsulotlarining 
rolini 
oshirish 
hamda 
ilmiy
-
texnika 
taraqqiyotini 
jadallashtirishning muhim shartidir. 
 
4.3. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda investitsiya loyihalarining
roli va ahamiyati 
Investitsiya loyihasi
– bu ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish va 
mavjud ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlash maqsadida iqtisodiyotning 
Sifatni boshqarish va 
sertifikatlashtirish 
tizimlarini joriy etish 
Chiqindilarsiz va ekologik 
toza texnologiyalarni joriy 
etish 
Mahalliy 
resurslarga 
asoslangan 
innovatsion 
texnologiyalarni 
ishlab chiqarishga 
joriy etish 
Ishlab chiqarish sarf-
xarajatlarini 
kamaytirish va 
resurslarni tejash
Ishlab chiqarishni 
zamonaviy texnika 
va texnologiyalar 
bilan jihozlash 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 
assortimentini kengaytirish 
Eskirib qolgan uskunalarni 
foydalanish jarayonidan chiqarish 
Ishlab chiqarishni 
modernizatsiya 
qilish 


53 
turli tarmoq va sohalariga kapital qo’yilmalarni sarflash bo'yicha kompleks chora-
tadbirlarni nazarda tutuvchi hujjatdir. Ushbu qo’yilmalar: 
1.
Yangi qurilish; 
2.
Mavjud korxonalarni kengaytirish va rekonstruksiya qilish; 
3.
Ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va mehnat vositalariini 
modernizatsiya qilish; 
4.
Mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviy darajada saqlash uchun 
sarflanadi. 
Investitsiya loyihasini ma'lum bir ob'ektni qurish bilan bog'liq bo'lgan texnik, 
iqtisodiy, tashkiliy, konstruktiv va boshqa echimlar ko'rsatilgan qurilish 
loyihasidan ajratish kerak. Ya'ni, qurilish loyihasi 
-
bu texnik-iqtisodiy asoslash, 
tushuntirish xati, u yoki bu ob’ektni qurish bilan bog'liq bo'lgan chizmalar va 
smetalarni o'z ichiga olgan hujjatlardir. 
Masalan, tushuntirish xatida loyihaning g'oyalari va uning texnik-iqtisodiy 
ko'rsatkichlari asoslanadi. Chizmalar loyihalashtirilayotgan ob'ekt to’g’risida
tassavurni beradi va shu bo’yicha qurilish amalga oshiriladi. Smeta qurilish 
qiymatini tavsiflaydi va uning asosida esa moliyalashtirish ishlari hamda 
navbatdai pullik hisob-kitoblar amalga oshiriladi. 
Qurilish loyihasi boshqa turdagi hujjatlarni ham o'z ichiga olishi mumkin
masalan, qurilishni tashkil etish loyihasi (QTL), ishlab chiqarish loyihasi (IChL), 
materiallar, konstruktsiyalar va uskunalarni yetkazib berish jadvallari va boshqalar. 
Bir so'z bilan aytganda, qurilish loyihasi, ko’pincha usta, katta usta, qurilish 
uchastkasi va boshqarmalari boshliqlarining qo'lida ko’proq turadigan hujjatdir. 
Moliyalashtirish manbalari va qurilishga ajratilgan er maydonlari bilan 
tasdiqlangan qurilish loyihalari qancha ko'p bo'lsa, shunchalik qurilish 
buyurtmalari "portfeli" to'liq bo’ladi. 
Yana, investitsiya loyihalariga qaytamiz. Yuqorida qayd etilganlardan
tashqari investitsiya loyihalari xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, bank va 
umuman 
moliya-kredit 
tizimini 
takomillashtirish, 
mavjud 
muhandislik 
kommunikatsiyalarni 
modernizatsiya 
qilish, 
ekologiya 
va 
atrof-muhitni 


54 
sog'lomlashtirish, biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish va hokazolar maqsadida 
ham ishlab chiqilishi mumkin.
Ko'rib turganingizdek, turli darajalarda va turli maqsadlarda investitsiya 
loyihalari ishlab chiqilmoqda. Korxonalar iqtisodiyotning asosiy bo'g'ini 
bo'lganligi sababli yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, milliy daromadning "vazmini" 
ni sezilarli darajada belgilab berganligi bois aynan mana shu bo'g'in darajasidagi 
investitsiya loyihalarni ishlab chiqish strategiyasi alohida qiziqish uyg'otadi. 
Investitsiya ob'ektlari tavsifiga ko’ra turli xil bo'lishi mumkin. Kapital 
qo'yilmalarning tipik ob'ektlari bo’lib, yer, bino va uskunalarga bo’lgan xarajatlar 
hisoblanadi. Korxonaning har xil sotib olish xarajatlaridan tashqari uzoq vaqt 
davomida daromad keltiruvchi boshqa ko'plab xarajatlarni amalga oshiradi. 
Bunday xarajatlar, masalan, tadqiqotlar, mahsulotlarni takomillashtirish, uzoq 
muddatli reklama, sotish tarmoqlari, korxonalarni qayta tashkil etish va xodimlarni
o’qitishga yo'naltirilgan investitsiyalardir. 
Investitsiyalar ishlab chiqarish vositalari sohasida, ya'ni real investitsiyalar 
shaklida joylashtirilishidan tashqari, moliyaviy jihatdan ham bo'lishi mumkin va 
ular qimmatli qog'ozlarni sotib olishni anglatadi.
Investitsiya yo'nalishini tanlashning asosiy vazifasi ob'ekt uchun qo’yilgan 
mablag’larning iqtisodiy samaradorligini aniqlashdir. Har bir ob'ekt uchun alohida 
loyihani amalga oshirish tavsiya etiladi. 
Shunday qilib, quyidagilar investitsiya ob'ektlari hisoblanadi: 
1.Qurilayotgan, rekonstruktsiya yoki kengaytirilayotgan korxonalar, 
binolar, inshootlar (asosiy fondlar); 
2. Davlat va hududlar miqyosidagi dasturlar; 
3. Qimmatli qog'ozlar. 
Investitsiyalar mahsulotlarni (resurslar, xizmatlar) va uning elementlari
(bosqichlari)ni yaratishda to'liq ilmiy-texnik va ishlab chiqarish davrlarini qamrab 
olishi mumkin: ilmiy tadqiqotlar, loyiha-konstruktorlik ishlari, mavjud ishlab 
chiqarishni kengaytirish yoki rekonstruksiya qilish, yangi ishlab chiqarishni yoki 
yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, utilizatsiya va hokazo. 


55 
Investitsiya ob'ektlari quyidagilar: 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin