O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

Kapital qo'yilmalar 
yangi qurilish, kengaytirish va rekonstruksiya qilishga 
yo'naltirilgan bo’lib, u quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi: 
-
 
qurilish-montaj ishlari; 
-
 
mashina va uskunalarni sotib olish


47 
-
 
loyiha-qidiruv va boshqa ilmiy ishlanmalarga bo’lgan xarajatlar. 
Kapital qo'yilmalar tarkibida ushbu turdagi xarajatlar investitsiyalarning 
texnologik tarkibini belgilaydi. Hozirgi vaqtda iqtisodiyotni rivojlantirishga 
yo'naltirilgan kapital qo'yilmalarning umumiy hajmida quyidagi tarkibiy tuzilmalar 
yaratildi: qurilish-montaj ishlari qiymati 55
-
60 %, mashinalar va uskunalar sotib 
olish xarajatlari 35-30 %, loyiha-qidiruv ishlari esa 10 % ni tashkil etadi. 
Mulkchilik shakllari bo'yicha kapital qo'yilmalarning tuzilmasi
-
bu 
davlat, aktsiyadorlik, qo'shma, ijara va boshqa jamoaviy korxonalar boyicha
investitsiyalarni taqsimlash hisoblanadi. Bu nafaqat kapital qo'yilmalardan 
foydalanish, balki ularni shakllantirish tartibi va manbalari nuqtai nazaridan ham 
katta ahamiyatga ega. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, kapital qo'yilmalarning samarali 
tuzilmasi ularning xarajatlariga teng bo'lib, eng arzon narxlardagi foyda oladi. 
Amaliyot shuni ko'rsatadiki, kapital qo'yilmalarning samarali tuzilmasi ularning 
tejalishi hamda minimal xarajatlar orqali ko'proq foyda olishga baravardir. 
Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tuzilmasi yangi qurilish xarajatlari 
va mavjud ishlab chiqarishni rekonstruktsiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan 
qayta jihozlash o'rtasidagi nisbatni ifodalaydi. 
Bugungi kunda va kelajakda investitsion faoliyatni rivojlantirish
O'zbekistonning iqtisodiy siyosatidagi 
muhim 
yo’nalishlaridan sanaladi. 
Investitsiyalarsiz milliy iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiyotning o'sishi va aholi 
turmush darajasining yuksalishi mumkin emas. 
O'zbekiston Respublikasining "Investitsiya faoliyati to'g'risida" gi qonunida
13
investitsion faoliyat sohasidagi, ayniqsa xorijiy investorlar huquqlarini himoya 
qilish bo'yicha kafolat va choralar to’g’risidagi qonunchilik hamda O'zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan xorijiy 
investitsiyalarni amalga oshirish munosabatlarining xususiyatlarini aks ettiradi. 
Ushbu qonunga muvofiq, sarmoyador(investor)lar:
13
O'zbekiston Respublikasining 2014 yil 9-dekabrdagi "Investitsiya faoliyati to'g'risida" gi O’RQ-380-son qonuni 
(yangi tahrirdagi). http://lex.uz/docs/2513898 


48 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin