O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

 
Nazorat uchun savollar 
1. Qurilish tarmog’ining milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyatini 
tushuntirib bering. 
2. Qurilish mahsulotini nimalar tashkil qiladi? 
3. Qurilish tarmog’ining texnik-iqtisodiy xususiyatlari nimalardan iborat? 
4. Asosiy fondlarni yaratishdan tashqari, kapital qurilish funktsiyalariga yana 
nimalar kiradi?
5. Kapital qurilishda investitsiya jarayonining asosiy ishtirokchilari kimlar? 
6. Qurilishning tashkiliy shakllarini tushuntirib bering. 
7. Qurilish tarmog’i moddiy-texnika bazasining hozirgi holati va uning 
taraqqiyot istiqbollari to’g’risida gapirib bering. 
8. Qurilishning umumiy xususiyatlariga nimlar kiradi? 
9. Qurilishning pudrat va xo’jlik usullarini tushuntirib bering. 
10. Qurilishning moddiy
-
texnik bazasini optimal rivojlantirish-ning asosiy 
omillari nimalardan iborat?


25 
III BOB. KAPITAL QURILISHDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI 
CHUQURLASHTIRISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI VA 
MUAMMOLARI 
 
3.1. O’zbekistonda qurilish tarmog’ini rivojlantirishning asosiy 
yo’nalishlari va muammolari 
 
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab to hozirgi davrga qadar qurilish 
tarmog’ida ham boshqa tarmoqlar qatori keng va chuqur miqyosdagi islohotlar 
olib borilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning 
2003 yil 6 maydagi “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada 
chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari to’g’risida”gi PF-3240-sonli farmoniga
muvofiq tarmoqda keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Mazkur farmon bilan 
sohada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ustuvor yo’nalishlari belgilab 
berilgandi.
Ta’kidlash joizki, oxirgi yillarda kapital qurilish tarmog’iga qaratilayotgan 
alohida e’tibor natijasida tarmoqda sezilarli darajadagi yutuqlar qo’lga 
kiritilmoqda. Shu boisdan, shahar va qishloqlarning me’moriy qiyofasi tubdan 
o’zgarishi, urbanizatsiya jarayoni jadallashuvi munosabati bilan aholining uy-joy 
va ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilashga alohida urg’u berilib, yildan-yilga turar 
joy binolari va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari qurilishi sur’ati yuksalmoqda, 
shuningdek kichik sanoat zonalari va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo 
etishga qaratilgan ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilda 7 fevraldagi 
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi 
to’g’risida”gi PF-4947-son farmonining qabul qilinishi islohotlarni mutlaq yangi 
bosqichga olib chiqdi. Mazkur farmonga muvofiq “2017-2021 yillarda 
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha 
Harakatlar strategiyasi” qabul qilinib, unga binoan aholi turmush darajasini 
oshirish, ularning farovon hayot kechirishini ta’minlash, shuningdek aholini arzon, 


26 
shinam va har tomonlama qulay uy-joy bilan ta’minlash, bozor va ijtimoiy 
infratuzilmalarning 
rivojlanishi, 
iqtisodiyotning 
yetakchi 
tarmoqlarini 
modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, xususan qurilish 
tarmog’ini yanada rivojlantirish kabi muhim vazifalarning amalga oshirilishi 
yuzasidan kompleks chora-tadbirlar hamda sohaga oid bir qancha “Yo’l xarita”lari 
ishlab chiqildi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 fevraldagi “Iqtisodiyot 
bazaviy tarmoqlaridagi loyiha ishlarini hamda muhandis-loyihachilarni tayyorlash 
tizimini yanada takomillashtirish chora

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin