24
tomonidan emas, balki zarur hollarda davlat tomonidan qo’llab-quvvatlangan holda
ko’proq qurilish tashkilotlari va korxonalari tomonidan hal qilinmoqda.
Qurilish industriyasi korxonalari va tashkilotlari o’zlarining moddiy-texnika
bazalarini rivojlantirish orqali o’z ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlabgina
qolmay, balki raqobatli muhitda o’z iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydilar hamda
faoliyatlari hayot tsikllarini o’zaytiradilar. Bunda moddiy-texnika bazani
rivojlantirish ishlab chiqarishning faqatgina texnik yoki moddiy ta’minotidagi
absolyut o’sishidan yoki iqtisodchilarning iborasi bilan aytganda, ishlab
chiqarishning fond bilan ta’minlanganligi oshishidan iborat bo’lib qolmay, balki
uning ustuvorlik tamoyillari asosida, maksimal samaradorlikni ta’minlash tamoyili
asosida amalga oshiriladi. Gap shundaki, bozor munosabatlari sharoitida korxona
resurslarning har bir turi oldin rejalashtiriladigan iqtisodiyot sharoitidagi kabi
Davlat rejalashtirish qo’mitasining yoki ta’minot qo’mitasining buyrug’i asosida
emas, balki xususiy mablag’lar hisobiga erishiladi.
Dostları ilə paylaş: