O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

Xo’jalik usulida -
ob’ektlar qurilishi yoki qurilish-montaj, ta’mirlash-
qurilish ishlari xo’jalk sub’ektlarining - korxonalar, tashkilotlar, institutlar va shu 
kabilarning kuch va mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi. Korxonalarni qayta 
ta’mirlash va kengaytirish, kichikroq qurilish ob’ektlari, hududlar va xonalarni 
obodonlashtirish, ta’mirlash ishlari ko’pincha shu usulda olib boriladi. 


21 
Ob’ektlarni “tayyor holda topshirish” da 
buyurtmachining funktsiyalari 
bosh pudratchiga berilib, u qurilishni boshidan boshlaydi va ob’ektni 
buyurtmachiga uzil-kesil tugallangan holatda topshiradi. Qurilishning bunday usuli 
uy
-
joy qurilishida juda keng tarqalgan. 
Tanlovlar
-
iqtisodiyotda nisbatan yangi hodisa bo’lib, bunda buyurtmachi 
biror ob’ektni qurish yoki loyihalash, asbob-uskunalar yetkazib berish bo’yicha 
tanlov e’lon qilayotganligini ochiq yoki yopiq shaklda xabardor qiladi va 
hohlovchilarni shu tanlovda ishtiroq etishga taklif qiladi. Bunda maxsus hujjat 
tayyorlanadi va unda tanlovning asosiy g’oyasi, uning tijoriy va boshqa shartlari 
ko’rsatiladi. Bunday hujjatlar majmuasi “tender” deb ataladi. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan shakllardan tashqari, qurilishning ijtimoiy 
mehnat taqsimoti nuqtai nazaridan ixtisoslashuv, kontsentratsiya, kooperatsiya 
kabi tashkiliy shakllari mavjud. Shuni ham aytib o’tish kerakki, bu shakllar faqat 
qurilishda emas, balki xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarida, avvalo sanoatda 
ham qo’llaniladi. Amaliyotdan ma’lum bo’lishicha, bu shakllarni mohirlik bilan 
qo’llash orqali ishlab chiqarish va kapital qo’yilmalarda yuqori samaradorlikka 
erishish mumkin. Masalan, agar ixtisoslashuv va kooperatsiya harajatlarning 
kamayishiga, mahsulot sifatining yaxshilanishiga imkon bersa, kontsentatsiya va 
kombinirlash - xom ashyo va materiallardan kompleks foydalanishga hamda 
qurilish sohasida fan-texnika taraqqiyoti ko’lamining yanada kengayishiga olib 
keladi. 
Qurilish moddiy ishlab chiqarish tarmog’i sifatida faqat mahsulot ishlab 
chiqaribgina qolmay, balki buning uchun u yoki bu turdagi resurslarni iste’mol 
qiladi yoki foydalanadi ham. Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, qurilish materiallari 
sanoati mahsulotlarining 80 foizi, yog’och materiallarining taxminan yarmi, metall 
prokatining 20 foizdan ko’prog’i, mashinasozlik sanoati mahsulotlarining 10 
foizdan ko’proq qismi qurilishda foydalaniladi. Qurilish harajatlari tarkibida 
transport sarf-harajatlarining qiymati 20
-
25 foizni tashkil qiladi. Boshqacha qilib 
aytganda, qurilishga xalq xo’jaligi tarmoqlarining deyarli barchasi xizmat 
ko’rsatadi. 


22 
Qurilishning moddiy
-
texnik bazasini rivojlantirishda qurilish materiallari 
sanoati alohida o’rin tutadi. Bu tarmoqdagi korxonalar tsement, ohak, gips, g’isht, 
shisha, qoplama va issiqlik o’tkazmaydigan materiallar, turli to’ldirmalar ishlab 
chiqaradi.
Kapital qurilishda ayrim turdagi materiallar iste’molining solishtirma ulushi 
juda kattadir. Masalan, taxminan 80 foiz tsement, deraza oynasi – 50 foiz, yog’och 
materiallar 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin