O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

-
 
mehnatni ancha chuqurlashgan holda turlarga ajratish va shu asosda 
ishchilarning saviyasi va mohirligini oshirish; 
-
 
qurilishda ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlarni tashkil etishni 
takomillashtirish, ishlarni bajarishda mexanizatsiyalash darajasini oshirish, qurilish 
texnikasidan foydalanishni yanada yaxshilash uchun zarur bo’lgan barcha 
sharoitlarni yaratish; 
-
 
qurilish-montaj ishlari muddatini qisqartish, sifatini oshirish va tannarxini 
pasaytirish. 
Biroq shuni hisobga olish zarurki, tarmoqli va ayniqsa texnologik 
ixtisoslashtirish qurilish va montaj ishlarining hajmi profil bo’yicha yetarli bo’lgan 
taqdirdagina ancha samarador bo’ladi. Faqat shunday sharoitdagina qurilish 
tashkilotlari va korxonalari turg’un faoliyat yuritish, yuqori mehnat unumdorligi va 
tegishli ixtisoslashgan jihozlardan hamda mexanizatsiya vositalaridan to’liq 
foydalanishga erishishi mumkin. 
5.3. Qurilish ishlab chiqarishi kooperatsiyasi 
 
Ixtisoslashtirishni 
rivojlantirish 
va 
chuqurlashtirish 
bilan 
kooperatsiyalashtirish yanada yuqori darajada kengayadi va chuqurlasha boradi. 
Kooperatsiyalashtirish
 
– bu ma’lum bir mahsulotlarni birgalikda 
tayyorlardigan korxonalar va tashkilotlar o’rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari 
shakllaridan biridir. 
Huquqiy 
davlat 
sharoitlarida 
kooperatsiyalashtirish 
o’zaroaloqador 
tashkilotlar va korxonalar hamda tegishli ishlab chiqarish kollektivlari asl 
mohiyatini 
to’liq 
aks 
ettiradi. 
Kontsentratsiya, 
ixtisoslashtirish 
va 
kombinatsiyalashtirishning o’sishi bilan bir qatorda kooperatsiyalashtirishning 
rivojlanishi ishlab chiqarishni umumlashtirish jarayonini kuchaytirish haqida 
guvohlik beradi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar o’rtasidagi aloqalar raqobatli 
xarakterga ega bo’ladi. Bir tomondan ular manfaatlar umumiyligining 


66 
chuqurlashuvini aks ettiradi, shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish kuchlarining 
rivojlanishi foydani yanada oshirish maqsadida raqobatning o’sishiga olib keladi. 
Ixtisoslashtirishning o’sishi tashkilotlar va korxonalarning ishlab chiqarish 
aloqalari nafaqat kooperatsiyalashtirish shaklida kengaytirishni, balki moddiy-
texnik ta’minot shaklida ham kengaytirishni oldinga suradi. Kooperatsiyalashtirish 
ma’lum maqsadga mo’ljallangan mahsulotlar bo’yicha korxonalar va tashkilotlar 
orasidagi ishlab chiqarish aloqalarini qamrab oladi. Ta’minot bo’yicha aloqadorlik 
(ta’minlash bo’yicha aloqalar) kooperatsiyalashtirish aloqalaridan farqli o’laroq 
hamma ishlab chiqarish aloqalarini ya’ni barcha materiallar, konstruktsiyalar, 
jihozlar, yoqilg’i, energiya va umuman iste’molchi foydalanadigan barcha 
narsalarni yetkazib berishni qamrab oladi. Kooperatsiyalash – bu ishlab chiqarish 
bo’yicha korxonalar aloqalarining ancha murakkab bo’lgan shakli bo’lib, uni 
shakllantirish uchun birinchi navbatda ta’minot aloqalaridan ham muhimroq 
bo’lgan yuqori darajadagi rejalashtirish va tashkil etish ancha zarur bo’ladi. 
Qurilishda kooperatsiyalash deganda xo’jalik jihatdan mustaqil bo’lgan, 
investitsion jarayonlarda ishtirok etadigan tashkilotlar va korxonalar o’rtasidagi 
tashkiliy jihatdan mustahkam bo’lgan ishlab chiqarish aloqalari tushuniladi. 
Amaliyotda bunday aloqadorlik yoki bog’liklik tashkilotlar va korxonalar 
tomonidan qurilish ob’ektlarini bevosita qurish bo’yicha bajariladigan ishlarni 
birgalikda bajarish, shuningdek, jihozlar, materiallarni birgalikda yetkazib berish 
va birgalikda xizmatlar ko’rsatishni amalga oshirish bilan o’zining ifodasini topadi. 
Qurilishda kooperatsiyaning zarur bo’lishi korxonalar yoki ob’ektlarni 
tiklash uchun turli ishlab chiqarish jarayonlarining ko’p sonliligi, qurilishda ishlab 
chiqarishning texnologik va tashkiliy jihatdan murakkabligi va umuman butun 
investitsion jarayon bilan izohlanadi. Shuning uchun ob’ektlarni qurishda ko’p 
sonli tashkilotlar va korxonalar ishtirok etadi. Ko’p tashkilotlar – ob’ektlarni 
tiklashda ishtirok etuvchilarning bir vaqtning o’zida qurilish maydonida ish 
bajarishi hamda ularning texnologik va tashkiliy jihatdan puxta kelishuv asosida 
ish yuritishnini talab etadi. Shu sababli qurilishda ishlab chiqarishni 
kooperatsiyalash buyurtmachi, bosh pudratchi va subpudratchi hamda boshqa 


67 
tashkilotlar o’rtasida ishlab chiqarish-xo’jalik hamkorligini yaratish asosida olib 
boriladi. 
Qurilishda tashkil etuvchanlik roli bosh pudratchiga tegishli bo’lib, qurilish 
ishlab chiqarishida ishtirok etadigan barcha ishtirokchilarning ishlarini 
koordinatsiyalash bosh pudratchi tomonidan amalga oshiriladi. Bosh pudratchi 
subpudratchi tashkilotlarning xo’jalik faoliyatiga aralashmasdan turib, yillik va 
operativ rejalar, ishlarni ishlab chiqish grafigi, boshqarishning avtomatik sistemasi 
asosida tegishli qurilish va montaj ishlarining bajarilish muddatini va kerma-
ketligini tartiblashtiradi. 
Ishlarning kelishuvga muvofiq va o’z muddatida bajarilishiga shuningdek
qurilish ishtirokchilari va jihozlar hamda materiallarni yetkazib beruvchi 
tashkilotlar o’rtasida shartlashilgan tartib – intizomni kuchaytirish, hamda o’z 
vaqtida va sifatli bajarilgan ishlarni iqtisodiy jihatdan rag’batlantirish yuli bilan 
ham erishiladi. 
Qurilishda kooperatsiyaning darajasi qurilish jarayonining uzluksizligi va 
ritmikligi hamda qurilish - montaj ishlarini bajaruvchi tashkilotlarning mavjud 
bo’lgan ishlab chiqarish quvvatidan to’liq foydalanishi, ularning moddiy
-
texnika 
bazasi va mehnat resurslari bilan baholanadi. 
Kooperatsiyaning eng yuqori darajasiga kombinatsiyalash jarayonini 
jadallashtirish va birlashmalarni yaratish hisobiga erishiladi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin