O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

-
 
to’xtab qolishlar yoki sustkashliklarni ancha pasaytiradi yoki batomom 
bartaraf etadi va vertikal integratsiyada zahiralarni samarali taqsimlaydi; 
-
 
ishlab chiqarishdagi to’xtashlarni qisqartiradi, operatsiyalar ko’lami, 
moliyaviy resurslarni gorizontal integratsiya bo’yicha taqsimlashda mobillikni 
kengaytiradi; 
-
 
ishlab chiqarishning diversifikatsiya qilinishi kon’yukturaning noxush 
tebranishlarini pasaytirishga olib keladi; 
-
 
yangi turdagi mahsulotlar o’ylab topilishi va ularni ishlab chiqarishni 
yo’lga qo’yish natijasida bu masulotlar sotilishi bo’yicha ijobiy ko’rsatkichlarga 
erishish imkoniyati yaratiladi. 
Biroq shuni unutmaslik kerakki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning 
birlashishi bir qancha kamchiliklarga ham egadir, bu kamchiliklar quyidagilardan 
iborat: 
-
 
monopolizmning yuzaga kelish ehtimoli bor; 
-
 
boshqarish funktsiyalarida byurokratizm va suistimollika yo’l qo’yilishi 
mumkin; 
-
 
rentabelsiz korxonalarni yashirin ravishda qo’llab – quvvatlash ehtimoli 
bo’lishi mumkin; 
-
 
vakillik va bajaruvchi hokimiyat organlarida lobirovkaga yo’l qo’yilish 
ehtimoli ham bo’lishi mumkin. 
Bozor munosabatlari sharoitida qurilish sohasida boshqaruvning tashkiliy 
tuzilmalarini takomillashtirish quruvchilar oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishni 
ta’minlaydigan ishlab chiqarish munosabatlarining o’zgarishiga olib keladi
munosabatlarning bunday o’zgarishi bozor talablaridan kelib chiqadi. Ulardan eng 
asosiylari: barcha resurslardan oqilona foydalanishni yo’ga qo’yish, investitsiyani 
kontsentratsiyalash, kredit beruvchi, ishlab chiqaruvchi va savdo tashkilotlarini 
bitta tuzilmaga birlashtirish. 
Ko’p sohali va kooperativ birlashmalar asosan xoldinglar va moliya – sanoat 
guruhlarida o’z aksini topgan. Hozirgi vaqtda bunday tuzilmalar ko’plab tashkil 
etilgan va faoliyat yuritiyapti, ular muassislik hujjatlariga asosan aktsionerlik 


73 
jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, to’liq turdagi o’rtoqlik jamiyatlari 
deb hisoblanadi, haqiqatda esa ular xoldinglar yoki moliya
-
sanoat guruhlaridir. 
Yuridik shaxslar birlashmalarining ma’lum bo’lgan barcha tashkiliy 
shakllari ichida xoldinglar o’zining tarqalishi bo’yicha chegaralangandir. Rasmiy 
hujjatlar qatoriga xoldinglar tashkil etilishiga yo’l qo’yilmaydigan xalq xo’jaligi 
tarmoqlarining ro’yxatlari ilova qilinadi. SHunindek, xoldinglar tarkibiga 
xususiylashtirilishi chegaralangan korxonalarning ham kirishi mumkin emas. 
Ularning tashkil etilishi va faoliyati davlat tomonidan nazorat qilinadi. Xoldinglar 
uchun xolding chegarasidan tashqaridagi ichki bozorda narxlarni tartiblash va 
korxonalar mahsulotlari (ish va xizmatlari)ni sotishni tashkil etish bo’yicha 
cheklanishlar kiritilgan ya’ni bir so’z bilan aytganda ta’qiqlangan. Lekin xoldinglar 
ixtiyoriy asosda ham hosil qilina boshlandi. Ular aktsiyalar paketlari sotib 
olingandan so’ng va aktsiyalarni sotishning ikkinchi bozorida sotilgandan keyin 
tarqatilishida ham tashkil etilishi mumkin.
Xoldingning asosiy tashkiliy
-
huquqiy shakli bu ochiq turdagi aktsionerlik 
jamiyatidir. 
Xoldinglarni 
yaratishda 
aktsionerlik 
jamiyatlari 
uchun 
kiritilgan 
chegaranishlarni hisobga olish taqoza etiladi. Masalan, aktsionerlik jamiyatini 
xususiylashtirish jarayonida hosil qilingan aktsiyalarni ustav kapitaliga kiritishga 
yo’l qo’yilmaydi. Shunindek, sho’ba korxonalari xodimlari xoldingning ustavli 
kapitaliga aktsiyalarni kiritishlari aniqlangan. Bu aktsiyalar o’rniga ushbu 
xodimlarga xolding kompaniyasining aktsiyalari beriladi. Lekin xolding 
aktsiyalarini yuridik va jismoniy shaxslarga taqsimlashda chegaranishlar mavjud 
emas. 
Qurilish tashkilotlarining xolding kompaniyalarida ishtirok etishida ular 
qurilish ishlarini bajarishda buyurtmalar olish bo’yicha katta imkoniyatlarga ega 
bo’ladilar. Ayniqsa shunisi muhimki, xoldinglar investitsion resurslarni 
kontsentratsiyalash muammosini muvaffaqiyatli yechadilar, bu muammoni ular 
nafaqat xususiy kapitalni mobillashtirish evaziga, balki ularni almashtirish 


74 
bo’yicha mavjud bo’lgan katta imkoniyatlardan foydalanish hisobiga ham 
yechadilar. 
Shular bilan bir bir qatorda, qurilish tashkilotlari uchun xolding 
kompaniyalarida ko’p sohali va kooperativ tuzilmalar yaratilishida yuzaga 
keladigan tendentsiyalarni ham hisobga olishlari lozim bo’ladi. Hozirgi vaqtda 
moliya

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin