O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


- iqtisodiy jihatdan asoslashni ishlab chiqishga kirishadi. Investitsiyalarni  texnik -



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

-
iqtisodiy jihatdan asoslashni ishlab chiqishga kirishadi. Investitsiyalarni 
texnik
-
iqtisodiy jihatdan asoslash xo’jalikning zarur ekanligi, investitsiyalarning 
texnik imkoniyatlari, tijorat, iqtisodiy va ijtimoiy nuqtai
-
nazardan maqsadga 
muvofiqligi haqida qaror qabul qilish maqsadida olib boriladi. 
Qurilish investitsiyalari
 
texnik-iqtisodiy asosi (TIA)
 
muhim hujjat 
hisoblanadi, uning asosida qurilishi ko’zda tutilayotgan ob’ektni qurish va texnik 
loyihani ishlab chiqish uchun printsipial qarorlar qabul qilinadi. 
Investitsiyalar TIAni ishlab chiqishda marketing, talab va ehtiyojga oid 
bo’lgan savollar bo’yicha narx, inflyatsiya, ishbilarmonlik faolligini hisobga olgan 
holda ancha chuqur izlanishlar olib boriladi, shuningdek, bozor kon’yunkturasini 
oldindan tahlil va bashorat qilish asosida mahsulotlarni sotish siyosati ancha puxta 
asoslab beriladi, mahsulotlar savdo-sotig’ini rag’batlantirish bo’yicha chora – 
tadbirlar ishlab chiqiladi, tashqi bozor uchun ham shu xuddi shunday ishlar amalga 
oshiriladi va h.k. Shu bilan bir qatorda, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlar 
texnologiyasi ham ancha chuqur asoslab beriladi, bo’lajak korxonaning resurslar 
bilan ta’minlanishi yuqori darajadagi puxtalik bilan tahlil qilinadi. 
Investitsiyalar TIA tarkibiga qurilish ob’ektining joylashish o’rnini 
asoslashga doir ma’lumotlar: transport kommunikatsiyalari, injenerlik tarmoqlari, 
ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura ob’ektlari, mahsulotlarni sotish 
bozorining mavjudligi kiradi. Bu bo’lim hajmiy - rejaviy va konstruktiv savollar 
bo’yicha printsipial yechimlar: qurilishning muddati va ketma-ketligi, qurilishni 


85 
tashkil etish hamda uning texnologiyasi bo’yicha umumiy holatlar, energiya gaz 
ta’minoti yechimlarini o’z ichiga oladi. Atrofdagi tabiiy muhitga ko’rsatiladigan 
ta’sir xarakteri baholanadi, mehnat va moddiy-texnik resurslarga bo’lgan 
ehtiyojlar, asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar va investitsiyalarning smaradorligi 
aniqlanadi, buyurtmachi tomonidan mamlakatda va xorijda qurilgan ob’ektlarning 
ularga o’xshash bo’lgan ob’ektlarga nisbatan texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari 
qiyoslangan holda tahlil qilinadi. 
Investitsiyalar TIAni ishlab chiqishda, qoidaga ko’ra, qurilish ob’ektining 
bir nechta variantlari ko’rib chiqiladi. Har bir variant bo’yicha narxning eng yirik 
ko’rsatkichlari bo’yicha kapital mablag’lar hajmi (K), mahsulotning tannarxi (T), 
solmishtirma kapital mablag’lar, xom – ashyolar, yoqilg’i, elektroenergiyaning 
solishtirma sarfi, ishlayotgan ishchi – xodimlarning soni, mehnat unumdorligi 
aniqlanadi. 
Investitsiyalar TIA bo’limlarining nomlari biznes

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin