O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

Loyihalash topshirig’ini
 
buyurtmachi loyihalash tashkiloti ishtirokida 
tasdiqlangan TIA asosida tuzadi. Sanoat ob’ektini loyihalash uchun taqdim etilgan 
topshiriq qurilish rayoni, punkti va maydoni, mahsulotning tavsifi, uning 
nomenklaturasi va ishlab chiqarish quvvati, texnologik jarayonlar va jihozlarga 
asoslangan ixtisoslashtirish hamda koopiratsiyalash, xom – ashyolar, suv, yoqilg’i, 
gaz va elektrenergiya bilan ta’minlaydigan manbalar, oqava suvlarni tozalash va 
oqizib yuborish sharoitlari, tayyor mahsulotlarni iste’mol qiladigan rayonlar, 
qurilish mudduti va quvvatlarni ishga tushirish ketma – ketligi, kapital 
mablag’larning taxminiy miqdori, yashash – fuqaro qurilishining hajmi va uni 
joylashtirish to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. 
Muhandislik-qidiruv ishlari
ob’ektni qurishda va uni ekspluatatsiya 
qilishda texnik jihatdan to’g’ri hamda iqtisodiy asosolangan loyihaviy yechimlarni 
qabul qilish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni olish maqsadida olib boriladi. 
Injenerlik qidiruv ishlari ikkita: iqtisodiy va texnik tadqiqotlar qismlariga 
bo’linadi. Injenerlik qidiruv ishlarining iqtisodiy qismi investitsiyalarning TIA ni 
ishlab chiqish va biznes-reja tuzish vaqtida olib boriladi. Lekin bu izlanishlarning 
ma’lum qismidan loyihash jarayonida ham foydalaniladi. Iqtisodiy izlanishlar 
vazifasiga quyidagilar: ishlab turgan korxonalarning mavjudligi, ular tomonidan 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, xom
-
ashyo manbalari, yoqilg’i
-
energiya 
resurslari, turli vazifalarni bajarishga mo’ljallangan injenerlik tarmoqlari, temir va 
avtomobil yo’llari, suvning ulanish yo’llari, mehnat resurslari va yashash maydoni, 
xom ashyo bazasini rivojlantirish, yer fondining holati haqidagi malumotlarni 
to’plash kiradi. 
Texnik tadqiqotlar yoki izlanishlar jarayonida bajariladigan ishlar 
kompleksiga topografik – geodezik ishlar, injener – geologik, gidrogeologik va 
gidrologik, iqlimiy, tuproq – va geobotanik, sanitar - gigienik tadqiqotlar, 
qurilishni tashkil etish loyihasini ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni 


88 
to’plash kiradi. Tadqiqotlarning to’liq va sifatli bajarilganligi loyihada qabul 
qilingan yechimlarning to’g’riligi va maqsadga muvofiq ekanligini aniqlab beradi. 
Loyihalash ikkita bosqich – texnik loyiha va ishchi chizmalar yoki bitta 
bosqich – texnik-ishchi loyiha orqali amalga oshirilishi mumkin. 
Ikkita bosqichda murakkab sanoat ob’ektlari, shuningdek, shaharlarda 
quriladigan, bosh rejaga ega bo’lmagan turar joy ob’ektlari loyihalanadi. Boshqa 
barcha ob’ektlar bitta bosqichda loyihalanadi. 
Texnik loyiha quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: 
1) umumiy tushuntirish matni; 
2) bosh reja va transport; 
3) texnologik yechimlar; 
4) ishlab chiqarish va korxonani boshqarish hamda ishchi va xizmatchilar 
uchun sharoitlar yaratish va ular mehnatini muhofaza qilishni tashkil etish; 
5) arxitekturaviy – qurilish yechimlari; 
6) injenerlik jihozlari, tarmoqlar va tizimlar; 
7) qurilishni tashkil etish; 
8) atrof - muhitni muhofaza qilish; 
9) fuqarolarni himoyalash bo’yicha injener – texnik tadbirlar; 
10) smeta hujjatlari; 
11) investitsiyalarning samaradorligi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin