O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

 
9.4. Mehnat unumdorligini baholash 
 
Ma’lumki, iqtisodiy o’sish ikkita usul: ma’lum vaqt davomida real yalpi 
milliy mahsulotlar ishlab chiqarilishining (YaMMI) oshishi yoki sof milliy 
mahsulotlar ishlab chiqarish (SMMI) sifatida va mal’um vaqt ichida YaMMI yoki 
SMMI ni aholi jon boshiga nisbatan oshirish sifatida aniqlanadi va o’lchanadi. 


139 
O’z navbatida real YaMMI mehnat sarflari (kishi-soat)ning mehnat 
unumdorligiga (bitta ishchi
-
xodimning real soatdagi ish unumi) ko’paytmasi 
sifatida aniqlanadi, ya’ni : 
YaMMI = bajarilgan kishi-soat miqdori x mehnat unumdorligi
Shunday qilib, mehnat unumdorligi darajasini oshirish va YaMMI ni 
kengaytirish o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri (proportsional) bog’liq mavjud, dekmak 
iqtisodiy o’sishda ham xuddi shunday bog’liqning borligiga izoh berish joiz emas. 
Real YaMMI ning o’sishida mehnat unumdorligi omilining ahamiyatini 
aniqlash zarurdir. Xorijdagi va mamlakatimizdagi mutaxassislarning baholashiga 
ko’ra YaMMI o’sishining asosiy omili – bu mehnat unumdorligidir. 
Real YaMMIning o’sishiga ta’sir ko’rsatadigan omillar: 
1. Mehnat sarflarni oshirish; 
2. Mehnat unumdorligini oshirish: 

texnik taraqqiyot; 
-
kapital sarfi;
-
ma’lumot berish va kasbga tayyorlash;
-
ishlab chiqarish ko’lami kengayishi bo’yicha;
-
resurslarni taqsimlashning yaxshilanishi. 
Har qanday ob’ektni qurishda o’nlab, yirik inshootlarni qurishda esa yuzlab 
ilmiy-tekshirish, loyiha
-
qidiruv, qurilish-montaj tashkilotlari hamda asosiy 
texnologik jihozlarni tayyorlovchi zavodlar, qurilish-montaj jihozlarini va qurilish 
materiallarini yetkazib beruvchilar, banklar va iqtisodning boshqa sub’ektlari 
ishtirok etadilar. Faqat qurilishda ishtirok etuvchilarning hamjihatlikda bajaradigan 
ishlari-qurilish tashkilotining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishining garovi bo’lishi 
mumkin.
Boshqaruvning asosiy va birlamchi bug’inlaridagi rahbarlik qiluvchi 
xodimlar (korxona, brigada mavqieda) bozor munosabatlarini tadbiq etishning 
dastlabki vaqtidagi yangi sharoitlarda ishlab chiqarishni boshqarishni uddalay 
olishmaydi va bunga qodir ham emasdilar. Ular ilgari noma’lum bo’lgan hamda 
moddiy-texnik ta’minot, maxsulotlarning savdo-sotig’i va ularni ayriboshlash bilan 


140 
bog’liq bo’lgan ko’plab murakkab muammolarni yechishlari lozim edi. 
Xususiylashtirilgan korxonalarga o’zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga 
o’zlari narx qo’yish, personal(xodim)larning sonini aniqlash, maoshni belgilash 
kabi imkoniyatlarni beradi.
Hozirgi kunga kelib, boshqaruv xodimlari zamonaviy bilim va ko’nikma,
shuningdek ma’lum bir tajribaga ega bo’lishlari orqali qurilish korxona va 
tashkilotlarida yuqori darajadagi boshqaruvni ta’minlashga erishilmoqda.
Rivojlangan hozirgi bozor munosabatlari sharoitida mehnat unumdorligini 
oshirishning iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, 
shu bilan birgalikda ularning axborot, moliyaviy va malakali mutaxassislar bilan 
ta’minlanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mazkur chora
-
tadbirlarni amalga oshirish ahamiyatli tarzdagi moddiy 
sarflar(mablag’lar)ni talab etadi, lekin ushbu mablag’larsiz iqtisodiy holatni 
barqarorlashtirishning ham hech iloji yo’q. 
Makroiqtisodiy sharoitning qulayligi, sohada iqtisodiy o’sishning tez 
sur’atlarda oshib borishi, YaIM barqaror o’sish sur’atlari ta’minlangan sharoitda, 
soha bo’yicha umumiy daromadlarni tarkibiy jihatdan yanada oshirish 
imkoniyatini beradi. 
Shuning bilan birgalikda sohada band bo’lgan ishchi-xodimlar daromadlari 
bilan bir qatorda, korxona va boshqa xo’jalik sub’ektlari daromadlari pirovard 
natijada aholi turmush darajasiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Korxonalarning 
daromadlari oxir-oqibatda uning faoliyatini kengaytirish, yangi ish o’rinlarini 
yaratish, mehnat sharoitlari va mahsulot sifatini yaxshilash, korxonaning ichki va 
tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish, uning moliyaviy ahvolini 
mustahkamlash, shuningdek aholining bandligi va turmush darajasiga daxldor 
bo’lgan muammolarni ham hal etish uchun xizmat qiladi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin