O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Qurilishning tashkiliy shakllari, moddiy-texnika bazasi va uning



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

 
2.3. Qurilishning tashkiliy shakllari, moddiy-texnika bazasi va uning 
rivojlanish istiqbollari 
Kapital qurilishda investitsiya jarayonining asosiy ishtiroqchilari sifatida 
odatda bajaradigan vazifalariga ko’ra investor, buyurtmachi, quruvchi, pudratchi 
va loyihalovchilar ishtirok etadilar. 
Sarmoyador(investor)
-
ob’ekt qurilishini moliyalashtirishni xususiy yoki 
qarz mablag’lar hisobiga amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ekti. Investor 
investitsiya natijalarini tasarruf qilishga to’liq yuridik huquqlarga ega. 
Shuningdek, u investitsiyalarni (kapital qo’yilmalarni) jalb qilish shaklini 
belgilaydi, qurilish kontraktlarining shartlarini ishlab chiqadi, investitsiya jarayoni 
ishtiroqchilari bilan bo’ladigan moliyaviy-kredit munosabatlarni amalga oshiradi. 
Investor qurilish mahsulotining buyurtmachisi, kreditori, haridori bo’lishi, 
shuningdek, bevosita quruvchi funktsiyasini bajaradi. 
Buyurtmachi
 
-
texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqishdan boshlab ob’ektni 
foydalanishga topshirish yoki ob’ektning ishlab chiqarish quvvatiga chiqishigacha 
bo’lgan muddatda ob’ekt qurilishining tashkilotchisi va boshqaruvchisi 
funktsiyalarini qabul qilgan huquqiy yoki jismoniy shaxs. 


20 
Qurilish egasi -
qurilish bo’layotgan yer maydoniga egalik qilish huquqiga 
ega bo’lgan huquqiy yoki jismoniy shaxs. U buyurtmachidan farqli ravishda 
qurilish uchun ajratilgan yer maydonidan uzoq muddatli ijara shartlari asosida 
foydalanadi. 
Pudratchi (bosh pudratchi)
-
pudrat shartnomasi yoki kontrakti asosida 
ob’ekt qurilishini amalga oshirayotgan qurilish firmasi. Bosh pudratchi qurilish 
natijalari uchun shartnoma shartlariga muvofiq ravishda buyurtmachi oldida to’liq 
javobgar bo’ladi. U zarur hollarda ayrim turdagi ishlarni bajarish uchun quyi 
pudrat tashkilotlarini jalb qilishi mumkin 
Loyihalovchi - 
buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma asosida u yoki bu 
ob’ektning kelgusidagi qurilishini loyihalovchi loyihalash tashkiloti yoki shunga 
o’xshash boshqa muassasa. Loyihalovchi loyihaning va uning asosidagi texnik-
iqtisodiy ko’rsatkichlarning sifati uchun to’liq javobgar bo’ladi. Buyurtmachi 
loyihada ko’zda tutilgan yechimlarga rioya qilinishini nazorat qilish uchun 
mualliflik nazorati o’rnatadi. 
Qurilish ishlab chiqarishi jarayoni turli shakl va usullarda tashkil qilinishi 
mumkin bo’lib, pudrat usuli, xo’jalik usuli va ob’ektlarni “tayyor holda topshirish” 
(”под ключ”) va sotish shular jumlasidandir. 
Pudrat usulida 
qurilish muntazam ishlab turuvchi qurilish tashkilotlari 
(firmalari) tomonidan buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar assida amalga 
oshiriladi. Bu qurilishning asosiy va eng keng tarqalgan usulidir. Bugungi kunda 
kapital qurilish sohasidagi barcha pudrat ishlarning taxminan 80 foizdan ortig’i shu 
usulda amalga oshiriladi. Uni amalga oshirish uchun “Kapital qurilish pudrat 
shartnomasi” asos bo’lib xizmat qiladi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin