O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


12 
II BOB. QURILISH - MILLIY IQTISODIYOTNING MUHIM 
TARMOG’I SIFATIDA 
 
2.1. Qurilishning milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati 
 
O’zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyoti tarmoqlari qatorida qurilish 
tarmog’i nafaqat iqtisodiyotning asosiy fondlarini yaratuvchi uchastkasi sifatida, 
balki mamlakat iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlarni hamda 
turli xususiyatlarga ega bo’lgan ijtimoiy sohadagi dolzarb vazifalarni amalga 
oshirishda muhim o’rin va ahamiyatga egadir (demografik tuzilma va uning 
o’zgaruvchanligi, qishloq aholisining yuqori darajadaligi hamda uy-joy va 
ijtimoiy-madaniy-maishiy ob’ektlar bilan kam ta’minlanganligi, ichki infratuzilma, 
transport va kommunikatsiya qurilishlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi 
va boshqalar). 
Mamlakat milliy iqtisodiyoti moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari va bozor 
xizmat ko’rsatish sohalaridan tarkib topadi. Qurilish moddiy ishlab chiqarish 
tarmoqlari qatorida (sanoat va qishloq xo’jaligidan keyin) uchinchi o’rinda turadi.
Qurilish tarmog’i mahsuloti bo’lib, mamlakatning xo’jalik majmuasi asosiy 
fondlarini tashkil qiluvchi qurilishi tugallangan va ekspluatatsiyaga topshirilgan 
zavod va fabrikalar, temir va avtomobil yo’llari, elektr stantsiyalar, irrigatsiya 
kanallari, portlar, uy-joylar va boshqa ob’ektlar hisoblanadi. 
Qurilish milliy iqtisodiyotning muhim tarmog’i sifatida milliy xo’jalikning 
barcha tarmoqlari uchun asosiy fondlarni yaratishda ishtirok etadi. Ishga 
tushirilgan va o’rnatilgan tartibda qabul qilingan ishlab chiqarish quvvatlari va 
noishlab chiqarish ob’ektlari kapital qurilishning mahsuloti hisoblanadi hamda ular 
o’zlashtirilib borishi bilan asosiy fondlarga aylanib boradi. Ularning yaratilishida 
boshqa tarmoqlar ham qatnashadi (qurilish materiallari sanoati, metallurgiya, 
mashinasozlik, ximiya sanoati va boshqalar). Asosiy ishlab chiqarish fondlari 
mazmuniga ko’ra texnik, energetik va boshqa uskunalar bilan jihozlangan bino va 
inshootlardan iboratdir. 


13 
Shunday qilib, kapital qurilish ishlab chiqarish vositalarining faoliyat 
yurgizishi uchun moddiy shart-sharoit imkoniyatlarini ham yaratadi. 
Qurilish tarmog’i umum va maxsus qurilish, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot 
tashkilotlarini, qurilish birlashmalariga kiruvchi qurilish sanoati korxonalarini, 
shuningdek qurilish-montaj ishlari(QMI)ni bajaruvchi barcha tashkilotlar 
faoliyatini birlashtiradi. Qurilish tashkilotlariga ro’yxatdan o’tkazilgan va qurilishi 
faoliyati uchun litsenziyaga ega bo’lgan, shuningdek buyurtmachilar bilan 
shartnoma asosida ishlarni bajaruvchi barcha mulk shakllaridagi yuridik shaxslar 
kiradi. Kapital qurilish sohasiga, o’z mablag’lari, qarz hamda davlat byudjeti 
mablag’lari manbalari asosidagi kapital qo’yilmalarga egalik qiluvchi
buyurtmachilar faoliyati ham kiradi.
Qurilishning rivojlanishi va uning samaradorligini oshirish industrializatsiya 
asosida amalga oshiriladi. Uning asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar 
hisoblanadi: quriladigan bino va inshootlarning yig’maliligini oshirish maqsadida
texnologik jarayonlarning bir qismini qurilish maydonlaridan zavodlarga 
ko’chirish; bino va inshootlarning texnologik loyiha yechimlarini yaxshilash
ularni keyinchalik ularni bir shaklga keltirish va unifikatsiyalashtirish; 
mexanizatsiyalashtirilgan tarzda zavodlarda yoki qurilish tashkilotining yordamchi 
tsexlarida qurilish konstruktsiyalari, buyumlari, detallari va materiallarini yuqori 
darajada qurilish jarayoniga tayyorgarlik holatida ishlab chiqarish; qurilish ishlab 
chiqarishi ishlarining uzluksizligini ta’minlash maqsadida bino va inshootlarni 
qurish, qurilish materiallari va konstruktsiyalarini yetkazishning texnologik 
operatsiyalari va jarayonlarini mexanizatsiyalashtirgan tarzda bajarish.
Asosiy fondlarni yaratishdan tashqari, kapital qurilish funktsiyalariga
mavjud asosiy fondlarni kengaytirish, qayta qurish va texnik qayta jihozlashlar 
ham kiradi. Shuning uchun mamlakat iqtisodiyoti barcha tarmoqlari asosiy 
fondlarini kengaytirilgan tarzda qayta ishlab chiqarish va sifat jihatdan yangilash 
kapital qurilishning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Kapital qurilish sohasida qurilish ishlarini metallolom va metall 
konstruktsiyalar, tsement, yog’och materiallari, qurilish mashinalari, transport 


14 
vositalari, yoqilg’i va energetika resurslari bilan ta’minlovchi milliy iqtisodiyot 
tarmoqlari 
bevosita 
hamda 
bilvosita 
qatnashadi. 
Qurilish 
materiallari, 
konstruktsiyalari va texnikalarini tashishda amalda barcha transport turlaridan
foydalaniladi (avtomobilь, temir yo’l, daryo, dengiz va havo transportlari).
Mamlakat qurilish majmuasi tarkibiga turli mulk shakllaridagi pudrat 
tashkilotlari, qurilish materiallari sanoati korxonalari, mexanizatsiya, transport, 
loyiha va ilmiy-tadqiqot institutlari, lizing firmalari, o’quv muassasalari va boshqa 
korxona hamda tashkilotlar kiradi.
Ushbu tashkilotlar tomonidan yaratilayotgan mahsulotlar hajmining milliy 
iqtisodiyot yalpi daromadidagi ulushi doimiy ravishda ortib bormoqda. SHuni qayd 
etish kerakki, qurilish tarmog’i barcha tadbirkorlik tuzilmasining ko’pchilik qismi 
to’g’ri keladigan xususiy korxonalar sonining o’sish tendentsiyasi kuzatilmoqda.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin