7
quvvatlashning noyob tizimi, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi yaratilgani,
tashabbuskorlik va mustaqil iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun keng
imkoniyatlar mavjudligidan ham dalolat beradi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, iqtisodiy faoliyatning turli yo’nalishlari
turli
darajalardagi investitsion jozibadorlikka ega. Bundan tashqari, qurilish loyihalarida
mavjud resurslarning cheklanganligi, ular qanchalik jozibali va rag’batlantiruvchi
bo’lishidan qat’iy nazar teng ravishda ishtirok etish imkoninini bermaydi.
Vazifa shundan iboratki, investitsiya loyihalari va qurilish dasturlarining
haqiqiyligi va ularning amalga oshirilishida nafaqat buyurtmachi nuqtai nazaridan,
balki butun iqtisodiyotning rivojlanishini ta’minlash nuqtai nazaridan ham
iqtisodiy foyda, ham texnik muvaffaqiyatlarga erishishdir .
Mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun avvalambor, ma’lum bir
ishlab chiqarish tarmog’i yoki aniq bir ob’ektga qo’yilgan investitsiyalarning
ustuvorligi asosida lokal muhim investitsiyalar va boshqa unga tenglashtirilgan
investitsion loyihalarni davlat investitsiya dasturi bilan birlashtirishi lozim.
Ushu munosabat bilan tashkil etishning bunday
shakllari keng tarqalgan
qurilishning xorijiy amaliyotlari (Germaniya, Frantsiya va boshqa mamlakatlar
tajribasi) alohida qiziqish uyg’otadi, masalan, noishlab chiqarish binolari
-
uy-joy,
ofis, mehmonxona, savdo shaxobchalari va boshqalarda sotuvchi - quruvchilar
bo’lib, kompaniya va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Keyinchalik investitsiya
maqsadlarini bajarish jarayoni tartibi juda oddiy. Sotuvchi
-
quruvchilar bankdan
kredit olishadi (agar o’z mablag'lari bo’lmasa yoki ular yetishmagan taqdirda),
yerni
sotib oladi, arxitektorni yollaydi, loyihani hukumat bilan kelishadi, qurilish
firmasi bilan shartnoma tuzadi va ob’ektni quradi. Qurilish jarayoni bilan paralell
ravishda qurilayotgan ob’ektning reklamasi ham olib boriladi.
Ob’ektlarni investitsiyalash va ularning qurilishi asoslari hamda dasturlarida
muayyan mezonlar tizimi orqali ifodalangan ustuvor yo’nalishlar belgilab beriladi.
Xususan, ularning tarkibi quyidagi parametrlar bo’yicha tuzilgan:
-
tarmoq va ishlab chiqarish turi;
-
ishlatiladigan texnika va texnologiyalar darajasi;
8
-
hududiy joylashish va mintaqaviy iqtisodiyotga ta’sirlar tavsifi;
-
ishlab chiqarishning eksportga yo'naltirilganligi darajasi
-
investitsiyalar hajmi va ularning qoplanish muddati va boshqalar.
Qurilish faoliyatini faol davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy
jihatdan maqsadga muofiqligi mamlakatda mavjud bo’lgan real shart
-
sharoitlar
bilan belgilanadi.
Belgilangan vazifalarni hal etish va qurilish sohasining milliy iqtisodiyotni
yuksaltirishdagi roli sezilarli darajada boshqaruv tizimiga bog’liq bo’lib, u
muayyan natijalarga erishish uchun boshqaruv ob’ektining boshqaruv sub’ektiga
bo’lgan maqsadli ta’sirini ifodalaydi. Bu amaliyotda
allaqachon tasdiqlangan,
boshqaruv tizimi yanada mukammal, iqtisodiy mexanizm va ilmiy
-
texnika
taraqqiyotining talablariga yanada ko’proq javob beradigan bo'lsa, shunchalik
ishlab chiqarishning miqdoriy va sifat natijalari ko'rsatkichlari yuqori bo’ladi
hamda ishlab chiqarishga jalb qilingan resurslarning qaytishi(unumi) shunchalik
jadallashadi.
Shuning
uchun
ham
kapital
qurilishda
iqtisodiy
islohotlarni
chuqurlashtirishning davlat tomonidan belgilangan chora-tadbirlari, respublikada
monopoliyadan chiqarish va qurilish faoliyatini boshqarish tizimini yanada
takomillashtirish muhim o’rin tutishi tasodif emas.
Qurilish, boshqa tarmoqlardan nafaqat belgilangan
xususiyatlar bilan emas,
balki o’zining beqaror boshqarish tizimi bilan ham farq qiladi. Bunda qurilish
sanoati korxonalari va tashkilotlarining idoraviy tarqoqligi, jarayonlarda bir xillik
va takrorlanishlar mavjudligi, qurilish dasturlari ehtiyojlaridan moddiy-texnik baza
rivojlanishining surunkali ortda qolishi, tarmoqda yangi bozor mexanizmlari
tadbiqining susutligi va boshqa shu kabilar muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi globallashuv jarayoni mamlakatda iqtisodiy vaziyatni tubdan
o’zgartirdi, shu bilan birga moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, innovatsion va
boshqa etakchi sohalarni investitsiyalashda ham iqtisodiy ustuvorliklarning yangi
siyosatini shakllantirdi.
Shuningdek, u ishlab chiqarishni boshqarishda sobiq
idoraviy yondashuv o’rniga, ularga tenglashtirilgan korxonalar, tashkilotlar va
9
boshqa xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning birinchi darajali rolini kuchaytirishga
qaratilgan yangi institutsional tuzilmalar yaratishga hissa qo’shdi.
Milliy iqtisodiyotda bozor munosabatlarining eng katta ta’siri mulkdorlar
sinfining shakllanishi bilan bo’g’lik bo’lib, ular bozor mexanizmining faol
elementlariga aylandi. Shu bilan birgalikda ular quyi ishlab chiqarish bo’g’inni
boshqarish tizimini ehtiyoj va manfaatlar, ishlab chiqarishni boshqarish va olingan
natijalarni amalga oshirishda aksionerlashtirish va aksiyadorlarning ishtirokiga
asoslangan holda yaratishga imkon berdi.
Bozor va bozor munosabatlarining iqtisodiyotni boshqarishda ijobiy ta’sirini
tavsiflovchi makro darajadagi va iqtisodiyotning barcha
tarmoqlari korxonalari
darajasida bozor mexanizmining asosiy elementi sifatida narxlar mexanizmi
to’g’risida gapirmasdan o’tish mumkin emas. Dunyo amaliyoti shuni ko’rsatadiki,
erkin bozor narxlari hamda talab va taklif mutanosibligidan foydalanmasdan
bo’layotgan iqtisodiy jarayonlar, investitsion siljishlar va tarkibiy o’zgarishlar
to’g’risida ob’ektiv ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin emas. Shu boisdan,
boshqaruv muayyan maqsad va vazifalarni bajarish va o’zaro ta’sirlarni amalga
oshirish jarayoni sifatida nafaqat bozorning avtomatik “qudratli kuchi” ga, balki
bozor mexanizmining tarkibiy qism(komponent)lari va talablariga asoslangan
bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: