O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Milliy iqtisodiyotning mustaqil tarmog’i sifatida qurilishning



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

2.2. Milliy iqtisodiyotning mustaqil tarmog’i sifatida qurilishning 
shakllanishi va texnik-iqtisodiy xususiyatlari
 
Qurilish milliy iqtisodiyotning mustaqil alohida tarmog’i bo’lib, yangi asosiy 
fondlarni yaratish hamda faoliyat yurgizayotgan ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish ob’ektlarini qayta qurish, kengaytirish, ta’mirlash va texnik qayta 
jihozlash uchun mo’ljallangan. Qurilish tarmog’ining ahamiyati shundaki, 
mamlakat milliy iqtisodiyoti rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib beradi.
Qurilish tashkilotlarining mahsuloti sifatida yaratilayotgan asosiy fondlarni 
yaratish jarayonida ishchi xodimlar band bo’ladi hamda mehnat vositalari (texnika) 
va mehnat predmetlari (materiallar) ishlatiladi. Qurilish jarayoni asosiy 
elementlarining o’zaro harakati natijasida esa natural (bino, inshoot va ob’ektlar) 
va qiymat (pul mablag’lari) ko’rinishidagi pirovard qurilish mahsuloti yaratiladi.
Qurilish jarayoni uchta asosiy bosqichga ajratiladi: 1) qurilishga tayyorgarlik 
ishlari; 2) qurilish jarayonining o’zi; 3) tayyor holdagi qurilish ob’ektini 
ekspluatatsiyaga topshirish.


15 
Qurilishga tayyorgalik ishlari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga 
oshiriladi: qurilish ob’ektining maqsadga muvofiqligi yuzasidan texnik-iqtisodiy 
tadqiqotlarni olib borish, ob’ektni loyihalashtirish va qurilishga muxandislik-texnik 
jihatdan tayyorgarlik ko’rish. Texnik-iqtisodiy tadqiqotlar jarayonida barpo 
etilayotgan ob’ektning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari va uni qurishning iqtisodiy 
jihatdan maqsadga muvofiqligi baholanadi. Loyihalashtirish bosqichida ob’ektning 
konstruktiv-joylashtirish yechimi, uni qurishni tashkil etish usullari va ishlarni 
bajarish texnologiyasi ishlab chiqiladi hamda qurilishning smeta qiymati 
aniqlanadi. Undan keyin qurilishga muxandislik-texnik tayyorgarlik ko’rish 
amalga oshiriladi (tayanch geodezik va qurilish to’r(set)larini ishlab chiqish; 
qurilish maydoni hududi va transport kommunikatsiyalari yo’lakchalarini 
tayyorlash bo’yicha ishlarni olib borish).
Qurilish maydonida bevosita qurilish jarayonining o’zi amalga oshirilishida 
barcha texnologik elementlarning birlashishi sodir bo’ladi, buning natijasida esa 
qurilish mahsuloti yaratiladi hamda qurilish jarayonining amaldagi jami xarajatlari, 
bino va inshootlarning moddiy-ashyoviy elementlari, ularning arxitekturaviy-
qurilish ifodasi va sifati shakllanadi. 
Ob’ektlar qurilishining tugallanishi, ularni tayyor holda ekspluatatsiyaga 
hamda buyurtmachilarga asosiy fondlar sifatida topshirishdan iboratdir.
Qurilish ishlab chiqarishi jarayoniga kapital qo’yilmalar doiraviy 
aylanishining quyidagi uchta bosqichlari to’g’ri keladi: 1) ishlab chiqarish - asosiy 
fondlarni yaratishning mahsulot shakli sifatida; 2) amalga oshirish (realizatsiya) - 
qurilish mahsulotining asosiy fondlarga aylanishi shakli sifatida; 3) pul 
mablag’larini kelgusi mahsulotga aylantirish maqsadida takror ishlab chiqarishning 
navbatdagi davri(tsikli)ni tayyorlash.
Vaqt va makon bo’yicha takror ishlab chiqarish jarayoni barcha 
elementlarining o’zaro harakat darajasi qanchalik katta bo’lsa, qurilish iqtisodiy 
samaradorligi ham shuncha yuqori bo’ladi. 
Qurilish jarayonining iqtisodiy mohiyati, uni amalga oshirish bilan bog’liq 
sarf-xarajatlar bilan ifodalanadi. Ob’ektlar barpo etish borasida qurilish


16 
korxonalarining ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq xarjatlari bir 
vaqtning o’zida sodir bo’ladigan va joriy xarajatlarga bo’linadi.
Bir vaqtning o’zida sodir bo’ladigan xarajatlarga qurilish tashkilotlarining 
asosiy fondlarni yaratish yoki sotib olish xarajatlari hamda tugallanmagan qurilish 
aylanma mablag’laridagi moddiy zaxiralar qiymati kiradi. Joriy xarajatlar, bu 
qurilish korxonasining ob’ektlarni yaratish bilan bog’liq bevosita va bilvosita 
barcha xarajatlari hisoblanadi: ish haqi, qurilish materiallari, amortizatsion 
ajratmalar va boshqa xarajatlar. Joriy xarajatlarning umumiy yig’indisi qurilish-
montaj ishlarining tannarxini tashkil qiladi. 
Qurilish tarmog’ining turli mahsulotlarni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda 
xizmatlar ko’rsatish bo’yicha milliy iqtisodiyotning boshqa tarmoq va sohalari 
bilan iqtisodiy aloqalari tarmoqlararo aloqalar hisoblanadi.
Qurilish moddiy ishlab chiqarish tarmog’i sifatida boshqa tarmoqlardan 
farqli ravishda qator o’ziga xos xususiyatlarga ega. Tarmoq xususiyatlari, uning
pirovard mahsuloti, mehnat sharoitining o’ziga xosligi, qo’llanilayotgan texnika 
va texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va moddiy-texnika 
ta’minotlar xarakteri bilan izohlanadi. Ko’rsatilgan xususiyatlar umumiy va
maxsus turlarga bo’linadi. 
Qurilishning umumiy xususiyatlari quyidagicha:
1) Qurilish ishlab chiqarishi va pirovard mahsulot xarakteriga ko’ra
noturg’un va vaqtinchalik bo’lib, ularning bir tipda emasligi.
Ob’ektlar ekspluatatsiyaga topshirilishi bilan qurilish-montaj ishlari hamda
ishlab chiqarish vositalari yangi o’zlashtirilgan qurilish joyiga ko’chiriladi. 
Qurilishda ish joylari, mashina-mexanizmlar, asbob-uskunalar, mehnatning texnik 
va texnologik jihatdan ta’minlanganligi - ko’chma, qurilish mahsuloti esa – 
ko’chmas hisoblanadi. Shuningdek, qurilish tarmog’i mahsulotlari jamiyatga uzoq 
davrlarga, ya’ni bir necha o’n yillar xizmat qilishga mo’ljallangan.
2) Qurilish jarayoni tarkibiga kiruvchi barcha operatsiyalarning texnologik 
jihatdan bir-biriga bog’liqligi.


17 
Qurilishda qurilish-montaj ishlari boshlanishiga qadar vaqtinchalik ishlab 
chiqarish-maishiy va ma’muriy-xo’jalik binolari barpo etiladi hamda muxandislik 
kommunikatsiyalari, yo’l, elektruzatish liniyalari va boshqalar o’tkaziladi. Ushbu 
ishlar o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan tashkiliy va qo’shimcha xarjatlarni 
talab qiladi. SHu bilan birgalikda qurilish muddatining uzoq davomiyligi xo’jalik 
faoliyatidagi aylanma mablag’larni tugallanmagan qurilishga sarflanishiga olib 
keladi. Qurilishning me’yordan ortiq davom etishi va keyinchalik texnologik
jarayonning takomillashuvi yangi texnika va texnologiyalarni hisobga olgan holda 
qurilishning borishi to’g’risida oldin qabul qilingan qarorlarni qayta ko’rib 
chiqishga olib keladi. Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi, uning alohida 
jarayonlarining qat’iy ketma-ketlikda bajarilishini talab qiladi: bitta ish 
jarayonining tugallanishi boshqa jarayonning boshlanishidan oldin bo’lishi kerak. 
SHu bilan birgalikda qurilish jarayonini fazoviy jihatdan joylashtirish mumkin 
emas, shuningdek ishchi xodimlardan ularning ixtisosligi va malakalariga muvofiq 
ravishda bir vaqtning o’zida foydalanish tegishli qiyinchiliklarni tug’diradi.
3) Qurilish-montaj ishlari murakkabligi va turlari bo’yicha ular o’rtasidagi 
nisbatning noturg’unligi.
4) Pirovard qurilish mahsulotini yaratishda turli tashkilotlarning qatnashuvi.
Sanoatda kooperatsiyaning istalgan darajasida pirovard mahsulotni bitta 
bajaruvchi ishlab chiqaradi va sotadi. Ob’ektlar qurilishida esa bir vaqtning o’zida 
bir 
necha 
qurilish-montaj 
tashkilotlari 
qatnashadi 
(bosh 
pudratchi, 
subpudratchilar). Ushbu tashkilotlarning har biri qurilish mahsulotining ma’lum bir 
qismlarini bajaradi. 
Qurilish milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, ayniqsa sanoat bilan
chambarchas bog’langan. Qurilish hajmining oshishi, bir tomondan uni texnik va 
texnologik jihatdan ta’minlovchi sanoat tarmoqlari rivojlanishiga, ikkinchi 
tomondan esa milliy iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun pudrat shartnomasi 
asosida qurilish-montaj ishlarining bajarilishiga bog’liqdir. Qurilish tashkilotlari 
buyurtmachilar faoliyati bilan mustahkam bog’langan. Bir qancha tarmoqlar 
qurilishga nisbatan ham ta’minlovchisi, ham qurilish mahsulotining iste’molchisi


18 
sifatida faoliyat yurgizadi. Qurilish material jihatdan ko’p talab qiladigan tarmoq 
hisoblanadi. Pirovard qurilish mahsulotini olish uchun mazkur tarmoqga 70 tadan 
ortiq milliy iqtisodiyot tarmoqlari qurilish materiallarini yetkazib beradi.
5) Qurilish ishlarida iqlim va mahalliy shart-sharoitning roli. 
Qurilishda mavsumiyliknig yo’qotilishiga qaramasdan, qish mavsumida ham 
ob’ektlar qurilishi bo’yicha tadbirlarning bajarilishi talab qilinadi. Bir xil tipdagi 
binolarning turli hududlarda qurilishi har xil moddiy resurs xarajatlarni talab 
qiladi. Qurilish sharoiti ko’pincha hududning seysmik holati, yer relьefi, gruntlar 
geologik tuzilishi, yer osti suvlari mavjudligi, qurilish maydoniga konstruktsiya va 
materiallarni yetkazish uslublari orqali aniqlanadi.
Qurilish ishchilari sanoatning boshqa tarmoqlaridagi ishchilariga nisbatan 
ko’pincha iqlim sharoiti ta’siriga duch keladi. Ushbu xususiyat yilning eng qulay 
davrlariga katta kuchlar sarflanishini talab qiladi. SHu sababdan asosiy qurilish, 
montaj va ta’mirlash-qurilish ishlariga mehnatning me’yoriy shart-sharoitidan 
chetga chiqishlarni hisobga oluvchi tuzatish koeffitsientlari kiritiladi.
Qurilishning maxsus xususiyatlari qurilayotgan ob’ektlarning turli- 
tumanligi bilan bog’liqdir. Ular quyidagilardan iborat: sanoat, uy-joy, ijtimoiy-
maishiy, transport, qishloq xo’jaligi, melioratsiya va suv xo’jaligi, magistral 
quvurlar, elektruzatish liniyalari.
Sanoat binolari qurilishi ularning ajratilgan joyga to’planishi va 
ob’ektlarning murakkabligibilan xarakterlanadi. Bitta joydagi ishlar bir yildan ortiq 
olib boriladi. Nisbatan uzoq muddatli sanoat ob’ektlarini qurish bilan band bo’lgan 
tashkilotlarda ishlab chiqarish vositalarining ko’chib yurishi kam ta’sir ko’rsatadi. 
Ushbu qurilish korxonalarida kadrlar tarkibi esa bir muncha barqaror hisoblanadi.
Transport, qishloq xo’jaligi, melioratsiya va suv xo’jaligi, magistral quvurlar 
va elektruzatish liniyalari ob’ektlarini qurish esa quyidagi xususiyatlarga ega: bitta 
joydagi ishlar hajmining unchalik katta emasligi, bir-biridan har xil masofalarda 
joylashgan turli ob’ektlarda ishlarni olib borish zaruriyati, shuningdek yangi 
o’zlashtirilgan maydonlarda u yoki bu ob’ekt va inshootlar qurilishida ishchi 
xodimlarning ko’chib yurishi. 


19 
Uy-joy va ijtimoiy-maishiy ob’ektlarni qurish esa kompleks qurilishlar 
ketma-ketligi va navbatiga qat’iy rioya qilinganlik bilan xarakterlanadi. 
SHuningdek, uy-joy massivlari bilan bir qatorda yo’l, suv ta’minoti tizimi, elektr 
ta’minoti, issiqlik tarmog’i, maktab va maktabgacha tarbiya muassasalari, savdo-
sotiq, madaniyat va maishiy xizmat ko’rsatish ob’ektlari ham qurilishi kerak. 
Ushbu ob’ektlarni qurish talablariga amal qilmaslik sanitariya hamda shahar 
normalari va qoidalarining buzilishiga olib keladi. Ijtimoiy ahamiyatga molik 
ob’ektlarni barpo etish qurilish korxonasi texnikasi, asbob-uskunalar, brigada va 
qurilish ishtirokchilarining doimiy ravishda ko’chib yurishi bilan xarakterlanadi. 
Qo’shimcha vaqt, moliya va moddiy xarajatlar esa qurilish tashkilotlari faoliyati 
samaradorligining pasayishiga olib keladi.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin