O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

-
4947
-
son farmonining qabul qilinishi islohotlarni mutlaq yangi 
bosqichga olib chiqdi.
1
Mazkur farmonga muvofiq “2017
-
2021 yillarda 
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha 
Harakatlar strategiyasi” qabul qilinib, unga binoan aholi turmush darajasini 
oshirish, ularning farovon hayot kechirishini ta’minlash, shuningdek aholini arzon, 
shinam va har tomonlama qulay uy
-
joy bilan ta’minlash, iqtisodiyotning yetakchi 
tarmoqlarini modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, xususan 
kapital qurilish sohasini yanada rivojlantirish kabi muhim vazifalarning amalga 
oshirilishi yuzasidan kompleks chora-tadbirlar hamda sohaga oid bir qancha Yo’l 
xaritalari ishlab chiqilgan. 
Shuni ta’kidlash joizki, “... xalqning talab va istaklarini inobatga olgan 
holda, joriy yilning o’zida imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar 
qurish loyihasini amalga oshirishga kirishilganligi hamda shahar va qishloqlarda 
jami 3,5 mln. kv.dan ziyod namunaviy uylar va ko’p qavatli uy-joylar barpo 
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi PF-4947-son farmoni //«Xalq so’zi» gazetasi, 2017 yil 8 fevral, 
28(6722)-son.



etilganligi, shuningdek ushbu raqamni avvalgi yillardagilar bilan taqqoslaganda, 
2007 yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-joylar qurish dasturi boshlangan 
2010 yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014 yilga nisbatan esa 2 barobar ko’p uy-joy 
qurilganligi, shuningdek keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun 
arzon, barcha qulayliklarga ega bo’lgan ko’p qavatli uy-joylarni qurish 
boshlanganligi, 2017 yilning o’zida 800 ming kv. kv.m. dan ziyod ana shunday 
uy-joylar qurib foydalanishga topshirilganligri hamda birgina Toshkent shahrining 
o’zida joriy yilda 420 ming kv.m. dan ko’p qavatli uy-joy fondi foydalanishga 
topshirilib, bu o’tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobarga ko’pligi alohida ta’kidlab 
o’tildi.
2
2017 yilda respublika bo’yicha barcha manbalar hisobidan jami 37,5 trln. 
so’m hajmda qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilga nisbatan 120,5 foizga o’sish 
kuzatildi. Natijada joriy yilda jami 15 mingta arzon namunaviy uylar, 191 ta arzon 
ko’p qavatli uylar va 2,5 mingta ijtimoiy soha ob’ektlari foydalanishga topshirildi.
3
Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, xususan 
qurilish tarmog’idagi tarkibiy islohotlarni yanada jadallashtirish, qurilish ishlab 
chiqarish ko’lamini kengaytirish va qurilish mahsulotlari sifatini zamon talablari 
darajasiga yetkazish bilan bog’liq masalalarini hal etishga yo’naltirilgan dasturlarni 
amalga oshirishda qurilish ishlab chiqarishi iqtisodiyoti, tashkil etish va 
boshqaruviga oid fanlar yutuqlarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat va xo’jalik sub’ektlari miqyosida amalga oshirilayotgan investitsiya 
siyosatini, uning ustuvor yo’nalishlarini yaxshi tushunish, investitsiyalarni yangi 
qurilishga sarflash variantlarini, amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarini 
kengaytirish va rekonstruktsiya qilishni, fan-texnika taraqqiyotining eng yangi 
yutuqlari asosidagi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishni 
bilish bugungi kundagi mutaxassislar uchun juda muhim hisoblanadi. 
2
O’
zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy majlisga Murojaatnomasi. 2017 yil 22 dekabrь. 
https://www.xabar.uz/
3
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi qurilish sohasi 
xodimlari kunini nishonlash to’g’risida” gi PF-5136-son farmoni //«Xalq so’zi» gazetasi, 2017 yil 8 avgust, 155 
(6849)-son. 



Mamlakat iqtisodiyoti tamoqlari qatorida kapital qurilishi tarmog’ining o’rni 
beqiyosdir. SHu boisdan mamlakat qurilish tarmog’ining muammoli masalalarini
nazariy va amaliy jihatdan chuqur o’rganish, ularni hal etish yo’llarini topish va 
hayotga tatbiq etishda mazkur “Qurilish iqtisodiyoti” nomli o’quv qo’llanmasi 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Qurilish sohasida iqtisodiy islohotlarning asosiy yo’nalishlari va 
muammolarini mukammal bilishlarida, xususan qurilish iqtisodiyotiga oid 
muammolarni hal etishda, shuningdek sohada puxta investitsiya siyosatini 
yurgizish va chet el investitsiyalarini yanada ko’proq jalb qilish kabi masalalarda 
talabalarning chuqur bilim va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishlarida qurilish 
iqtisodiyoti sohasidagi barcha adabiyotlar qatorida mazkur o’quv qo’llanma ham 
o’z samarasini beradi degan umiddamiz. 
Mazkur o’quv qo’llanma bakalavriatning 5111000
 -
“Kasb ta’limi(5610100-
Xizmatlar sohasi(uy-joy kommunal va maishiy xizmatlar))”, 5340700 – 
“Gidrotexnika qurilishi(daryo inshootlari va gidroelektrstantsiyalar qurilishi)”, 
5340900 – “Ko’chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish” va 5341100 – 
“Qiymat injiniringi” ta’lim yo’nalishlarida o’qitiladigan “Qurilish iqtisodiyoti”
fani dasturiga muvofiq tayyorlandi. Ushbu o’quv qo’llanmadan nafaqat yuqorida 
qayd etidlgan ta’lim yo’nalishlari balki arxitektura va qurilish ta’lim sohasining 
boshqa ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari talabalari, shuningdek tarmoq 
malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlari tinglovchilari hamda qurilish 
sohasi iqtisodiyotiga qiziquvchilar ham foydalanishlari mumkin.




Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin