O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Yüklə 334,63 Kb.
səhifə2/30
tarix17.10.2023
ölçüsü334,63 Kb.
#156440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

MUNDARIJA
KIRISH...................................................................................................................
I BOB. “SHARQ UYG‘ONISH DAVRI VA UNDA TA’LIM –TARBIYANING TARAQQIY ETISHI’’ MAVZUSINI O‘QITISHNING NAZARIY MASALALARI
    1. Sharq Uyg‘onish davrida ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi..........

    1. Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlarining tarbiyaviy ahamiyati.......................................................................................................


II BOB. “SHARQ UYG‘ONISH DAVRI VA UNDA TA’LIM-TARBIYANING TARAQQIY ETISHI” MODULIDAN O‘QUV-METODIK ISHLANMALAR

2.1.“ Umumiy Pedagogika” fanidan o‘quv dasturining qisqacha tavsifi (sillabus)...........................................................................................................


2.2. “Sharq Uyg‘onish davri va unda ta’lim-tarbiyaning taraqqiy etishi ” moduli bo‘yicha ma’ruza matni…………………………………………………………….
2.3.“Sharq Uyg‘onish davri va unda ta’lim-tarbiyaning taraqqiy etishi ”mavzusini yoritishda muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish...................................
2.4“Sharq Uyg‘onish davri va unda ta’lim-tarbiyaning taraqqiy etishi ” mavzusi bo‘yicha keyslar, nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar………………….....................................................................................
Xulosa……………………………………………………………………….….
GLOSSARIY...........................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.........................................................................
Ilovalar……………………………………………………………………………..
KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab o‘tgan qisqa vaqt ichida o‘zbek xalqi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta yutuqlarga erishdi; o‘z tarixiga yangicha tafakkur asosida yondoshish, ulug‘ ajdodlar qoldirgan boy madaniy, ma’naviy merosni o‘rganish sharafiga muyassar bo‘ldi, milliy g‘ururi qayta tiklandi; respublikada ilm-fan, jumladan pedagogika fani yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilmoqda; o‘tmishdagi pedagogik tafakkur daholarining Shuhratini tiklash, ularning g‘oyalarini xalq hayotiga tadbiq etishdek ulug‘ ishlar amalga oshirilmoqda. Sharq Uyg‘onish davrida sof pedagogik asarlar ham yaratilib, ta’lim-tarbiyada inson takomilining xususiy va umumiy metodlari haqida o‘lmas ta’limoti bilan nom qoldirgan tarbiyaShunos olimlar ham maydonga chiqdi. Qomusiy olimlar o‘z ilmiy merosida ta’limiy-axloqiy asarlar yaratishga ham katta e’tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g‘oyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Movarounnahrda ilm-fan va ma’rifat sohasida o‘z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo‘lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli, 2017 yil 29 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5264-sonli qarorlari, 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-sonli Farmoni va boshqa ushbu sohaga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda mazkur bitiruv malakaviy ish tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.



Yüklə 334,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin