287
Ishchi xizmat safaridan qaytgan kundan e’tiboran
uch kun
mobaynida
avans (bo‘nak) hisobotini
taqdim qilishi shart. Ushbu hisobotga belgilangan
tartibda rasmiylashtirilgan xizmat safari guvohnomasi va xizmat safarida haqiqatda
qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Hisobdor shaxslar bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘risidagi
axborotlarni
umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
4220-“Xizmat safarlariga berilgan bo‘naklar”;
4230-“Umumxo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar”;
6970-“Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarzlar”.
Hisobdorlikka berilgan summa pul mablag‘larini hisobga oluvchi
hisobvaraqlar bilan, jumladan 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”,
hisobvaraqlari bilan bog‘langan holda, ushbu hisobvaraqlarning debetida aks
ettiriladi.
Qarzning qoplanishi, xarajatlar va xarid qilingan
qiymatliklarni hisobga
oluvchi hisobvaraqlar yoki amalga oshirilgan sarf-xarajatlarning tavsifidan kelib
chiqib boshqa hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda, ushbu hisobvaraqlarning
kreditida aks ettiriladi.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarning sintetik hisobi 4220 “Xizmat
safarlariga berilgan bo‘naklar” schyoti yuritiladi. Xizmat safariga yuborilgan
xodimlar soni qarab 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo‘naklar” schyoti bo‘yicha
analitik (4221, 4222,...) schyotlar ochish mumkin.
4230 “Umumxo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar” schyotida mayda
xo‘jalik
xarajatlari uchun, hisobdorlik ostida vakillik xarajatlari uchun
ekspeditorga berilgan bo‘naklarni hisobga olish mumkin. Vakillik xarajatlariga
korxonaning o‘zaro hamkorlik o‘rnatish yoki uni saqlab turish,
shuningdek
korxonaning boshqaruv va nazorat organlari majlislariga kelgan ishtirokchilarni
qabul qilish hamda ularga xizmat ko‘rsatish maqsadlarida qiladigan xarajatlari
kiradi. Bu xarajatlar mazkur shaxslarning rasmiy qabulini o‘tkazish, ularni
transport bilan taminlash, muzokaraaar vaqtida bufet xizmati ko‘rsatish xarajatlari,
288
ziyofatlar va bo‘sh vaqtni tashkil etish, korxonaning shtatida turmagan tarjimonlar
xizmatiga haq to‘lash xarajatlaridir.
6970-“Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarzlar”
schyoti korxona xodimlariga
ma’muriy-xo‘jalik va operatsion xarajatlar, xizmat safarlari uchun berilgan
hisobdorlik summalari bilan haqiqatda sarflangan summalar o‘rtasidagi farq
natijasida kelib chiqadigan qarzlarni aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: