94
ma’lumotlarni tuzish buxgalteriya amaliyotida juda keng tarqalgan.
Buxgalteriya rasmiylashtiruvchi hujjatlarining turlaridan biri amalga
oshirilgan muomalalar bo‘yicha schyotlar korrespondentsiyasi mazkur muomalani
rasmiylashtirilgan asosiy hujjatning bosma ish qog‘ozi (blanki)ning shu maqsad
uchun maxsus ajratilgan joyida yoki boshqa usul bilan ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlari mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Ulardan faqat tegishli boshqa isbotlovchi hujjatlar bilan birgalikdagina foydalanish
mumkin. Ular hisobda hisob yozuvlarini osonlashtiruvchi va tayyorlovchi
texnikaviy vosita hisoblanib, ko‘makchi ahamiyatga egadir.
Aralash (kombinatsiyalashtirilgan) hujjatlar
deb, bir nechta hujjatlar
turining, ya’ni farmoyish va isbotlovchi, isbotlovchi va buxgalteriya
rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilarini birga qo‘shib
olib boradigan hujjatlarga
aytiladi.
Ular bir vaqtning o‘zida ham mazkur muomalani bajarish to‘g‘risida
farmoyish, ham uning bajarilganligi haqida dalolat beruvchi (isbotlovchi) hujjat
sifatida xizmat qilib, ushbu muomalaning bajarilganligini qayd qiladi va shu bilan
birga ularni schyotilarda aks ettirish tartibi haqida ko‘rsatmalar beradi.
Aralash hujjatlarga misol sifatida bo‘nak (avans) hisobotini keltirish
mumkin. U hisobdor shaxs tomonidan olingan bo‘nakdan qilingan xarajatlarni
ko‘rsatish uchun tuziladi. Bu xarajatlarning ro‘yxati ularni
tasdiqlovchi hujjatlar
ko‘rsatilgan xolda hisobdor shaxs tomonidan bo‘nak hisobotining orqa tomonida
keltiriladi. Hisobotning yuz tomonida har xil ma’lumotlar - hisobdor shaxsning
ismi, sharifi, unga berilgan summa va hokazo keltiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda
shu betning o‘zida buxgalteriya xodimi tomonidan
alohida ajratilgan joyda
xarajatlar qanday schyotlarda aks ettirilishi kerakligi ham ko‘srsatiladi.
Bo‘nak hisobotida muomalaning mazmuni va buxgalteriya yozuvi haqidagi
ma’lumotlarning mavjudligi uni aralash hujjati sifatida tafsiyalaydi. Chunki unda
isbotlovchi hujjat va buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilari
birlashtirilgandir.
95
Aralash hujjatlar tarkibiga shuningdek materiallarni
chetga yoki qayta
ishlovga berib yuborish haqidagi nakladnayalar, materiallarni ombordan berish
uchun talabnomalar, kassa kirim va chiqim orderlari va boshqalar ham kiritiladi.
Bir hujjat bir nechta hujjatlar turining belgilarini birga olib borish katta
ahamiyatga egadir. U hisobdagi hujjatlashtirishni yaqqollashtiradi,
hujjatlarni
ishlashda ulardan foydalanish soddalashtiradi va engillashtiradi va provardida
hisob bosma ish qog‘ozlariga sarflarni qisqartiradi. Zamonaviy buxgalteriya
amaliyotida aralash hujjatlardan foydalanish ayniqsa keng tarqalgan.
Tuzilish navbatiga qarab hujjatlar dastlabki (birlamchi) va yig‘ma
hujjatlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: