6.5. Inventarizatsiya haqida tushuncha, uning ahamiyati va turlari
Inventarlashning asosiy maqsadi mol-mulkning haqiqatda mavjudligini
aniqlash, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari realligi, majburiyatlar hisobda to‘g‘ri
aks ettirilganligini tekshirish.
Joylashgan yeri va barcha turdagi moliyaviy majburiyatlaridan qat’i nazar,
xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha mol-mulki inventarlanishi kerak.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi subyektga
qarashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’uliyatli
saqlanishda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi
mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk
106
inventarlanishi kerak.
Mol-mulkni inventarlash uning joylashgan eri va moddiy javobgar shaxs
bo‘yicha o‘tkaziladi. Korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki hamda moliyaviy
majburiyatlarini
inventarizatsiyalashni
o‘tkazish va ularning natijalarini
rasmiylashtirish tartibi 19-son BHMS
19
da belgilangan.
Quyidagi hollarda inventarlash o‘tkazilishi shart:
- mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek,
davlat korxonasi o‘zgartirilgan (davlat tasarrufidan chiqarilgan) chog‘da
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda;
- yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarlash hisobot yilining 1
oktyabridan kechiktirmay o‘tkaziladigan mol-mulkdan tashqari. 4-son “Tovar-
moddiy zaxiralar” deb nomlangan BHMSga binoan tovar-moddiy zaxiralar bir
yilda kamida bir marta, 5-son “Asosiy vositalar” BHMSga muvofiq asosiy
vositalar ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta
inventarlanadi.
Pul mablag‘lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobdagi blanklar oyda
bir marta, yonilg‘i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari - har chorakda,
qimmatbaho metallar - tarmoq yo‘riqnomalariga muvofiq inventarlanadi.
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish
zaxiralari ular eng kam miqdorda qolganda quyidagi hollarda inventarlanadi:
- asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda;
- moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish - topshirish
kunida);
- o‘g‘irlik yoki suiiste’mol, shuningdek, boyliklarni ishdan chiqarish faktlari
aniqlanganda;
- tabiiy ofatlar, yong‘inlar falokatlar yoki g‘ayritabiiy sharoitlar yuzaga
keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;
- xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish
19
O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2.11.1999 yilda 833-son bilan rо‘yxatdan о‘tkazilgan.
107
(ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa
hollarda.
Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarlash jamoa
rahbari o‘zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a’zolari chiqib ketganda,
shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a’zosi talabi bilan o‘tkaziladi.
Inventarlashni o‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tarkibida:
– xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya
raisi);
– bosh buxgalter;
– boshqa mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, texniklar va hokazolar)
bo‘lgan doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari tuziladi.
Inventarlash komissiyasi tarkibiga xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki
audit vakillari kiritilishi mumkin.
Ishlar hajmi katta bo‘lganda mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni
inventarlashni bir vaqtda o‘tkazish uchun tarkibida:
–inventarlashni tayinlagan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining vakili
(komissiya raisi);
–mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish yurituvchi,
iqtisodchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar bo‘lgan ishchi inventarlash
komissiyalari tuziladi.
Komissiya tarkibiga inventarlanayotgan boyliklar, narxlar va birlamchi
hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak.
Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki
marta ishchi inventarlash komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi.
Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarlash komissiyalarining shaxsiy
tarkibini xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tasdiqlaydi (1-ilovaga binoan buyruq,
qaror, farmoyish).
Inventarlashni o‘tkazish chog‘ida komissiyaning aqalli bitta a’zosi yo‘q
bo‘lsa, bu hol inventarlash natijalarini haqiqiy emas, deb topish uchun asos bo‘lib
108
xizmat qiladi.
Doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari:
- boyliklar saqlanishini ta’minlashga doir profilaktika ishlarini o‘tkazadi,
zarurat bo‘lganda o‘z majlislarida boyliklarning saqlanishi masalalari bo‘yicha
tsex, bo‘lim, sho‘’balar rahbarlarining axborotlarini tinglaydi;
- inventarlash o‘tkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarlash komissiyalari
a’zolariga yo‘l-yo‘riq beradi;
- inventarlash to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshiruvlarni amalga
oshiradi, shuningdek, inventarlashlar orasidagi davrda saqlash va qayta ishlash
joylarida tovar-moddiy boyliklarni tanlab inventarlashdan o‘tkazadi;
- inventarlash natijalari to‘g‘ri chiqarilganini, bazalar, omborlar,
omborxonalar, tsexlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida boyliklarni
qayta navlarga ajratish bo‘yicha takliflar asosli ekanligini tekshiradi;
- zarur hollarda (inventarlashni o‘tkazish qoidalari jiddiy buzilganligi
aniqlangan va boshqa hollarda) xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining
topshirig‘iga binoan takroriy yalpi inventarlashlarni o‘tkazadi;
- boyliklar kamomadi yoki ularni shikastlashga, shuningdek, boshqa
buzilishlarga yo‘l qo‘ygan shaxslardan olingan tushuntirishlarni ko‘rib chiqadi va
aniqlangan kamomadlar hamda boyliklarni shikastlashdan ko‘rilgan talafotlarni bir
izga solish tartibi to‘g‘risida taklif beradilar.
Dostları ilə paylaş: |