122
tomonidan ishlab chiqarish va muomala chiqimlariga hisobdan chiqarilishi yoki
byudjet tashkilotida moliyalashni (fondlarni) kamaytirishga qayd etilishi mumkin.
Bunda boyliklarning yo‘qolish va boyliklar buzilishi tufayli talafotlar
me’yorlaridan ortiqcha kamomadini hisobdan o‘chirishni rasmiylashtirish uchun
taqdim etiladigan hujjatlarda ana shunday kamomad va talafotlarning oldini olish
bo‘yicha qabul qilingan choralar ko‘rsatilishi kerak.
Boyliklar buzilishi fakti to‘g‘risidagi xulosalar texnik nazorat bo‘limi yoki
sifat bo‘yicha tegishli inspektsiyalardan olinishi kerak.
Tabiiy yo‘qolish me’yorlaridan ortiqcha boyliklar kamomadi va buzilishini
hisobdan o‘chirishni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tergov
yoki sud organlarining aybdor shaxslar yo‘qligini tasdiqlaydigan yoki aybdor
shaxslardan zarar undirilishi rad etilgan qarorlari yoki texnik nazorat bo‘limi yoki
tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlardan (sifat bo‘yicha inspektsiyalar va
hokazolardan) olingan boyliklar buzilishi fakti to‘g‘risida xulosa bo‘lishi kerak.
Qayta navlarga ajratish natijasida ortiqcha chiqish va kamomadlarning
o‘zaro hisobga olinishiga birgina tekshirilayotgan davr uchun, birgina
tekshirilayotgan shaxsda, birgina nomdagi tovar-moddiy boyliklarga nisbatan va
ishonchli shaxs ruxsatiga ko‘ra aynan bir xil miqdorlarda istisno tarzida yo‘l
qo‘yilishi mumkin.
Yo‘l qo‘yilgan qayta navlarga ajratish to‘g‘risida moddiy javobgar shaxslar
ishonchli shaxsga batafsil tushuntirish taqdim etadilar.
Moddiy javobgar shaxslar aybi bo‘lmagan holda qayta navlarga ajratishda
hosil bo‘lgan qiymatdagi kamomad farqiga inventarlash bayonnomalarida bunday
farq aybdor shaxslarga kiritilmasligi xususida mufassal tushuntirish berilishi kerak.
Inventarizatsiyalash paytida inventarizatsiyalash bo‘yicha boshlang‘ich
hisob hujjatlarining tasdiqlangan namunaviy shakllari qo‘llanadi. Ularni 19-son
BHMS ilovalaridan olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: