136
summasidan ayirilishi kerak.
Qizil siyohdagi yozuv aks ettirib, xato yozuv to‘g‘rilanganidan so‘ngra,
to‘g‘ri buxgalteriya provodkasi hisob registrlariga yozib qo‘yiladi.
Masalan: “Asosiy ishlab chiqarish” uchun ombordan material berildi 60000
so‘m. Ushbu jarayon uchun buxgalteriya provodkasi quyidagicha bo‘ladi:
Debet “Asosiy ishlab chiqarish”.
Kredit “Materiallar”.
Buxgalteriya xodimi tomonidan esa, hisob registrlariga 600 000 so‘m aks
ettirilgani aniqlandi.
Xato yozuvni bitta 0 ni o‘chirish orqali to‘g‘rilash mumkin emas. Demak,
“qizil storno” usulidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
600 000–540 000 = 60 000.
Buxgalteriya hisob registrlariga 540 000 so‘m ortiqcha yozilganligi sababli,
600000 dan 540 000 ayirilishi shart. Aksincha, yozilishi kerak bo‘lgan summadan
kam summa yozilgani aniqlansa, “qo‘shimcha yozuv” usulidan foydalaniladi.
Masalan, xodimga hisoblangan ish haqidan 170 000 so‘m daromad solig‘i
ushlab qolindi. Xo‘jalik jarayoni buxgalteriya hisob registrida quyidagi
buxgalteriya provodkasi asosida aks ettiriladi:
Debet 6710 Kredit 6410
Xato yozuv orqali yuqoridagi schyotlar uchun yuritiladigan buxgalteriya
hisob registriga 170 000 soni o‘rniga 120 000 soni yozilgani aniqlandi.
170 000 – 120 000 = 50 000.
Xato yozuv to‘g‘rilanishi uchun 50 000 qo‘shimcha yozuv aks ettirilishi
kerak.
Materiallar qiymatida farqlar ijobiy yoki salbiy bo‘lishiga ko‘ra tegishli
schyotlarga “qo‘shimcha yozuv” yoki “qizil yozuv” usuli orqali aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: