99
uzgarmaydigan rekvizitlar kiradi. Doimiy rekvizitlarning matbaa usulida bosilgan
bo‘ladi. Ularga asosan kuydagilar kiradi:
korxonaning nomi va manzili;
hisob kitob schyoti;
xodimlarning tabel raqamlari va b.
O‘zgaruvchan rekvizitlarga xo‘jalik muomalalarining vaqtinchalik miqdor
va sifat mazmunini begilaydigan rekvizitlar kiradi. Bularga
quydagilarni kiritish
mumkin:
xo‘jalik muomalalasining sodir bo‘lgan vaqti;
ishlab chiqarishga berilayotgan materiallar miqdori;
xodimlarga hisoblangan ish haqi summasi va b.
Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan sharoitda axborotlarga ishlov
berish uchun dastlabki hujjatlarning rekvizitlari xos raqamlar bilan belgilangan
(kodlashtirilgan) bo‘lishi mumkin.
“Buxgalteriya
hisobi
to‘g‘risi”dagi
Qonunda
shu
narsa
alohida
ta’kidlanadiki, dastlabki hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxs, ularni o‘z
vaqtida tuzilganligi, to‘g‘riligi,
ishonchliligi, shuningdek ularni buxgalteriya
hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirish bo‘yicha
javobgardir.
Buxgalteriya hujjatlarini tuzishga ham ma’lum talablar qo‘yiladi. Barcha
hujjatlar o‘z vaqtida, qoidaga ko‘ra, muomala sodir bo‘layotgan daqiqada yoki
muomala tugagach,
sifatli tuzilishi, ularda ishonchli ma’lumotlar bo‘lishi hamda
barcha majburiy rikvizitlarga ega bo‘lishi kerak.
Hozirgi paytda buxgalteriya hisobida avtomatlashtirish vositalari borgan sari
ko‘proq qo‘llanilayotganligi tufayli, hujjatlar shuningdek hujjatlashtirish
talablariga javob beradigan tartibda joylashtirilgan (joylanishining ketma - ketligi,
zaruriy ma’lumotlarning maxsus ajratib ko‘rsatilganligi va hokazo) rekvizitlarga
ega bo‘lishi kerak. Ayrim rekvizitlarning shifrlari (raqamli belgilari) hujjatda ular
tegishli matn mazmuni bilan birgalikda ko‘rsatilishi kerak.
100
Agar yig‘ma hujjat kompyuter yordamida tuzilsa,
unda bu hujjatda uning
mazmunini tavsiflovchi sarlovha, undagi ma’lumotlarning isbotlovchi hujjatlarga
muvofiqligini
tasdiqlovchi
shaxslarning
imzolari
keltiriladi.
Isbotlovchi
hujjatlarning vazifasi axborotni kompyuterda bajarganda, u qo‘l bilan
tayyorlanganga o‘xshash isbotlovchi hujjatning barcha rekvizitlariga ega bo‘lishi
kerak. Hisob axborotini u yoki bu mashinali tashuvchisida
avtomatik tarzda qayd
etilgan muomalalar majmuasi to‘g‘risidagi yakuniy ma’lumotlar keyinchalik
barcha majburiy rekvizitlarga ega bo‘lgan tegishli hujjatni tuzish bilan
tasdiqlanishi kerak.
Hujjatlarni siyoh, kimyoviy qalam bilan, yozuv mashinkalari yoki
kompyuterlar yordamida yozib berish ruxsat etiladi.
Hujjatlar
batartiblik bilan tuzilishi, matn va raqamlar shunday aniq va
ravshan yozilishi kerakki, undan rasmiylashtirilgan muomalaning mazmuni va
hajmini osonlik bilan tushunib olish mumkin bo‘lsin. Hujjatdagi imzolar ravshan
bo‘lishi kerak.
Hujjatdagi matnda ham, raqamli ma’lumotlarda ham hech qanday
tozalashlar, dog‘ va izohlanmagan to‘g‘irlashlarga ruxsat etilmaydi. Kirim va
chiqim kassa orderlarida umuman hech qanday to‘g‘rilashlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi va ularning yuqori sifatli tuzilganligi
uchun ularga imzo chekkan xodimlar (tsex boshliqlari, omborchilar, kassirlar va
boshqalar) javob beradi.
Hujjatlardan ikki marta (qayta) foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik
maqsadida
ulardan ba’zilari o‘chiriladi. Bu kirim va chiqim orderlarga biriktiriladigan barcha
hujjatlar (arizalar, ishonchnomalar va shu kabilar)ga tegishlidir.
Dostları ilə paylaş: